Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Qon tomirlar tonusi boshqarishining reflektor mexanizmlar buzilganda o’zgarishi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə168/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Qon tomirlar tonusi boshqarishining reflektor mexanizmlar buzilganda o’zgarishi
Yuqorida tahkidlanganidek, rezistiv qon tomirlar tonusi boshqarilishida, karotid sinusi, aorta ravog’i va kovak venalar atrofidagi retseptorlar zonasi muhim ahamiyatga ega. Karotid sinusdan periferik impulg’slar markazga borishi to’xtatilsa, juda uzoq va turg’un arterial bosimni ortishi kuzatiladi.
Insonlarda bunday xolat kam uchrasada, lekin uchrab turadi, m: zahmdagi mezoartrit, aorta sklerozida kuzatiladi, ushbu patologiyalarda baroretseptorlarning qo’zg’aluvchanligi keskin pasayib ketadi. SHuningdek, bronxial astmani davolash maqsadida, glomektomiya qilinganda, bemorlar bronxial astmadan qutiladi, lekin ularda uzoq va turg’un arterial gipertenziya kuzatiladi. Bundan tashqari, gipoksiya, giperkopniya va atsidoz xolatlari ham arterial gipertenziya chaqiradi. SHuningdek, og’riq tahsirida, qon tomir devoridagi retseptorlarni qo’zg’alishidan arterial gipertenziya yuzaga keladi, og’riqqa bog’liq arterial gipertenziya adrenalin orqali realizatsiyalanadi.
Qon tomirlar tonusini gormonal mexanizmlar regulyatsiyasi buzilganda o’zgarishi
Ichki sekretsiya bezlarining ko’plab gormonlari, qon tomirlar tonusini boshqarishda ishtirok etadi. Buyrak usti bezining miyacha qismidan ajraladigan katexolaminlar tahsirida rezistiv qon tomirlarda arterial gipertenziya kuzatiladi (qon quyilganda, yallig’lanishda, ayrim o’smalarda). Agar, katexolaminlar yetishmasa, m: Addison kasalligida, bemorlarda arterial bosim pasayib ketadi, shuningdek, po’stloq qism giperfunktsiyasida ham arterial bosim ortib ketadi, m: birlamchi alg’dosteronizm.
Vazopressin va AKTG qonga ko’p ajralganda (akromegaliya, Itsenko-Kushinga) arterial bosim ortadi, shuningdek, qalqonsimon bez gormoni tiroksinni ko’p ajralishi, simpatik nerv tizimini qo’zg’atish orqali arterial bosimni ortishiga turtki bo’ladi. Jinsiy gormonlarning ajralishini buzilishi, vegetetiv nerv tizimi funktsiyasini buzilishiga, bu o’z navbatida rezistiv qon tomirlar tonusini o’zgarishiga olib keladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin