Endokrin tizimi pirogenlar tahsirida, aktivlashadi, gipofiz va buyrak usti bezining po’stloq qismi ham mustasno emas.
Endokrin tizim faoliyatini buzilishi, moddalar almashinuvini buzilishiga, MNT reaktivligiga, vegetativ tizimni o’zgarishiga va termoregulyatsiya markazi faoliyati o’zgartirishiga olib keladi. Mas: qalqonsimon bez giperfunktsiyasida doim subfebril harorat kuzatiladi. Tiroksin oksidlanish jarayonini kuchaytiradi va issiqlik hosil bo’lishini oshiradi. Bu bezni gipofunktsiyasida, aksincha harorat pasayadi, agar hayvon boshqa kasalliklar bilan og’risa, isitma kuchsiz bo’ladi. Hayvonni gipofizi olib tashlansa, isitma kuchsiz namoyon bo’ladi.
Isitmani asosiy bosqichlari Isitma rivojlanishi 3 ta bosqichda ketadi.
Haroratni ko’tarilishi (st. incrementi)
Haroratni yuqori darajada saqlanib turishi (st. fastigill)
Haroratni pasayishi (st. decrementi)
Birinchi bosqichda, bir necha soat mobaynida tana harorati yuqori ko’tarilishi mumkin. Lekin bahzi kasalliklarda (qorin tifi, qizamiq) esa sekin ko’tariladi.
Ushbu bosqichda issiqlikni hosil bo’lishi, issiqlik ajratishdan yuqori bo’ladi. Endogen va egzogen pirogen moddalar termoregulyatsiya markaziga tahsir etib, yuqoridagi holatni yuzaga chiqaradi.
Issiqlik ajralishini kamayishi qon tomirlarni torayishi va ter ajratishni ozayishi hisobiga ro’y beradi. Issiqlik hosil bo’lishi, O2 ko’p istehmol qilinishi munosabati bilan skelet muskullar va jigarda oksidlanish jarayoni kuchayadi.
Muskullarda issiqlik hosil bo’lishini kuchayishi, uning tonusini ortishi va titrashi hisobiga ro’y beradi.
Muskullarni titrashi – isitma boshlanishidan dalolat beradi. Titrash chaynov muskullaridan boshlansa, keyin bel, qo’l muskullarga o’tadi. Ushbu muskullarni titrashidan hosil bo’lgan energiya, foydali maqsadlar uchun ishlatilmaydi, balki issiqlikka aylanadi. Muskullarni titrashi junjikish, sovqotish bilan namoyon bo’ladi.