Suvsizlanish Suvsizlanish (gipogidriya, gipogidratatsiya, eksikoz) organizmga suvni kirishi, uning chiqishidan kam bo’lganda, yahni manfiy suv balansida kuzatiladi. Bunday holatlar suv ochligida, yahni yutish buzilganda, koma, ich o’tki, qayt qilganda, qon yo’qotganda, poliuriya, o’pka giperventilyatsiyasida, ko’p terlaganda, kuyishda yoki bular boshqa patologik jarayonlar bilan birgalikda kelganda, yahni gidrofobiya, idiopatiya, chanqash hissiyoti bo’lmaganda kuzatiladi.
Suvsizlanishda, birinchi navbatda hujayra tashqarisidagi suv va Na+ yo’qotiladi, og’ir xolatlarda esa K+ va hujayra ichi suvi yo’qotiladi.
Suvsizlanish oqibati yomonlik bilan tugashi mumkin, bunda harakatlanayotgan qon miqdorini kamayib ketishi, (gipovolemiya) hamda uning qovushqoqligini keskin ortib ketishiga, oxir oqibat kollapsga olib keladi.
Qon aylanishini buzilishi to’qimalarda gipoksiya chaqiradi. Bu holat birinchi navbatda MNTda ro’y beradi. Bunday o’zgarish es-hushni yo’qolishi, gallyutsinatsiya, hatto organizmda koma chaqiradi. Nerv markazlari faoliyatini buzilishi, nafas, yurak-qon tomir tizimlarda buzilishlarga olib keladi, tana harorati ham ortishi mumkin. Bu vaqtda arterial bosimni keskin pasayishi, nefronlarda filg’tratsiyani pasayishiga, bu o’z navbatida oliguriya, giperazotemiya, gazsiz atsidozga olib keladi.
Bunday buzilishlarga javoban, organizmda kompensator reaktsiyalar ishga tushadi. Organizmdagi gipovolemiya va buyrakka qon kelishini pasayishidan alg’dosteron va vazopressin giperproduktsiyalanadi, bu holat suv va Na+ ni ushlab qolishga qaratilgan bo’ladi. Bu yerda organizm uchun eng ahamiyatlisi diurez 5 marotaba ozayganda ham, azot chiqindilarini chiqishi aytarli buzilmaydi.
Suvsizlanish yosh bolalarda og’irroq kechadi, chunki ularda ekstratsellyulyar suyuqlik, tana massasiga nisbatan ko’p bo’ladi. Ularning buyraklarini kontsentratsion imkoniyati past, terini nisbiy yuzasi katta, nafasni chastotasi yuqori, eng asosiysi suv-tuz balansini idora etilishi ham to’la shakllanmagan bo’ladi.