Qo’zg’aluvchanlikni buzilishidan kelib chiqadigan aritmiyalar Bunday aritmiyalarga ekstrasistola va paroksizmal taxikardiyalar kiradi.
Ekstrasistola eng ko’p uchraydigan yurak ritmning buzilishi bo’lib, butun yoki yurakning biror qismini patologik tahsirlovchilarga bevaqt qo’zg’alishidir.
Patologik tahsirlovchini qaerda hosil bo’lishiga qarab: sinusli, bo’lmachali, atrio-ventrikulyar va qorinchali ekstrasistolalar tafovutlanadi.
Sinusli ekstrasistola. Ushbu aritmiya sinus tugunda, vaqtdan oldin qo’zg’alish paydo bo’lishidan yuzaga keladi. EKGda aytarli o’zgarish bo’lmasada, diastolik T-R interval qisqaradi. Diastolani qisqarishi va qorinchalarni qon bilan to’lishini ozayishidan, pulg’s to’lqini ham pasaygan bo’ladi.
Bo’lmachali ekstrasistola.Ushbu aritmiya bo’lmachaning turli qismlarida ektopik o’choqlarni yuzaga chiqishidan paydo bo’ladi. EKGda R tish past, ikki fazali, manfiy bo’lib qoladi. ORS kompleks esa saqlanib qoladi va ekstrasistoliyadan so’ng, diastolik interval cho’ziladi. Ushbu ekstrasistolada to’liq bo’lmagan kompensator pauza kuzatiladi.
Bo’lmacha-qorinchali ekstrasistola.Ushbu aritmiyada qo’shimcha qo’zg’alish atrioventrikulyar tugunda paydo bo’ladi. Qo’shimcha qo’zg’alish, tugunni yuqori va o’rta qismida hosil bo’lsa, u ikki yo’nalishda harakatlanadi, yahni qorinchada normal, bo’lmachada retrograd tarzda.
EKGda R tish manfiy bo’lib, QRS kompleks ustiga tushadi. Diastolik interval ekstrasistoladan so’ng, birmuncha chuziladi. Qo’shimcha qo’zg’alish atrioventrikulyar tugunning pastki qismidan hosil bo’lsa, kompensator pauza kuzatiladi.
Qorinchali ekstrasistola.Ushbu aritmiyaga to’liq kompensator pauza harakterlidir. To’liq kompensator pauzani kelib chiqishi quyidagicha tushuntiriladi. Bevaqt hosil bo’lgan qo’zg’alish, qorinchani qamrab olsada, atrioventrikulyar tugun orqali retrograd tarzda bo’lmachalarga o’tmaydi, bu vaqtda sinus tugundan kelgan navbatdagi normal qo’zg’alish, qorincha bo’ylab tarqala olmaydi, chunki u absolyut refrakterlik fazada bo’ladi.
SHundan, qorinchalarni kelgusi qisqarishi, sinus tugundan kelgan navbatdagi normal qo’zg’alishlarga javoban yuz beradi. SHuning uchun, kompensator pauzaning davomiyligi, ikkita normal diastolik pauzaga teng bo’ladi. Lekin, yurak urishi juda kam bo’lsa, bunday xolat kuzatilmaydi, chunki navbatdagi normal qo’zg’alish kelguncha qorincha refrakterlik xolatidan chiqib ulguradi.