Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Yurak va qon aylanishi yetishmovchiligidan yuzaga chiqadigan simptomlar haqida tushuncha



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə171/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Yurak va qon aylanishi yetishmovchiligidan yuzaga chiqadigan simptomlar haqida tushuncha

Yurak faoliyati yetishmovchiligi ishchi muskullarni distrofik, bioximik o’zgarishlari natijasida miokardni qisqartiruvchi funktsiyasini buzilishi bilan namoyon bo’ladi.
Yurak yetishmovchiligi, shunday xolatki bunda, yurakka berilayotgan yuklama, uning bajarishi mumkin bo’lgan imkoniyatidan yuqori bo’ladi.
Yurak faoliyati yetishmovchiligiga olib keluvchi barcha sabablarni 2 guruxga: kardial va ekstrakardialga bo’linadi.
Lang yurak faoliyati yetishmovchiligiga olib keluvchi quyidagi sabablarni ko’rsatdi.
1. Yurak muskulini charchashi (pereutomlenie), ishchi toliqishi tufayli kelib chiqishi mumkin (yurak nuqsonlari, katta va kichik qon aylanish doirasida periferik qarshilikni ortishi hisobidagi gipertoniya, o’pka emfizemasi, jismoniy toliqish, tireotoksikoz).
2. Miokardni jarohatlanishi (infektsiyalar, bakterial va nobakterial intoksikatsiya, metabolizm mahsulotlari tahsirida).
3. Miokardda qon aylanishini buzilishga olib keluvchi omillar (toj tomir arteriyalari kasalliklari, anemiya).
4. Miokard funktsiyasini buzilishiga olib keluvi nerv-trofik va gormonal omillar.
5. Perikard funktsiyasini buzilishi.
Yurak yetishmovchiligidagi kompensator mexanizmlar
Yurak miokardi faoliyati buzilgandayoq organizmning kompensator mexanizmlari ushbu holatni oldini olish maqsadida ishga tushadi, keyinchalik qon tomirlar yetishmovchiligi kelib chiqmasligini oldi olinadi, umumiy “yurakdan tashqari” mexanizmlar bilan birga yurakning o’zida ketadigan mexanizmlar ham kelib qo’shiladi. Bularga:
1. Yurak bo’shliqlarini kengayishi (tonogen dilyatatsiya) va yurakning zarb bosimini ortishi
2. Yurak urishini tezlashuvi (taxikardiya)
3. Miogen dilyatatsiya va miokard gipertrofiyasi.
Ushbu omillarni ikkitasi darhol ishga tushadi, miogen dilyatatsiya va miokardning gipertrofiyasi esa asta-sekin ro’y beradi. Biroq bu kompensator mexanizmlar yurakni zo’riqib faoliyat ko’rsatishiga olib keladi, bu esa yurak qon tomir tizimini funktsional imkoniyatlarini chegaralab qo’yadi. Yurakni rezerv imkoniyatlari pasayib boradi, bu miokardda moddalar almashinuvi buzilishi bilan birga kechib, oxir oqibat qon tomirlar yetishmovchiligi kelib chiqadi.
1. Yurakning tonogen dilyatatsiyasiga quyidagilar sabab bo’ladi: 1) yurak klapanini to’la yopilmasligidan
2. Yurak kameralari orasidagi to’siqlarda tug’ma defekt bo’lganda yurakka qonni qaytishidan kelib chiqadi.
3. Klapanlar stenozida yurakdan qonni to’liq chiqib ketmasligidan yuzaga keladi.
Bilamizki, yurak o’z diastolasi paytida uning kameralari qonga to’lishi natijasida hamda Frank-Starling qonuniga ko’ra yurak muskullarini cho’zilishi, yurak qisqarishlarini kuchaytiradi, buning natijasida, mahlum muddatda qon tomirlar yetishmovchiligi bartaraf etiladi. Lekin, uzoq davom etuvchi yurakning diastolik chuzilishi baribir qon tomirlar yetishmovchiligiga olib keladi, bunda miokardni oziqlanishi buziladi, energiya hosil bo’lishi ozayadi va aktin-miozin ishi pasayadi, buning natijaida yurakda miogen kengayishi yuzaga keladi.
