Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


MAHRUZA № TASHQI NAFAS YeTISHMOVCHILIGI



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə176/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

MAHRUZA №
TASHQI NAFAS YeTISHMOVCHILIGI
REJA:
1. Tashqi nafas yetishmovchiligi haqida tushuncha
2. Alg’veolyar ventiyatsiyani buzilishi
3. Tashqi nafasni obstruktiv va restriktiv yetishmovchiligi
4. O’pkada ventilyatsion – perfuzion munosabatlarni buzilishi
5. O’pkada gazlar diffuziyasini buzilishi
6. Organizmga tashqi nafas yetishmovchiligini tahsiri
7. Tashqi nafas idora etilishini buzilishi
8. Davriy nafaslar patogenezi
Tashqi nafas o’pqada kechadigan jarayonlar majmuasi bo’lib, bu jarayonlar qonda O2 va SO2 ni normal miqdorini tahminlaydi. Tashqi nafasda o’pkada bir biriga bog’liq holda 3ta jarayon: alg’veola ventilyatsiyasi, alg’veola devoridan gazlarni o’tishi va perfuziya ro’y beradi. Bu jarayonlar birgalikda qonni normal gaz tarkibini tahminlaydi. Har qanday nafas sistemasila uchraydigan kasaliklar, u yoki bu jarayonni buzilishiga olib keladi, bu esa o’z navbatida tashqi nafas faoliyatini yetishmovchiligiga olib keladi.
Nafas faoliyatini yetishmovchiligi
U patologik jarayon bo’lib, tashqi nafas buzilishi hisobiga kelib chiqadi, bunda tinch holatda va organizmga yuklama berilganda qondagi gazning normal tarkibi tahminlanmaydi, bunday yetishmovchilik gipoksiya, gazli atsidozga olib keladi, hamda organizmning fizik qobiliyatini chegaralab qo’yadi.
Nafas faoliyatini yetishmovchiligi asosida alg’veolyar ventilyatsiya, perfuziya, diffuziya jarayonlari hamda ular o’rtasidagi miqdoriy va sifatiy mutanosiblikni buzilishi yotadi.


Alg’veolyar ventilyatsiyani buzilishi
Alg’veolya ventilyatsiyani roli organizmni ehtiyojiga qarab, regulyar tarzda alg’veolyar havoni yangilanishidir. Insonga har bir minutda alg’veolyar bo’shliqqa o’rtacha 4,5–5l havo kiradi va alg’veolyar havo yangilanadi. Bu murakkab jarayonda quyidagi tizimlar ishtirok etadi:

  1. MNS (bosh miyani nafas markazi va orqa miyani motoneyronlari)

  2. Periferik harakat va sezuvchi nerv tolalari

  3. Yuqori nafas yo’llari, ko’krak qafasi va o’pkalar.

Yuqoridagi qismlarni birortasida patologik o’zgarishlar bo’lsa alg’veolyar, ventilyatsiyani buzilishiga olib keladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin