Yod bo’qoq va so’lak bezlarida, oshqozon va boshqa bezlarda bo’ladi.
Ftor mikroelementi ichilayotgan suv va tuproqda ko’p bo’lsa, flyurozga olib keladi, bu skelet va tishlarni zararlanishi bilan namoyon bo’ladi. SHu narsa tasdiqlandiki, ximiyaviy o’g’itlar tarkibidagi ftor bilan ishlov berish, oshqozon ichak traktida o’smalar hosil hosil bo’lishi ehtimolini oshiradi.
Molibden va boshqa mikroelementlarni oziq-ovqat bilan organizmga kam kirishi, tishlarni kariesiga olib keladi. Ovqat tarkibida va tuproqda molibden ko’p bo’lsa, endemik podograni rivojlanishiga olib keladi, chunki u ksantinoksidaza tarkibiga kirib, siydik kislotani hosil bo’lishini katalizlaydi.
Organizmdagi kislota-ishqor muvozanatini buzilishi, asosiy almashinuvni buzilishini o’ziga xos ko’rinishi deb qarash mumkin.
Yuqori rivojlangan organizmda RN nisbiy doimiyligi, uning yashashi uchun zarur bo’lgan shartlardan biridir.
Fiziologik jarayonlar ayniqsa, fermentativ va almashinuv reaktsiyalarni normal kechishi uchun to’qima va qonda aktual reaktsiyani nisbiy doimiyligi, yahni RNni, boshqacha qilib aytganda, qon va to’qimadagi vodorod ioni kontsentratsiyasi doimiyligi zarurdir.
Organizm ichki muhit doimiyligi, gomoeostazni saqlanishi yuqori darajada rivojlangan organizmlar hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan shart-sharoitdir.
Bu kattalik nisbiy o’zgarmasdir (7,35-7,45). Buning doimiyligini bufer tizimlar va ayrim organlarni faoliyati bilan bog’liq bo’ladi.