Leykemoid reaktsiyalar
Mahlumki, qon yaratuvchi to’qima, shu jumladan, suyak ko’migi infektsion va zaxarli omillarga sezgir bo’ladi, ularning tahsirida qon manzarasida o’zgarishlar ro’y beradi.
Leykemoid reaktsiya patologik reaktsiya bo’lib, periferik qonda leykozlarga o’xshash miqdoriy va sifatiy o’zgarishlar kuzatiladi. Ularning leykozdan farqi shuki, birinchidan mustaqil kasallik bo’lmay, toksik infektsiyalar oqibatida kelib chiqadi. Ikkinchidan, leykemoid reaktsiyalarda o’zgarishlar faqat suyak ko’migida ro’y beradi, balki metastaz bermaydi (turli to’qimalarda leykemik infilg’tratlar kuzatilmaydi).
Uchinchidan, leykemid reaktsiyalar vaqtincha bo’lib, asosiy kasallik tugagandan so’ng, o’tib ketadi, yahni organizmni o’limga olib kelmaydi.
Ularning ikki turi tafovutlanadi.
1. Mieloid reaktsiya ko’pincha, sil, dizenteriya, sepsis, yahni suyak ko’migiga metastaz beruvchi o’smalarda uchraydi.
Mieloid leykozdan farqi periferik qonda yetilmagan leykotsitlar kam bo’ladi, mieloblastoz holati uchramaydi, eozinofil hamda bazofillar ko’paymaydi, neytrofillarda leykozga xos bo’lmagan toksigen donachalar ko’rinadi.
2. Limfoid reaktsiyalar ko’pincha yosh bolalarda, ko’k yo’tal, suvchechakda bir necha xafta davomida kuzatish mumkin. Ayrim kasalliklarda m: Filatov kasalligida monotsitoz, limfotsitoz bilan kechadi, ushbu kasallarning periferik qonida plazmatik hujayralar xam uchraydi.
MAHRUZA №
YuRAK ARITMIYaLARI
REJA:
1. Aritmiyalar to’g’risida tushuncha
2. Yurak avtomotizmi buzilishidan kelib chiqadigan aritmiyalar
3. Qo’zg’aluvchanlikni buzilishi natijasida kelib chiqadigan aritmiyalar
4. Yurak o’tkazuvchanligi bilan kechadigan aritmiyalar
5. Qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlikni buzilishi bilan kechadigan
aritmiyalar
6. Yurak qisqarishlarini buzilishidan kelib chiqadigan aritmiyalar
Aritmiyani grekchadan tarjima qilinganda, ritmni yo’qligi, ritmni buzilishi, degan mahnoni anglatadi. Yurak ritmini buzilishi, yurakning avtomatizmi, qo’zg’aluvchanlik, qisqaruvchanlik, o’tkazuvchanlik xossalarini buzilishi natijasida kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: |