Leykotsitlarning degenerativ formalari Leykotsitlarning degenerativ formalari anizatsitoz, tsitoplazmada vakuolani paydo bo’lishi, toksigen donadorlik (peritonit, flegmonalarda) Knyazova-Dele kiritmasini paydo bo’lishi (skarlatina, krupoz pnevmaniya) ko’rinishida bo’ladi. Bularning yuzaga chiqishida moddalar almashinuvini buzilishi, irsiy defekt borligi uchun leykotsitlarga turli patogen omillarni tahsiri muhim rolg’ o’ynaydi.
Leykozlar Leykoz, o’sma xarakteriga ega bo’lgan, qizil ko’mikning zararlanishidan qon hosil qiluvchi hujayralarda ro’y beruvchi qonning sistemali kasalligidir. Leykozlar, qon hosil qiluvchi to’qimalarda uchraydigan o’smalarga, yahni gemoblastozlar guruxiga kiradi, lekin gemoblastozlarga leykozlardan tashqari limfagranulematoz, limfosarkoma, limfotsitomalar ham kiradi.
Leykoz, o’sma tabiatga ega ekanligini quyidagi xolatlar tasdiqlaydi.
Leykoz, shu jumladan, o’smalarda haddan tashqari va idora etilishi buzilgan hujayralar bo’linishi kuzatiladi.
Leykoz va o’sma hujayrasi birlamchi, o’zgargan, transformatsiyalangan hujayradan hosil bo’ladi. Barcha leykoz hujayralari turli-tuman bo’lmasin, ular bitta sog’lom hujayradan yuzaga keladi.
Leykoz, shuningdek o’sma hujayralarda anaplaziya xolati kuzatiladi, yahni ushbu hujayralar morfologik, bioximik va boshqa xususiyatlari bilan embrional davrdagi xolatiga o’xshab ketadi.
Leykoz hamda o’sma hujayralar progressiyalanish xususiyatiga ega, yahni ular vaqt o’tishi bilan havfli tusga kiradi.
Leykoz va o’smalarni umumiy etiologik omillar chaqiradi.
SHu bilan birga, leykoz hujayralarni havfli o’smalarga o’xshamaydigan taraflari ham mavjud:
Leykoz kasalligiga dastlabki etaplarda tashxis qo’yish juda qiyin va leykozga uchragan hujayralardan organizmni halos qilib bo’lmaydi.
Leykozlar, juda erta metastaz beradi, qon tomirlarga tez tushadi va tezda butun organizmga tarqaladi.
Leykozlarda sistemali zararlanish ro’y beradi. Buzilishlar tezda qizil ko’mik, limfatik tugunlar, qorataloq, jigarni qamrab oladi.
Leykozlarda normal qon hosil bo’lishi buziladi.
Leykozlar, o’sma tabiatga ega bo’lsada, asosan yosh organizmda uchraydi.