Distola paytida miokard tolalarini cho’zilishini ortib borishi kislorodga bo’lgan ehtiyojni oshiradi, lekin muskul tolalarini qisqarishi va yurakning mexanik ishi kamayib boradi.
Yurak urushini tezlashishi reflektor tarzda, yahni kovak venalarda bosimni ortishi hisobiga ro’y beradi. Bunday holatda sistolik hajm kamayadi, lekin yurak urushini tezlashishi hisobiga minutli hajm aytarli o’zgarmaydi. Lekin, taxikardiya paytida miokardni energetik almashinuvi buziladi, ATFni issiqlikka aylanish vaqti uzayadi, bu o’z navbatida mexanik energiyani hosil bo’lishini pasayishiga va yurakni foydali ishi kamayishiga olib keladi.
Issiqlikni hosil bo’lishi qorincha sistolasini izometrik fazasida, yahni 0,05 sek davomida ro’y beradi. Yurak normal ishlaganda 1 minutda 3,5 sek davom etadi, agar yurak tezlashganda m: 0,05x100=5 sek, yahni 1,5 sekundga ortib ketadi. shuning uchun, taxikardiya mahlum darajada kerakli minutli hajmni ushlab turishga yordam bersada, lekin organizm uchun unchalik rentabel emas, chunki bunda yurakni foydali ish koeffitsienti pasayib ketadi.
Yurak jarohatlanganda avvaliga funktsional gipertrofiyaga, keyin esa patologik gipertrofiya yuzaga keladi.
Gipertorofiya miokardni massasini ortishi bilan harakterlanadi, ortiqcha massa muskul elementlari hisobiga ro’y beradi.
Fiziologik gipertrofiyada yurak massasi bilan skelet muskulatura rivojlanishi proportsional tarzda ro’y beradi.
Kislorodga organizmni ehtiyojini ortishiga yurakning munosabati ham o’zgaradi, jismoniy mehnat qiluvchilarda, sportsmenlarda, balet artistlarida, bhzida homiladorlarda kuzatiladi.
Yurak faoliyatini mexanik effektivligi, yahni yurak muskulini foydali tahsir koeffitsienti ortadi.
Patologik gipertrofiyada esa yurak massasini ortishi skelet muskulni rivojlanishi bilan bog’liq bo’lmagan holda bo’ladi. Bunday gipertrofiyada yurakning massasi, normal yurak massasidan 2-3 marotaba ortib ketadi.
Ushbu gipertrofiyada ham energiya hosil bo’lishi hamda miokardni qisqartiruvchi strukturasining massasi ortadi, shuning hisobiga berilgan nagruzkaga juda osonlik bilan javob beradi. Lekin, ushbu gipertrofiya ham moslashish harakteriga ega, lekin bu moslashish mahlum darajagacha davom etadi, lekin organizmning imkoniyatlar juda tezlikda kamayib ketadi.
Patologik gipertrofiyada quyidagi yomon o’zgarishlar kelib chiqadi:
1. Gipertrofiya jarayoni toj tomirlarda ro’y bermaganligidan massasi ortgan yurakning qon bilan tahminlanishi buziladi. Bunda miokard yuzasiga nisbatan olganimizda kapillyarlar soni kamayadi, shuning hisobiga miokardni qon bilan tahminlanishi yomonlashadi.
2. Gipertrofiya hisobiga miokard hujayralarini umumiy yuzasi kichrayadi, buni hisobiga hujayra ichiga oziq moddalarni kirishi va u yerdan oraliq mahsulotlarni chiqishi qiyinlashadi.
3. Yurakning nerv apparati va uning o’tkazuvchi tizimi gipertrofiyaga uchramaydi. Buning hisobiga gipertrofiyaga uchragan qismni idora etilishi ham buziladi.
Oxir oqibat gipertrofiyalangan yurak o’zini moslashish ahamiyatini yo’qotadi va organizmga foydasi tegmaydi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin