Bosh miya va ichki organlar o’rtasidagi munosabatlarni buzilishini sovet olimlari juda yaxshi o’rgangan. M: oshqazon va 12 barmoqli ichak yarasi kasalligi qalqonsimon bezni Bazedov kasalligi bilan bog’liqligi, bu holat nerv tizimini boshqarish mexanizmini buzilishi bilan tushuntiriladi, yahni bosh miyada hosil bo’lgan bunday buzilish, ushbu organlar uchun patologik impulg’slar yuborish mumkin, natijada yara yoki boshqa kasalliklar kelib chiqadi.
Speranskiy, kasallik patoegenezida nerv tizimini trofik funktsiyasi rolini o’rganib, quyidagi xulosaga keldi. M: kelib chiqishi jihatidan ikki xil bo’lgan qandli diabet va tuberkulez kasalliklarini o’rgandi, birinchisida to’qimani insulinga nisbatan sezuvchanligini o’zgarishi bilan kechsa, ikkinchisida tuberkulez tayoqchasiga nisbatan organizm rezistentligini o’zgarishi bilan namoyon bo’ladi, ushbu kasalliklar organizmni trofik funktsiyasini o’zgarishi bilan bog’liq bo’ladi.
Stress kasallikni nospetsifik belgilarini tushunishimizda muhim ahamiyatga ega. Selg’e tahkidlashicha turli tahsirotlar (issiq, sovuq, toksin, og’riq) organizmda nospetsifik standart reaktsiyalarni chaqiriladi. Hamma holatlarda gipofizdan kortikotropin chiqishi, bu esa buyrak usti bezini ko’plab gormonlar ajralishi bilan kechadi. Agar tahsirot oz muddat va kuchsiz tahsir ettirilsa, gormonlar organizmni shu holatga moslashuvini tahminlaydi, tahsirot kuchli bo’lsa, kasallik yoki o’lim bilan tugashi mumkin.
Spetsifik belgilarga qarab tashxis qo’yiladi, bu o’rinda etiologik omillar birinchi o’rinda turadi.
Patogeneztushunchasini taxlil qilishimizda organizmni adaptatsiya va kompensatsiya xossalariga to’xtalib o’tamiz.
Adaptatsiya organizmni o’zi yashayotgan muxitga moslashuvi bo’lib, ushbu mexanizm evolyutsion rivjlanishda shakllanadi, organizm rivojlanishida uning ichki muhitini ushlab turishga qaratilgan bo’ladi (tog’da eritrotsitoz, yurak gipertrofiyasi, sovuq, issiq, gipoksiya, qorong’u).
Kasallik paytida boshqacha holat ro’y beradi, adaptatsion mexanizmlar foyda bermaydi, organizmni gomeostazi buziladi, shundan so’ng kompensator mexanizmlar ishga tushadi, bu ham evolyutsion rivojlanishda shakllanadi, lekin adaptatsiyadan sifat va son jihatidan farqlanadi, ularni maqsadi ham har-xil bo’ladi.
Adaptatsiya fiziologik parametrlarni turg’unligini ushlashga qaratilgan bo’lsa, kompensatsiya organizm gomeostazi buzilganda ishga tushadi. Lekin kasallik boshida adaptatsiya va kompensatsiya mexanizmlari birga faoliyat ko’rsatadi, kasallik avjga chiqqanda kompensatsiya ustunligi kuzatiladi.