Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Leykozlarda yuzaga chiqadigan klinik sindromlar



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə152/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Leykozlarda yuzaga chiqadigan klinik sindromlar
Ko’plab klinik sindromlarni uchta guruxga bo’lish mumkin.

    1. Gematologik sindrom o’z ichiga quyidagilarni oladi.

  1. Pantsitopeniya barcha turdagi, shaklli elementlar miqdori ayniqsa o’tkir leykozda kamayishi kuzatiladi.

  2. Anemiya. Buning patogenezida eritropoezni buzilishi yotadi, shu bilan birga eritrotsitlarni immun gemolizi, qon yo’qotishni gemorragik sindrom ham roli bor.

  3. Gemorragik sindrom. Ushbu xolatga, torombotsitopeniya va qon tomirlar devoriga leykoz infilg’trati to’planishi sabab bo’ladi.

  4. Organizmni mikroblarga qarshi nospetsifik himoyasini pasayishi.

  5. Immunologik yetishmovchilik.

    1. Leykoz hujayralar faoliyati bilan bog’liq sindromlar.

  1. Lixoradka, mahlum bo’lishicha 7-8% bemorlardagina, kasallik boshlanishidagi tana haroratini ortishi infektsiya bilan bog’liq, ko’plab xolatlarda esa lixoradka noinfektsion harakterga ega bo’ladi.

  2. Intoksikatsiya. Ko’pgina leykoz hujayralar o’lgandan so’ng, o’z mahsulotini qonga chiqaradi. Ularni ko’pchiligi MNTga toksik tahsir ko’rsatadi. SHundan, tez charchash, umumiy xolsizlik va ko’ngil aynish kelib chiqadi.

  3. Autoimmun jarayonlar.

    1. Leykoz hujayralarni metastazlanishi, turli organ va to’qimalarda leykoz proliferatlarni rivojlanishi bilan bog’liq sindromlar.

  1. Limfatik tugun, jigar va qorataloqni kattalashuvi.

  2. Teri sindromi. Terida leykoz hujayra proliferatlari leykemidlarni hosil bo’lishi bilan namoyon bo’ladi.

  3. SHilliq qavatlarda yara-nekrotik o’choqlarni yuzaga chiqishi (yara-nekrotik stomatit, angina, enteropatiflar)

  4. Suyak-bo’g’in sindromi, suyak va bo’g’inlarda og’riq bilan namoyon bo’ladi.

  5. Neyroleykoz sindromi. Meningial, bosh chanoqda bosimni ortishi sindromlari tarli-taman nevrologik buzilishlar bilan namoyon bo’ladi: m: parez, paralich, paresteziyalar. Bu o’zgarishlarni bosh miya, orqa miya, nerv stvoli, vegetativ tugunlarda leykemik infilg’tratlarni paydo bo’lishi bilan tushuntiriladi.

  6. Leykoz pnevmoniti. Leykoz proliferatlari, o’pkani nafas funktsiyasini keskin buzadi, natijada tashqi nafas yetishmovchiligi kelib chiqadi.

Yurak yetishmovchiligi. Yurak muskullarida leykoz hujayralarini ko’payishidan kelib chiqadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin