Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Organizmga termik omillarni tahsiri



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə16/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Organizmga termik omillarni tahsiri
Past harorat organizmga tahsir etganda gipotermiya holati kelib chiqadi.
Gipotermiya rivojlanishi 2 bosqichda ketadi. Ushbu holatni boshlang’ich etapida, atrof muhit past temperaturada bo’lishiga qaramay tana harorati tushib ketmaydi, chunki organizmni termoregulyatsiya markazi o’z faoliyatini qayta ko’rib chiqib, kompensator mexanizmlarni ishga tushiradi. Sovqotishni bu davrini kompensatsiya davri deb yuritiladi. Bu bosqich, issiqlik ajralishini chegaralab qo’yish bilan harakterlanib, teridagi qon tomirlarini torayishi, terlashni kamayishi bilan ro’yobga chiqadi, oxir oqibat sovqatayotgan odam terisi oqarib, odamda “g’oz terisi” kuzatiladi. Hayvonlar esa “g’ujanak” bo’lib yotib olishadi, ushbu reaktsiyalar “issiqlik” ajralishini kamaytirishga yo’naltirilgan.
Agar tashqi muxit harorati yanada pasaysa, holat uzoq davom etsa, ximik termoregulyatsiya ishga tushadi, yahni issiqlik hosil bo’lishi kuchayadi. Bunda muskullar qaltiraydi, moddalar almashinuvi ortadi, jigar va muskullarda glikogen parchalanishi kuchayadi, qonda glyukoza miqdori ortadi.
Ushbu holatda moddalar almashinuvi shunchaki ortmay, balki qayta ko’rilib chiqiladi. Qo’shimcha hosil bo’layotgan energiya, oksidlanish jarayonlarini ortishi hisobiga ro’y beradi, bu esa organizmni tezkor qizitishga olib keladi, lekin organizm funktsiyalarini bajarish uchun makroergik moddalar miqdori keskin kamayib ketadi, shuning uchun bunday qo’shimcha issiqlik hosil bo’lishi organizmni sovuq muhitga uzoq muddatli moslashishini tahminlay olmaydi.
Ushbu jarayonlarni oxirida mitoxondrial tizimni aktivlashuvi ham ro’y berishi mumkin. Bu holat hayvonlardagi tajribalarda o’z isbotini topgan.
Sovuq sharoitda tana haroratini nisbiy doimiyligi tahminlashda neyrogumoral mexanizmlar ishga tushadi, bu esa quyidagi sxematik tarzda ro’y beradi:
Terini termoretseptorlari sovuq tahsirotlarni qabul qilgandan so’ng, impulg’slar sezuvchi nerv tolalari bo’ylab gipotalamus va yuqori bo’limlarga boradi. Harakatlantiruvchi nerv tolalari bo’ylab esa impulg’slar turli organ va tizimlarga yetib boradi. Impulg’slar asosan muskullarga borib, u yerda termoregulyator tonus va qaltirash paydo bo’ladi.
Keyincharoq simpatik nerv tolalari bo’ylab impulg’slar buyrak usti bezini mag’iz qismiga boradi, natijada adrenalin chiqishi kuchayadi. Adrenalin periferik qon-tomirlarni toraytiradi, mushak va jigarda glikogen parchalanishini tezlashtiradi.
Keyingi etapda, termoregulyatsiya jarayonida gipofiz faoliyati ishga tushadi, ushbu bezning trop gormonlari orqali qalqonsimon va buyrak usti bezi faoliyati aktivlashadi, natijada qalqonsimon bez moddalar almashinuvini va mitoxondriyalar tizimini aktivlashtiradi.
Glyukokortikoidlar tahsirida oqsildan uglevodlar hosil bo’lishi tezlashadi.
Yuqoridagi kompensator mexanizmlar mahlum chegaragacha organizmga naf beradi, shundan so’ng, dekompensatsiya yoki xususiy gipotermiya fazasi yuzaga keladi.
Ushbu bosqichda asta-sekin organizmni tana harorati tushib, O2 bo’lgan ehtiyoji kamayib, MA, hayotiy-zaruriy markazlar faoliyati pasayib boradi. Bu vaqtga kelib nafas, qon aylanish tizimlari va MNT funktsiyalari izdan chiqadi, organizmning immunologik reaktivligi keskin pasayib, og’ir holatlarda to’qimalarda qaytmaydigan o’zgarishlar ro’y beradi va oxir-oqibat o’limga olib kelishi ham mumkin.
Ushbu bosqichda, ikki holat bir-biri bilan chambarchas bog’langan, patologik va himoya moslashuv mexanizmlar ro’yobga chiqadi m: MNT faoliyatini keskin pasayib ketishi himoyaviy harakterga ega deb, baholasak to’g’ri bo’ladi, chunki nerv hujayralarni kislorodga va tana haroratini pasayishiga sezuvchanligi pasayadi.
Qizig’i shundaki, organizm gipotermiya paytida tashqi muhitning turli xil zararli omillariga sezuvchanligi keskin pasayib ketadi, jumladan organizmni O2 yetishmovchiligiga, intoksikatsiya, infektsiya, elektr toki tahsirlariga chidamliligi ortadi.
Muzlash
Muzlash organizmni sovuqdan mahalliy zararlanishi bo’lib, uch ko’rinishi tafovutlanadi.

  1. Organizmga O oSga yaqin temperatura tahsir etilganda

  2. Organizmni o’rab turgan temperatura -30oS dan tushib ketganda

  3. Kontaktli muzlash

Muzlash o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi.

  1. Muzlash asosan-golenostop va luchezapyastnqy sustavlarida ro’y beradi, lekin tizza va bilak bo’g’imlariga yetib bormaydi.

  2. Issiqqa nisbatan, organizmni muzlashga rezistentligi yuqori bo’ladi, shuning uchun oz muddat sovuq tahsirlanganda qaytmaydigan o’zgarishlar chaqirmaydi, lekin qon-tomirlar spazmi, to’qima ishemiyasi, to’qimalarda nekrozga olib kelishi mumkin.

  3. Sovuq tahsirida barcha bioximik jarayonlarni aktivligi, to’qimalarni o’sishi, suyuqliklarni so’rilishi, yallig’lanish jarayoning intensivligi keskin pasayadi.

  4. Uzoq vaqt sovuq tahsirlanganda to’qimalarni o’lishi yoki zararlanishi ayrim tanani qismlarida ro’y bersa, boshqa qismlarda esa organ va tizimlar o’z faoliyatini davom ettiradi.

  5. O’lgan hujayralarni isitilganda qaytadan hayotga qaytmaydi.

Muzlashga oid ko’plab izlanishlar olib borilmoqda, lekin muammo oxirigacha o’rganilmagan va bir necha nazariyalar bilan tushintiriladi.

  1. To’qimaga past temperaturani bevosita tahsir etish nazariyasi

  2. Sovuq tahsir etilganda, o’zgaradigan nerv-reflektor nazariyasi

  3. Muzlatishda ro’y beradigan qon aylanishni buzilishi nazariyasi.

1. To’qimaga bevosita sovuq tahsir etilganda, agar harorat -20oS past bo’lsa, hujayralararo suyuqlik muzlashdan hujayra membranasi ezib quyadi. -30oSdan -45oS hujayra ichi va tashqarisida suyuqlik kristallizatsiyasi ro’y beradi.
Sovuqni patogenetik tahsiridan moddalar almashinuvi buziladi, bu esa osmotik shok va fermentlar aktivligini pasayishiga olib keladi.
Osmotik shok mexanizmida, lipoproteinlarni cho’kishi, oqsillarni kolloid strukturasini buzilishi, mukoproteinlarni erishi va oqsillar denaturatsiyasi yotadi, bu vaqtda hujayra o’tkazuvchanligi ortib ketadi, natijada hujayra ichida Na+2 ko’payib ketadi, bu holat organizmni past temperatura va mexanik tahsirlarga sezgirligini oshirib yuboradi.
Bu vaqtda fermentlar aktivligi pasayib ketadi, sababi to’qimalar O2 ni yetarli tarzda utilizatsiya qilolmaydi, muzlatilgan qismni venoz qonida O2 miqdori keskin ortib, SO2 ozayadi, buning natijasida arteriovenoz farq kamayadi.
Qonda glyukoza miqdori ham ortib ketadi, sababi muzlagan to’qima uni qabul qilmay qo’yadi.
2. Nerv–reflektor nazariya asosida, simpatikoadrenalin tizimni qo’zg’alishi yotadi. Qonga ko’plab pressor moddalar chiqariladi, yahni katexolaminlar, ko’proq atsetilxolin chiqadi. Ushbu tizim aktivatsiyasi ikkita, reflektor va gumoral yo’l bilan kechadi. Retikulo-kortiko-retikulyar zanjirni aktivlashuvi oldiniga nerv mexanizm orqali ro’y bersa, keyin ADG, AKTG tomonidan boshqariladi.
3. Katexolaminlarni chiqishi nafaqat qon tomirlarni torayishi, balki organda qon aylanishni buzilishiga olib keladi, adrenergik tizim tahsirida to’qimani O2 bo’lgan talabni kuchaytiradi va gipoksiyaga sezuvchanligini oshiradi. Adrenalinni ko’p ajralishi, uning antogonisti bo’lgan insulinni ko’p ishlab chiqarishiga, bu esa gipoglikemiya olib keladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin