Birinchi bosqich, qisqa muddatli bo’lib, ushbu bosqichda po’stloq, po’stloq osti tuzilmalari hamda simpatik nerv tizimini vegetativ yadrolari qo’zg’aladi, bu holat o’z navbatida qon-aylanish, nafas olishni tezlashuviga olib keladi. Hamda qonga ko’p miqdorda kortikotropin, adrenalin, noradrenalin va boshqa ko’plab gormonlarni chiqishi tufayli, oxir-oqibat stress sindromini chaqiradi.
Ikkinchi bosqich esa ko’proq davom etadi (bir necha soatdan bir necha sutkagacha). Bu bosqich, yahni parabioz holatida MNSni barcha qismlarida tormozlovchi jarayonlar tarqalishi kuzatiladi. Bu esa hayotiy-zaruriy reflekslar markazida ham ro’y beradi. Bu holat, travmatik shokni asosida nerv-reflektor nazariya yotishini yana bir bor tasdiqlaydi.
Travmatik shokning patogenezi hozirgacha yaxshi o’rganilmagan, biroq quyidagi omillar bilan bog’liq:
Travmani spetsifik omillari
Travmani nospetsifik omillari
Travmani spetsifik omillariga uning lokalizatsiyasi va organlar funktsiyasini chegaralanishi va jarohatlanishi kirsa, nospetsifik omillarga esa retseptor va nerv tolalarni tahsirlanishi, qon va plazmani yo’qotish, organizmda ko’plab biologik aktiv moddalarni ajralishi kiradi.
Travmatik shok patogenezida mahlum darajada toksemiya ham rolg’ o’ynaydi, bu holat qon aylanish tizimiga to’qimalarni parchalangan yoki gistolizga uchragan qismi tushishi bilan tushuntiriladi. Bu to’qimalardan esa turli tabiatga ega bo’lgan toksinlar chiqib, toksemiyani chaqiradi.
Travmatik shok doim absolyut qon yoki plazmani yo’qotish bilan kechadi. SHuning uchun, ushbu shokni uzoq muddat gipovolemik shok deb ham yuritib keldilar.