1. Gidrokorbanat bufer tizimi
Karbonat kislotani, bikorbanat kislota tuziga nisbati bilan xarakterlanadi.
Bu bog’liqlik 1:20 nisbatni xarakterlaydi. Ushbu bufer tizim yordamida plazma va to’qimalar aro bo’shliqda RN ushlanib turiladi.
2. Fosfat bufer tizimi
NaH2’O4 nisbati bilan xarakterlanadi, 1:4 nisbatga teng
Na2H’O4
Bu bufer tizimining faoliyati buyrak, jigar va boshqa to’qimalarda RN ni bir mehyorda ushlab turishga yo’naltirilgan.
3. Oqsilli bufer tizimi amfoterlik xossasiga ega bo’lib, uning faoliyati hujayra ichidagi RN ni ushlashga qaratilgan.
COOH
R
NH2
U kislotali muhitda, kuchsiz ishqor bo’lib, kislotalarni neytrallaydi, kislotali alg’buminatlar hosil bo’ladi.
Ishkoriy muxitda esa, kuchsiz kislota bulib ishqorlarni neytrallaydi, natijada ishqorli alg’buminatlar hosil bo’ladi.
4.Gemoglobinli bufer = oksigemoglobin
qaytarilgan gemoglobin
nisbati bilan tushintiriladi. Ushbu bufer tizim eritrotsitlarda faoliyat ko’rsatadi, kislota-ishqor muvozanatini idora etishda muhim ahamiyatga ega, aniqrog’i qondagi SO2 ni miqdorini ushlashda muhim rolg’ o’ynaydi.
Bundan tashqari, o’pka, jigar, OIT va ter bezlari ham kislota-ishqor muvozanatini doimiyligini ushlashda ishtirok etadi.
Patologik sharoitda organizm ichki muhiti RN atsidoz va alkaloz tomonga surilishi mumkin.
Atsidoz – kislota-ishqor muvozanatini buzilishi bo’lib, qonda absolyut va nisbiy tarzda kislotali mahsulotlarni ko’payishi, shu bilan birga vodorod ionlarini kontsentratsiyasini ortishi bilan namoyon bo’ladi.
Alkaloz qonda absolyut va nisbiy tarzda ishqoriy mahsulotlarni ko’payishi, hamda vodorod ionlarini kontsentratsiyasi kamayishi bilan namoyon bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |