Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə151/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

O’tkir limfoblast leykozi
Ushbu leykoz, yosh bolalar leykozi deb nomlanadi. Leykoz, limfoblastlardan rivojlanadi, o’sma hujayralarni shakllanishi keskin buziladi. Periferik qonda limfoblastlar ko’payib ketadi, lekin ushbu leykoz hujayralar sifat jihatdan o’zgargan, yahni anaplaziya xolatini kuzatish mumkin.
Ushbu leykozda XXI, XXII va XII-XV juft xromosomalarda irsiy defektlar kuzatiladi.
Surunkali leykozlar
Surunkali leykozlar qon hosil qiluvchi IV-sinf hujayralardan rivojlanadi va surunkali mieloleykoz, surunkali limfoleykoz, surunkali monoleykoz, surunkali eritromielozlar tafovutlanadi, ular leykemik va subleykemik tarzda kechadi.
Surunkali mieloleykoz
Ushbu leykozni kelib chiqishida mieloblastlar muhim rolg’ o’ynaydi, mahlumki, leykoz surunkali harakterga ega bo’lganligi uchun mieloblastlar shakllanishi davom etadi. Periferik qonda mieloblastlar bilan bir qatorda promielotsitlar, yosh va tayoqcha yadroli neytrofillar ham uchraydi. Ushbu leykoz uchun harakterlisi, qonda eozinofil va bazofillar soni keskin ortib ketadi (eozinofil-bazofil assotsatsiya)
Surunkali mieloleykoz bilan og’rigan bemorlar suyak ko’migi va qoni tekshirilganda, neytrofil xromosomasida anomaliya aniqlangan, XXI juft xromosomani bir yelkasi uzunroq bo’lgan, bunday anomal xromosoma juftligini, Filadelg’fiya juftligi deb atashgan. Surunkali mieloleykozni nasldan-naslga o’tishi kuzatilmagan. Ushbu kasallik qon hosil qiluvchi ahzolarni mutagen omillar tahsirida, mutatsiyaga uchrashidan kelibchiqadi.
Mahlumki,XXI juft xromosomada, granulopoezni nazorat qiluvchi genetik material mavjud. Agar, ushbu genetik material faoliyat ko’rsatmasa, normal qon hosil bo’lishi buziladi, natijada mutatsiyaga uchragan hujayralar tez ko’payadi va shakllanish xususiyati ham pasayadi, oqibatda kasallik kelib chiqadi.
Surunkali limfoleykoz
Ushbu leykozni kelib chiqishida limfoblastlar ahamiyatga ega. Leykoz hujayralarni 80-90% ni limfotsitlar tashkil qiladi, limfotsitlardan tashqari, prolimfotsit va juda oz miqdorda limfoblastlar bo’lishi mumkin. Periferik qonda ushbu kasallikka xarakterli bo’lgan, Gumprext soyalarni ham uchratish mumkin, shuningdek, limfotsitlar immunoglobulinlar sintezi buzilishidan, immunologik yetishmovchilik kelib chiqadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin