Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə145/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Eozinofiliya allergik va parazitlar kasalliklarda (gelmintoz), surunkali mieloleykozda kuzatiladi.
Bazofiliya klinik praktikada kam uchraydi, u asosan miksidema, yarali kolit, surunkali mieloleykoz va qorataloq olib tashlanganda kuzatiladi.
Limfotsitoz o’tkir infektsion kasalliklarda (gepatit, qizamiq, ko’k yo’tal) surunkali infektsion kasalliklarda (ko’k yo’tal, tuberkulez, sifilis) va surunkali limfoleykozda kuzatiladi.
Monotsitozni infektsion mononukleozda, krasnuxa, tuberkulez, malyariya va boshqalarda kuzatish mumkin.
Leykotsitoz patogenezida 3ta mexanizmni ko’rsatib o’tish mumkin.
1. Qon hosil qiluvchi organlarda leykotsitlar hosil bo’lishini kuchayishi
2.Qizil ko’mikning o’tkazuvchanligi glikokortikoidlar tahsirida ortishi hisobiga, qonga leykotsitlarni ko’p miqdorda chiqishi
3. Leykotsitlarni qon tomirlarda qayta taqsimlanishidagi o’zgarishlar (shok, kollaps, appenditsit, flegmona) olib keladi.
Leykotsitoz bilan bir qatorda, patologik, o’zgargan leykotsitlarni ko’payib ketishi ko’p hollarda birga keladi. Buning ikkinchi tomoni ham bor, leykopoetik to’qimani reaktiv giperplaziyasi hisobiga, leykotsitlarni funktsional aktivligi ham ortib ketadi, buning natijada organizmni himoya reaktsiyasi kuchayib ketadi, m: fagotsitar aktivlikni olish mumkin.
Eozinofil leykotsitoz, eozinofil granulotsitlarni antigistamin funktsiyasi hisobiga, allergik reaktsiyalarda kompensator rolni o’taydi.
Birok, leykoz davridagi leykotsitozda, leykopoetik hujayralarni ximoyalanishi susayadi, bu esa immunologik giperaktivlikni chakiradi, bunday holatlarda organizm auto va ikkilamchi infektsiyalardan azob chekadi.
Qon kartinasi. Periferik qonda leykotsitlarning absolyut miqdorini o’zgarishi, leykotsitar formulani surilishiga olib keladi.
Leykopeniya
Periferik qonda leykotsitlarni umumiy soni 4.109/l dan kam bo’lsa leykopeniya deb yuritiladi. Leykopeniya ko’p xollarda, u yoki bu kasallikni simptomi sifatida qaraladi, biroq ayrim xolatlarda leykopeniya nozologik birlik bo’lib, kasallikni asosiy ko’rinishini namoyon qiladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin