Tashki nafasni restriktiv yetishmovchiliki Bunday yetishmovchilikda alg’veolyar ventilyatsiyani buzilishi o’pkaning nafas yuzasi yoki uning cho’ziluvchanligini pasayishidan kelib chiqadi. CHo’ziluvchanlikni pasayishi o’pka to’qimasining yozilishi chegaralab qo’yadi. Bu xolatni kompensatsiya qilish uchun, yahni o’pka hajmini yetarli o’zgarishini tahminlash uchun, nafas olganda, odatdagidan ko’proq, transpulg’monal bosim yuzaga chiqadi. Nafas muskullarini ishi kuchayadi, nafas qiyinlashadi.
O’pka to’qimasini chuziluvchanligi pasayishi quyidagi omillar olib keladi: O’pkada yallig’lanish va dimlanish holatlari. SHish alg’veolalarni ezib qo’yadi, erkin kengayishiga halaqit beradi.
O’pka fibrozi, ko’plab o’pka kasalliklarini asoratidir. Masalan: surunkali yallig’lanish, toksik zararlanish, uzoq muddat changda bo’lish, emfizema, qo’shuvchi to’qimani diffuz kasalliklari, yurak yetishmovchiligi tufayli o’pkada dimlanish, radiyatsiya tahsiri. Fibroz mohiyatida qo’shuvchi to’qimani rivojlanib ketishi yotadi.
Surfaktant defitsiti. Surfaktantni alg’veolyar epiteliyalar sintez qiladi, surfaktant dipalmitoilletsitindan tashkil topgan.
Surfaktant alg’veola ichki devorida yupqa plyonkani hosil qilib, uni sirt tarangligini pasaytiradi, bu esa alg’veolani bujmayib qolishidan asraydi.
Surfaktantni bu hossasi nafas olish va uni chiqarganda o’zgarib turadi. Bu hossa alg’veolalarni cho’zilishi bilan bog’liq, sirt tarangligi qancha katta bo’lsa, alg’veolani yuzasi shuncha kichik bo’ladi.
Bahzida, surfaktant sintezi buziladi, alg’veolyar yuzadan tez ketib qolsa. Masalan, chaqaloqlarda bularning miqdori juda past bo’ladi, bu holat esa nafas pasayishi sindromiga (sindrom dqxatelg’noy slabosti) asfiksiya va o’limga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, gipoksiya, atsidoz, qon aylanishi buzilishida, qayd massasi va boshqa suyuqliklarni alg’veolaga tushganda ham surfaktant sintezi buziladi.
Agar havo tarkibida O2 kontsentartsiyasi yuqori bo’lsa, uni parchalaydi, shuning uchun, bemorlarga O2 berishda ehtiyotroq bo’lish lozim.
Restriktiv yetishmovchilikka, yahni o’pka ventilyatsiyasini buzilishiga, o’pkani nafasda qatnashuvchi yuzasini ozayishi ham olib keladi. Masalan: o’pka segmentini olib tashlaganda, bir o’pkani yarmini yoki butunlay olib tashlash holatlarida ham kelib chiqadi. Bundan tashqari, o’pka yuzasini ozayishiga atelektaz ham olib keladi, alg’veolardagi havoni so’rib olish hisobiga alg’veolalarda ventilyatsiya to’xtaydi. Atelektazga plevral bo’shlig’ida bosim ortganda (pnevmotoraks, ekssudat to’planganda), bronxlar tiqilib qolganda kuzatiladi. Lekin, atelektaz patogenezida alg’veola defitsiti ham muhim rolg’ o’ynaydi.