I-bosqich simpatoadrenal tizimni aktivlashuvi.
Stress, psixoemotsional zo’riqishlar natijasida MNTda uzoq muddatli patologik uchoq paydo bo’ladi. Ushbu xolatda ko’plab katexolaminlar ajraladi. Buning natijasida, arterial gipertenziyani kelib chiqishi uchun effekt yuzaga keladi:
a) yurakni minutli hajmi ortadi
b) umumiy periferik qarshilik ortadi
v) buyrakka olib keluvchi arteriolalar spazmi, bevosita yukstaglomerulyar apparatga tahsir etib, qonga renin chiqishini tahminlaydi.
II-bosqich renin-angiotenzin tizimni aktivlashuvi.
Renin qonga tushgandan so’ng, bir qator bioximik jarayonlar ro’y beradi, qon tomir devorida angiotenzin I, angiotenzin II ga aylanadi va ushbu peptidlar quyidagi o’zgarishlarni yuzaga chiqaradi:
a) arteriolalarni silliq mushaklarini qisqarishi (angiospazm)
b) MNTni arterial bosimni idora etishda ishtirok etuvi qismi qo’zg’aladi.
v) buyrak usti bezini po’stloq qismidan qonga ko’plab alg’dosteron chiqishi kuzatiladi.