Oshqozon va 12 barmoqli ichakdagi yaralar Oshqozon va 12 barmoqli ichak shilliq qavatida surunkali xarakterga ega bulgan defektlardir.
Etiologiya. Ushbu kasallik etiologiyasida organizmga haddan ziyod tahsirotlarni berilishi yotadi. Masalan: psixik travma, emotsianal va fizik zo’riqish, turli stressli situatsiyalar. Misol uchun 2 – chi jaxon urushda ko’p odamlar ushbu kasallik bilan og’riganlar.
Bqkov hayvonlarda o’tkazilgan tajribalarda shuni tasdiqladigi, ONF “xatosi ” ushbu kasalga olib kelish mumkinligini, yana hayvonlarda stress xolatlarini chaqirib ham yuzaga keltirish mumkinligini isbotladi (qafasga solib, og’riqli travma)
Hammaga yaxshi tanish bo’lgan etiologik omillar, oshqozonga mahalliy tahsirlar va ovqatlanishni buzilishi (noregulyar ovqatlanish, o’ta issiq ovqatlar yeyish, alkogolg’, chekish, ovqat tarkibida kuplab kaliy ionlarini bulishi va boshqalar).
Naslliy omillarni albatta katta ahamiyati bor, parasimpatik nerv tonusi ortishi, nonormal ovqatlarni yeyish, yara kasalliklariga olib kelishini Ashoff o’z tajribalarida isbotladi.
Oxirgi paytlarda, gipokineziyani ham ushbu kasallikka olib kelishi tahkidlanmoqda, chunki qorin oldingi muskuluni tonusi tushib ketadi, bu esa oshqozonni qon bilan tahminlanishini buzilishi. Bu esa yarani yuzaga chiqarishi mumkin.
Patogenez. Ushbu kasalik patogeneziga tahsir etuvchi omillar bilan himoya etuvchi omillar o’rtasidagi mutanosiblikni buzilishi yotadi.
Tahsir etuvchi omillarga, oshqozon shirasini agresiv tahsiri (Peptik omil) bundan tashqari, mexanik, termik va ximik tahsirlar kiradi. Oshqozonni himoya etuvchi omillarini, shilliq pardani yuqori regenerativ potentsiali, uning urab turgan shilliq qavat va normal qon bilan tahminlanishini yuzaga keltiradi.
Peptik omil mohiyatida, kuplab yara kasalliklarida, oshqozon shirasi tarkibida kislotalik va hazm qilish faoliyatini ortishi bilan tushuntiriladi.
Eksperementlarda oshqozon sekretsiyasini kuchaytiruvchi moddalarni yuborish yo’li bilan ham yara chaqirish mumkin (pentagastrin, gistamin, rezerpin, atafan) ham surunkali tarzda n. vagus ni qitiqlash orqali, bunda oshqozon sekretsiyasi va gistamin sintezi kuchayadi.
Bundan tashqari, oshqozon yarasi shunday joylarda uchraydiki, u yerlarda nisbatan kam parietal xujayralar bor, yahni bu yerlar kislotali oshqozon shirasi tahsiriga chidamsiz bo’ladi.
Kuchli ximoya vazifani shilimshiq o’taydi, u shilliq qavatni qoplab turadi, agar tajribada shilimshiq faoliyatini pasaytiruvchi dorilar yuborsak, masalan: salitsilatlar, o’t kislotalari va boshqalarni yara chaqirishi mumkin.
Oshqozon shilliq qavatini yuqori rezistentligini, adekvat nerv trofik jihatdan tahminlanishi belgilab beriladi. Normada 2–3 kun ichida yuzada joylashgan xujayralar yangilanadi, buni zamonaviy m: radioavtografik usullar yordamida aniqlash mumkin.
Yara kelib chiqishida, buni klinitsistlar va eksperemantatorlar tasdiqlashagan, nerv distrofik omilini buzilishida gipotalamus zararlanishi yotadi
Bqkov va Kurtsinlar olg’a surgan kortiko – vistseral nazariyasida, kasllik kelib chiqishini boshlab berishda (puskovoy xarakterga) ONF ga ekstro va introtseptiv nohush tahsirlar muhim rolg’ o’ynaydi. Buning natijasida, pustloq bilan pustloq osti tuzilmalari orasida aloqa buziladi. Bu xolat vegetativ nerv tizimida dezintegratsiyasini chaqiradi, bu esa oshqozon shirasini ortishiga olib keladi, so’ngra oshqozonni muskul va qon tomirlarni uzoq muddatli spazmi, bu esa shilliq qavatni distrofik o’zgarishlariga olib keladi. Yangi mahlumotlar, ichki organlardan borgan signallar avvaliga pustloq osti tuzilmalarini quzg’atadi, keyin esa emotsional qo’zg’alishni aktivlanishi hisobiga, ushbu qo’zg’alish po’stloqqa ham tarqaladi.
Yara patogenezida, gumoral agentlarni buzilishi ham muhim rolg’ o’ynaydi, yarada qon va shilliq qavatda gistamin kontsentratsiyasi ortadi, aksincha gistaminaza aktivligi pasayadi. Gistamin N2 retseptorlarga tahsir etib, parietal hujayralaridan NSl chiqishini oshiradi va oshqozondagi mikrotsirkulyatsiyasini buzadi.
Glyukokartikoidlarni davolash maqsadida uzoq muddatda organizmga yuborilsa, kasallikni qaytalinishi yoki yangi yaralar hosil bo’lganligi insonlarda kuzatilgan.
Hayvonlarda o’tkazilgan tajribalarda kursatishicha, glyukortikoidlar oshqozon shirasi va NSl sekretsiyasini kuchaytiradi, shilimshiq miqdorini esa kamaytiradi, stress paytida esa gormonlar sekretsiyasi ortib ketadi va yuqoridagi holat kelib chiqadi.
Yara kasalliklarida mineralokortikoidlar yetishmovchiligi kelib chiqadi, bu esa plazma va hujayra ichida K+ ko’payishi bilan tushintiriladi.
Prostaglandinlar Ye1 va Ye2 oshqozon shirasi chiqishini tormozlydi. Bu tahsir, tsAMF va adenilattsiklazani aktivligini pasayishi tufayli yuzaga chiqadi.
SHunday qilib, yara patogenezida neyrogen (asosan trofik) va gumoral omillar muhim rolg’ o’ynaydi. Bundan tashqari, oshqozon shilliq qavatiga tahsir etuvchi maxalliy tahsirlar va isriy konstituttsional o’ziga hoslik ham rolg’ o’ynaydi.