Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Elektr tokini tahsiri. Elektrotravma



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə18/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Elektr tokini tahsiri. Elektrotravma
Elektr tokini organizmga patogen tahsiriga elektrotramma deyiladi.
kirish joyi
Mahalliy
chiqish joyi

Umumiy organizmni umumiy reaktsiyasi
Elektr tokini kirish joyida dumaloq va oval shaklida, oq-sariq rangda, qattiq konsistentsiyali, terini ko’tarilgan qismiga aytiladi. SHikastlangan to’qima atrofida qon tomirlar paralichidan qizil shoxlangan ko’rinish paydo bo’ladi.
Elektr tokini tahsiri, uning fizik parametrlariga, elektr tokini organizmni qaeridan o’tishidan va uning funktsional holatiga bog’liq bo’ladi. Elektr tokiga eng katta qarshilikni jarohatlanmagan teri ko’rsatsa, qon va limfa eng kam qarshilik ko’rsatadi.
Elektrotravma og’irligi tok yo’nalishida joylashgan ichki organlar jarohati bilan belgilanadi. Elektr toki tahsirida, biologik to’qimalarda fizik va ximik o’zgarishlar kelib chiqadi.
To’qimalardan elektr toki o’tayotganda, ularning atom va molekulalarini qutblaydi, zaryadlangan zarrachalarni fazodagi joylashuvini va ularning harakatini tezlashtiradi. Elektrik energiya organizmda issiqlik energiyasiga aylanadi.
Hujayra membranasida ionlarni kontsentratsiyasi o’zgarishidan, biopotentsiallar hosil bo’lishi buziladi. Nerv va mushak to’qimalarida patologik tahsirlanish yuzaga keladi. Bundan tashqari, elektr toki organizmning kolloidlar tarkibini ham o’zgartiradi.
SHunday qilib, elektrotravma patogenezida elektro kimyoviy, elektrotermik va elektromexanik tahsirlar kombinatsiyasi yotadi.
Elektr tokini yurakdan o’tishi yomon oqibatlarga olib keladi, bunda yurak fibrillyatsiyasi uzoq muddat davom etadi. Yurak faoliyatini buzilishi, elektr tokini yurak orqali o’tmaganda ham kuzatish mumkin, bu holat venalardagi qon aylanishni buzilishi va vagus tonusini ortishi bilan bog’liq bo’ladi.
Elektrotravmada nafasni buzilishi, nafas markazini paralichi tufayli kelib chiqadi. Nafas yo’llari va ovoz paylarini spazmi nafas olishni yanada qiyinlashtiradi. Bu 70-80% holatlarda kuzatiladi. Suyaklar orqali elektr toki o’tganda nordon fosforli oxakdan tashkil topgan, ichi bo’sh “marjonlar” hosil bo’ladi.
Elektroliz, to’qimalardan past chastotali yoki doimiy tok o’tganda kuzatiladi. Bu esa qutblanishga, anod (+) ostida nordon muhit, katod ostida (-) ishqoriy muhitni yuzaga keltiradi.
CHaqmoq – organizmga o’ta qisqa muddat ichida tahsir etadi. Uning kuchlanishi bahzida million volg’tgacha yetishi mumkin. Bu holat o’lim bilan tugaydi, chunki bu vaziyatda nafas paralichi va yurak to’xtashi kuzatiladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin