Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə182/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Asfiksiya davrlari
Birinchi davrda, bemorni nafas olishi, nafas chiqarishidan ustun bo’ladi. Bunda qorachiq kengayadi, taxikardiya, A/B ortadi. Ikkinchi davrda, nafas chiqarishi cho’ziladi, bu holatda parasimpatik tizim ustunligi kuzatiladi (qorachiq torayadi, bradikardiya, arterial bosim pasayadi). Uchinchi davrda nafas chastotasi, chuqurligi va amplitudasi kamayadi, nafas to’xtashi kuzatiladi.
Tashqi nafas idora etilishini buzilishi
Eupnoe, normada nafas olishi va chiqarishi, yahni komfort tarzda, nafas ritmi, chuqurligi va chastotasi shunday bo’ladiki, organizm bu jarayonni qanday ketayotganligini sezmaydi.
Bradipnoe siyrak nafas, bu holat kelib chiqishida turli retseptorlardan borayotgan impulg’slarni o’zgarishi yoki nafas markazlari faoliyatini o’zgarishidan kelib chiqadi.
Nafasni reflektor chastotasini pasayishi arterialar bosimni ortishi natijasida va xemoretseptorlarni O2 tarangligini pasayishiga, qo’zg’alishi hisobiga kelib chiqish mumkin.
CHuqur siyrak nafas yuqori nafas yo’llarida qarshilikni ortishi hisobiga ham kelib chiqishi mumkin bo’lib, stenik nafas deb ataladi. Bunday tip nafasda qovurg’alar aro muskullardan borayotgan impulg’slar muhim rolg’ o’ynaydi.
Adashgan nervni ikki tomonlama qirqib qo’yishidan vagus nafasi kelib chiqadi.
Poliepnoe yuzaki tez–tez nafas olish tushiniladi. Bu nafas asosida, nafas markazini reflektor perestroykasi yotadi. Bahzi, hayvonlarda issiq harorat tahsirida, odamlarda lixoradkada, MNS funktsional holati buzilganda (isteriya), o’pka zararlanganda (atelektaz, pnevmoniya, dimlanish jarayonlari) kuzatiladi.
Poliepnoe kelib chiqishida birinchi tomondan nafas olish markazini haddan ziyod stimullash hisobiga, ikkinchi tomonda esa, uning tormozlovchi faktorlarini aktivlanishidan yuzaga keladi.
CHuqur tez–tez nafas olish fiziologik jarayonlarda kuchli jismoniy ish bajarganda organizm ehtiyojiga ko’ra o’pka ventilyatsiyasini ortishidan kelib chiqadi.
Bunday holatda bunday nafasni kelib chiqishida, mushak va bo’g’imlardan borgan impulg’lar uzunchoq miyani to’rsimon qismini qo’zg’atilishi, bu esa nafas olish markazini qo’zg’atadi.
Bunday holat yana turli kuchli ruhiy holatlarda, organizm sovuq yoki qaynoq suvga tushganda ro’y beradi. Bunday nafas moddalar almashinuvini ortishi bilan bog’liq bo’lmaydi va gipokapniyaga olib keladi, bu esa bosh aylanishi va boshqa belgilarni chaqiradi. SO2 faqat zo’r nafas markazini qo’zg’atuvchisi bo’libgina qolmay, bosh miya qon tomirlarini kengaytiruvchi sifatida ham tahsir ko’rsatadi. Buning natijasida, hosil bo’lgan alkaloz nerv mushak qo’zg’aluvchanligini ortishiga olib keladi, agar alg’veolyar SO2 partsial bosimni keskin tushib ketsa (15 mm. rt. st.) teteaniyaga olib keladi.
Giperpnoe nafas havosida O2 partsial bosimi tushganda, SO2 ortganda, anemiya, atsidozda kuzatiladi.
Kussmaul nafasda, nafas markazi haddan ziyod qo’zg’aladi, bu diabetik komada uchraydi, bunda shovqinli nafas ro’y beradi, kuchli nafas olgandan so’ng, kuchli ekspirator muskullar ishtirokida nafas chiqarishi ro’y beradi.
Apnoe nafas vaqtinchaliq to’xtashi harakterlanadi. Apnoe, organizmda gazlar almashinuvi buzilishiga olib keladi.
Eksperementda tasdiqlandiki, vaqtinchalik nafasni to’htashi, bu nafas markazini reflektor va ximik stimulyatsiyani yuqolishidan kelib chiqadi. Masalan: insonlarda narkoz paytida, SO2 qondagi partsial bosimi past bo’ladi, SO2 partsial bosimi normallashsa nafas ham normallashadi.
Organizmni arterial bosimini adrenalin yuborib keskin ortirganda, apnoe normal ritm bilan kelishi mumkin (gipoksiya, intoksikatsiya, bosh miyani organik jarohatlanishi)
Yo’tal va chuchkirish bu reflektor aktlar bo’lib, yuqori nafas yo’llar retseptorlarini qitiqlanishidan kelib chiqib, bunda qisqa muddatli nafasni ritmi va chuqurligi o’zgaradi.
Yo’tal halqum va traxeyani til halqum va adashgan nervni qitiqlanganda, bundan tashqari, plevra sezuvchi tolalarini qitiqlanganda ham kelib chiqadi, tezlikda ovoz teshigi yopiladi va ekspirator tarzda nafas muskullari taranglashadi. So’ngra, nafas yo’llari o’pka alg’veolalarida, plevra bo’shlig’ida keskin bosim ortadi, shundan so’ng ovoz teshigi qo’qqisdan ochiladi va katta bosim ostida nafas havosi tashqariga chiqadi.
CHuchkirishda uchlik nerv oxirlari qitiqlanganda yuzaga chiqadi. Yo’taldan farqli o’laroq chuchkirishda forsirovannqy nafas chiqadi, ovoz teshigi ochilgandan so’ng, nafas chiqarish havosini og’iz orqali emas, balki burun orqali chiqadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin