Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Ko’krak qafasini va plevral bo’shliqni bir butunligini buzilishi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə178/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Ko’krak qafasini va plevral bo’shliqni bir butunligini buzilishi Plevral bo’shliqni bir butunligini doimiy transpulg’monal bosimni keltirib chiqaradi (alg’veola ichidagi bosim bilan plevral bo’shliq ichidagi bosimlar farqi), bu bosim o’pkani yozilishini tahminlaydi.
Nafas olish paytida, ko’krak qafasi hajmi kengayadi, transpulg’monal bosim shunday ko’tariladiki, o’pkani elastik kuchi(tyaga)dan ustun bo’ladi, shuning hisobiga alg’veolalar kengayadi.
Plevral bo’shlig’ini bir butunligi buzilsa, unga atmosfera havosi kiradi, transpulg’monal bosim tushib ketadi, natijada o’pka bujmayib qoladi.
Pnevmotoraks bu plevra bo’shlig’iga havoni kirishi bulib, plevra zararlanishidan, o’pka to’qimasini yemirilishidan (tuberkulyoz, o’sma, abstsess) bunda plevra, o’pka va boshqa havo o’tkazuvchi organlar oshqozon, qizilungach bilan aloqasi paydo bo’ladi. Bahzida havo plevra bo’shlig’iga davolash maqsadida ham kiritiladi. Pnevmotoraksni ochiq, yopiq va klapanli turlari tafovutlanadi.
O’pka funktsiyasini buzilishi
O’pka ventilyatsiyasini buzilishi o’pka to’qimasi va nafas yo’llari faoliyati buzilganda ham kelib chiqadi. Mexanizmiga, yahni o’pka ventilyatsiyasini buzilishini olib kelishiga ko’ra: obstruktiv va restriktiv turlari tafovutlanadi.
Tashqi nafasni obstruktativ yetishmovchiliki
Bunday yetishmovchilik nafas yo’llarini torayishidan va nafas havosiga qarshilik paydo bo’lishdan, nafas yo’llarini yuqori yoki pastki qismlarida to’sqinliklardan kelib chiqadi. Quyidagi: 1. Yot moddalarni yuqori nafas yo’llariga tutilishi. 2. Nafas yo’llari devorini qalinlashishi, bu yallig’lanish va o’smalarni rivojlanishi bilan bog’liq buzilishlar. 3. Hiqildoq muskullarini spazmi (laringospazm). 4. Nafas yo’llarini tashqaridan qisilishidan kelib chiqadi.
Agar bronxlar diametri 1mm dan 0,5 mm ga toraysa yahni 2 marotaba, nafas havosi yo’nalishiga qarshilik 24, yahni 16 marta ortadi.
Bu o’z navbatida, bronxlarni torayishi, havo tezlashuviga va unga nisbatan qarshilikni ortishiga olib keladi. Bu holat esa nafas muskullarini zo’r berib ishlashiga, nafas chiqarishni ham aktiv jarayonga aylanib qolishiga olib keladi.
Nafas yo’llarini bunday torayishi bronx va bronxiolalarga qayd massasi, suv, yiring, shilimshiq, transsudat tushganda yuzaga chiqadi.
O’pkani elastiklikligini pasayishi o’pkani emfizemasida, bundan tashqari terminal bronxlarni torayishidan kelib chiqadi.
Pastki nafas yo’llarini torayishi harakatdagi havoga qarshilik ko’rsatadi va havoni alg’veolalarda birday taqsimlanishiga yo’l bermaydi.
O’pka emfizemasida, nafas olish jarayonida transpulg’monal bosim biroz pasaysada, bu bosim bronxiolalar devorini kengaytira oladi. Nafas chiqarishi aktiv bo’lib qoladi, o’pkani elastik tarangligi pasayib ketadi, havoga qarshilik kamayib boradi, bu holda plevra bo’shlig’idagi bosim ortadi, natijada tashqi tomondan bronxiolalarni ezib qo’yadi. Bu holat shu darajagacha yetadiki, oxir-oqibat bemorni nafas chiqarishini ilojisi bo’lmay qoladi. Demak, o’pka emfizemasida bronxiola devori klapan rolini o’taydi, nafas chiqarishida o’pka havoni tutib qoladi va alg’veolalar havo bilan shishib ketadi. Bunday holat bronxial astmada va bronxitlarda ham uchrashi mumkin.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin