Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Kislota-ishqor muvozanati xolatini harakterlaydigan asosiy ko’rsatkichlar



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə105/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Kislota-ishqor muvozanati xolatini harakterlaydigan asosiy ko’rsatkichlar:

  1. Arterial qon RN normada 7,37-7,43

  2. Arterial qondagi rNO2 -35-45 mm.sm.ust

  3. Standart gidrokarbanat SB-22-26 mmolg’/l

Qo’shimcha ko’rsatkichlar:

  1. Buferlar asosi VV-40-48 mmolg’/l

  2. Bufer asosni surilishi VE-2,5+2,5 mmolg’/l

Kislota-ishqor va elektrolitlar almashinuvi buzilishlari orasidagi bog’lanish
Birlamchi kislota-ishqor muvozanatining buzilishi, qonuniy tarzda ikkilamchi elektrolitlar buzilishiga olib keladi, yoki aksincha.
Kislota-ishqor muvozanati bilan ayniqsa K+ almashinuvi kuchli bog’langan, bunga tasdig’i sifatida dekompensatsiyalashgan atsidozda giperkaliemiya, giperkaliemiyada esa aksincha atsidoz kuzatiladi.
Ushbu jarayon nefronning distal kanalchalarida kaliy va vodorod ionlari sekretsiyasini buzilishi bilan tushuntiriladi.
Atsidozda, atsidogenez jarayoni kuchayganda, buyrak kanalchalarida K+ sekretsiyasi pasayadi, natijada uning qondagi kontsentratsiyasi ortib ketadi. Agar, organizmda birlamchi giperkaliemiya kuzatilsa, bu xolat atsidogenezni susaytiradi, kanalchalarda K+ sekretsiyasini kuchaytiradi. Buning natijasida plazmada vodorod ionlarini kontsentratsiyasi ortadi va atsidoz kelib chiqadi.
Dekomkompensatsiyalashmagan alkalozda, qonuniy tarzda gipoglikemiya kuzatiladi, birlamchi gipoglikemiyada ikkilamchi alkaloz kuzatiladi. Alkaloz davrida atsidogenez susayadi, aksincha kanalchalarda K+ sekretsiyasi kuchayadi, natijada qonda gipoglikemiya kuzatiladi. Birlamchi gipoglikemiyada atsidogenez jarayoni susayadi, vodorod ionlarini siydikka sekretsiyasi ortadi, lekin uning qondagi kontsentratsiyasi pasayadi, yahni alkaloz yuzaga chiqadi.
Plazmadagi Na+ miqdorini o’zgarishi ham kislota-ishqor muvozanatini buzilishiga olib kelishi mumkin, agarda bu vaqtda gidrokarbanat miqdori o’zgarsa. Demak, gipernatriemiya qonda gidrokarbanat kontsentratsiyasini ortishi bilan yuzaga chiqsa alkaloz, giponatriemiya gidrokarbat kontsentratsiyasini kamayishi bilan kuzatilsa, atsidoz kelib chiqadi.
Plazmada xlor (giperxloremiya) ko’paysa atsidoz, gipoxloremiyada esa alkaloz kelib chiqadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin