Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Nafas markazini faoliyatini buzilishi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə177/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Nafas markazini faoliyatini buzilishi
Alg’veolalar ventilyatsiyasi, uzunchoq miya va ko’prikda joylashgan nafas markazi boshqaradi, u nafas ritmini chuqurligi va chastotasini tahminlab beradi, buning natijasida organizm ehtiyojidan kelib chikib, O2 bilan tahminlanadi. Nafas markazini faoliyati, ushbu markazga bevosita patogen omillar va reflektor (xemo-baroretseptor) tahsir natijasida buziladi, bundan tashqari, turli patologik davriy nafaslarda ham buziladi.
Orqa miya motoneyronlarini faoliyatini buzilishi
Orqa miyadan kelayotgan motoneyronlar faoliyati orqa miyada o’sma, siringomieliya, polimielitda buziladi. Orqa miya faoliyatini buzilashiga bog’liq, tashqi nafas buzilishini harakteri va darajasi patologik o’choqni qaerda joylashganligiga bog’liq. Masalan: yuqori bo’yin qismida bo’lsa, diafragma ishi buziladi, bundan tashqari, motoneyronlar soniga ham bog’liq bo’ladi.
Nerv muskul apparati faoliyatini buzilishi
Alg’veolyar ventilyatsiyani buzilshi nafas muskullarini zararlanishidan (yallig’lanish, avitaminoz, travma) hamda muskullarga impulg’slarni o’tkazishini yomonlashuvidan (miasteniya, botulizm, stolbnyak) va nervlarning faoliyati buzilganda kelib chiqadi (miozit, distrofiya).
Alg’veolyar ventilyatsiyada ishtirok etuvchi muskullarni ichida eng ahamiyatlisi diafragmadir. Uning faoliyatini buzilishi nafasni buzilishiga olib kelishi mumkin. Masalan: n. frenicus jarohatida parodoksal nafas, yahni nafas olishda yuqoriga, nafas chiqarganda pastga harakat qiladi. Diafragmani klonik qaltirash (sudorogi) natijasida ikota (hiq) tutish kelib chiqadi, ikota paytida havo o’pka ichiga tortiladi. Hiq reflektor akt bo’lib, diafragma va ichki organlarda nerv oxirlarini qitiqlashi natijasidir. Hiq qorin bo’shlig’ida operatsiya qilinganda ko’proq uchraydi.
Ko’krak qafasi harakatini buzilishi
Ko’krak qafasini harakatini buzilishiga olib keluvchi barcha patologik jarayonlar, o’pak cho’zilishini chegaralaydi, bu o’z navbatida alg’veolyar ventilyatsiyasiga tahsir etadi. Bularga: tug’ma qovurg’a va umurtqa pog’onasini deformatsiyasi, qovurg’a tog’aylarini suyaklanishuvi, astsit, meteorizm, nafas olganda kuchli og’riqlar bo’lganda, yahni qovurg’alar aro nevralgiyalarda, plevrani yallig’lanishi va boshqa holatlarda uchraydi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin