Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə12/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

MAHRUZA №2-3


ORGANIZMGA TASHQI MUXIT
PATOGEN OMILLARINING TAHSIRI


REJA:



  1. Organizmga tashqi muxit patogen omillarining tahsiri to’g’risida qisqacha mahlumot

  2. Mexanik omillarni inson organizmiga tahsiri

  3. Organizmga to’g’ri va aylanma harakatlarni tahsiri

  4. Organizmga termik omillarni tahsiri

  5. Muzlash

  6. Kuyish

  7. Past va yuqori atmosfera bosimini inson organizmiga tahsiri

  8. Ion nurlarini inson organizmiga tahsiri, nur kasalligi

Inson tashqi omil tahsirlari (fizik, ximik, biologik) bilan doim duch kelib turadi, bu omillar organizmni alaptatsion imkoniyatlardan ustun bo’lsa, hamda ayrim xollarda uning reaktivligi o’zgarsa, bunday omillar og’riq chaqirish mumkin.


Inson organizmiga zararli ekzogen omillar berilsa, organizmda kuchli va katta o’lchamdagi emotsional qo’zg’alish yuz beradi, bu paytda organizmda ximoya-moslashuv reaktsiyalari ishga tushadi.
Agar inson organizmiga xaddan tashqari zararli omillar tahsir ettirilsa, organizmda stress xolatini chaqirishgacha borish mumkin. Bunday xaddan tashqari zararli omillarni ekstremal omillar ham deb yuritiladi.
Ekstremal omillar tahsir etilganda organizmda og’riq chaqiriladi. Ekstremal xolatlar – shok, kollaps, koma, agoniya kabi terminal holatlar bilan kechishi kuzatiladi.
Mexanik (fizik) omillarni inson organizmiga tahsiri organizm to’qimalariga qattiq narsa bilan zararlanganda yuzaga keladi. Jarohatlanish harakteri turlicha bo’lishi mumkin: yorilish, yirtilishi, sinishi, ezilish yoki ularning kombinatsiyasi. Mexanik zararlanishni oqibati, uni qaerga, qancha vaqtda berilishi muhim ahamiyatga ega. Bahzi hollarda ko’p qon yo’qotilishi, yumshoq to’qimalarni majaqlanishi, nerv stvolini zararlanishi travmatik shokka olib keladi.
Travmatik shok ekstro, intero va proprioretseptorlar xaddan tashqari kuchli fizik omillar bilan tahsirlanganda hosil bo’lgan ko’plab g’ayritabiiy impulg’slar, MNTni avvaliga qo’zg’alishi, tormozlanish va xolsizlanish bilan namoyon bo’ladigan jarayondir.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin