Yurak faoliyatini yetishmovchiligini patogenezi
Yurak faoliyati yetishmovchiligini 2 xil tomon yotadi.
Yurak muskulini bo’shashini rivojlanishi
Yurak muskullariga gemodinamik va neyrogumoral tahsirlar natijasida miokardda moddalar almashinuvini buzilishiga olib keladi.
Bu ikkala mexanizmlar bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’ladi.
Gemodinamik mexanizm ikkita nazariya bilan tushintiriladi.
a) dimlanish yetishmovchiligi nazariyasi (retrograd)
b) irg’itish yoki qonni itarib chiqarish yetishmovchiligi nazariyasi.
Dimlanish yetishmovchiligi nazariyasi mohiyatida shu narsa yotadiki, jarohatlangan yurak muskuli venalardan yetarli qonni tortib ololmaydi. Buning natijasida zo’rg’a faoliyat ko’rsatayotgan qorinchada diastolik bosim ortadi hamda qoldiq qon miqdori ham ortadi. Qorinchalarda diastolik bosim ortgandan so’ng, avvaliga bo’lmachalarda, so’ngra venalarni proksimal qismida bosim ortadi. SHunday qilib, ushbu yetishmovchilikni eng zaruriy simptomi venoz bosimni ortishi va venoz tizimda dimlanishni yuzaga chiqishidir.
Keyingi yillarda yurakni kateterizatsiya qilish yo’li bilan aniqlanishicha, chap bo’lmachada bosimni ortishi o’pka venasida bosimni ortishiga olib keladi, keyin o’pka arteriyasida, bu esa o’ng qorinchadan qonni chiqishini qiyinlashtiradi. Venalarda qon bosimini ortishi boshqa simptomlarni ham keltirib chiqaradi.
1.Mayda qon tomirlarda gidrostatik bosimni ortishi
2.Ularni suv va elektrolitlarga nisbatan o’tkazuvchanligi ortishi
3.Na2+ ionlarini ushlanib qolishi shishlarga olib kelishi
4.Koptokchalar orqali Na2+ filg’tratsiyasi ham buziladi, venoz staz hisobiga buyrakda qon aylanishi buziladi.
5.Endoteliylarda gipoksiya bo’lganligi uchun uning o’tkazuvchanligi yanada ortadi.
Barcha omillar tahsirida, yahni yurakni birlamchi jarohatida harakatlanayotgan qon miqdorini ortishi, suyak ko’migi va kapillyarlar gipoksiyasi, gidrostatik bosimni ortishi, Na+2 ko’payishi venoz bosimni ortishiga va venoz dimlanish yoki yurak yetishmovchiligini barcha simptomlarini yuzaga chiqaradi: 1. SHish, tsianoz, hansirash, jigar va buyrakda dimlanish
Ushbu nazariya mahlum darajada, ayrim yurak yetishmovchiligini kelib chiqish mohiyatini ochib beradi. Lekin klinik va eksperimental kuzatishlar natijasida shu narsa mahlum bo’ldiki, yuqorida biz aytgan sxemaga barcha yurak yetishmovchiliklariga tadbiq etib bo’lmaydi. M: nima uchun pnevmosklerozda total yurak yetishmovchiligi kelib chiqadi, bu bemorlarda jigarni kattalashuvi va shishlar venoz bosimni ortishidan oldin kelib chiqar ekan.
Yurak yetishmovchiligining boshlang’ich bosqichlarida qon massasi va uning miqdori ortib, keyin esa venoz bosim ortar ekan.
Na+2 va suvni ushlanishi ham oldinroq ketar ekan. Bu yuqoridagi fikrlar ushbu nazariyani mukammal emasligidan dalolat beradi.
Ikkinchi nazariya, yahni qonni irg’itib berish yetishmovchiligi nazariyasi miokardni jarohati natijasida yurakni minutli hajmi kamayishi bilan harakterlanadi. Yurakni minutli hajmi organizmni O2 bo’lgan ehtiyojini qoplay olmaydi, ayrim organlarni qon bilan tahminlanishi buziladi, buning natijasida: hansirash, tsianoz, shish yuzaga keladi.
Qonni irg’itib berish yetishmovchiligi nazariyasi quyidagi sxema yordamida tushintiriladi.
Miokard jarohati
Yurakning minutli hajmni pasayishi
Qon oqishini kamayishi
Buyraklarda Qizil ko’mikda gipoksiya
Na+2 va suvni ushlanishi
Gipofizdan antidiuretik gormon
sekretsiyasini kuchayishi
Harakatlanayotgan qon miqdorini ortishi
Venoz bosimni ortishi
SHish, hansirash, ichki organlarda dimlanish
Lekin, bu nazariya ham yurak jarohatlanganda qon irg’itib berish yetishmovchiligi patogenezini to’la ochib bermaydi. M: yurak yetishmovchilgida doim ham minutli hajm pasaymaydi, m: o’pka emfizemasida, bahzi bir anemiyalarda minutli hajm normada hatto ortgan bo’ladi. Bunday kelishmovchiliklar quyidagi xulosalarga olib keladi.
Birinchidan ushbu muammo juda murakkab bo’lib, yuqoridagi sxema orqali tushintirish qiyin
Ikkinchidan ushbu mexanizmlarni turli kasalliklarga bunday tadbiq etib bo’lmaydi.
Gemodinamik nazariyani muhim kamchiligi shundaki, yurak yetishmovchiligidan kelib chiqadigan simptomlar, ayrim patogenetik omillarni rolini ochib beradi xolos.
Dostları ilə paylaş: |