Andijon 2013 ma’ruza №1 patofiziologiya faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari. Etiologiya va patogenez, sanogenez reja


Etiologiya Bevosita (birlamchi)



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə23/207
tarix12.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#154299
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   207
pat fiz lek Sharif Xoshimovich

Etiologiya
Bevosita (birlamchi) 1. Fizik (mexanik tahsir, yuqori va past harorat, ion nurlari).
2.Ximik (kislota, ishqor, past molekulyar organik birikmalar, fermentlar).
3.Biologik (viruslar, bakteriyalar, soddalilar).
Bilvosita (ikkilamchi). Birlamchi buzilishlar natijasida kelib chiqadi (gipoksiya, atsidoz, alkaloz, giper va gipoosmiya, gipoglikemiya va boshqalar).
Hujayra shikastlanganda quyidagi belgilar bilan namoyon bo’ladi.

    1. Strukturaviy o’zgarishlarni gistologik va elektromikroskopik usullar yordamida patanatomlar o’rgatadi.

    2. Funktsional o’zgarishlar, bular elektrofiziologik jarayonlar, yahni qisqaruvchanlik, ekzo va endotsitoz, hujayra bo’linishi, nerv va gumoral boshqaruv tahsirlarini qabul qilishni buzilishidir.

    3. Fizik-ximik o’zgarishlar, bular tsitoplazma va yadro kolloidlarini disperslik darajasini pasayishi, tsitoplazma qovushqoqligini ortishi, buyoqlarga nisbatan sorbtsion hususiyatini pasayishi, suv-tuz almashinuvini buzilishi, hujayra shishi, atsidoz va hokazolar misol bo’ladi.

    4. Bioximik o’zgarishlar, hujayra ichida kreatininfosfat va ATF kontsentratsiyasini pasayishi, aksincha ularni gidrolitik parchalanishida hosil bo’lgan mahsulotlar, kreatinin, ADF, AMF, neorganik fosfat va boshqalarni ko’payishi. Hujayra nafasi buziladi, glikoliz aktivlashadi, proteoliz va dezaminlash jarayonlarini aktivlashuvi kuzatiladi.

    5. Termodinamik o’zgarishlarda, oqsillar denanaturatsiyasi va koagulyatsiyasi kuzatiladi.

Patogenez. Hujayra shikastlanishining patogenezini 6ta: lipidga, kalg’tsiyga eletrolit-osmotik, atsidotik, proteinli, nukleinlar kislotalarga bog’liq guruxlarga bo’lish mumkin.
Hujayra shikastlanishini lipidlarga bog’liq mexanizmi
Hujayra shikastlanishini lipidlarga bog’liq mexanizmining patogenezini lipidlarni perekis oksidlanishi, plazmatik membranadagi fosfolipazalarni aktivatsiyasi va erkin yog’ kislotalarni plazmatik membranaga detergent tahsirlari tashkil qiladi.
1. Lipidlarni perekis oksidlanishi deb huja yra membranasidagi fosfolipidlar tarkibiga kiruvchi to’yinmagan yog’ kislotalarni erkin radikal oksidlanishi tushiniladi. Ushbu radikallarga O-2 – superoksid anion-radikal, N* vodorodli radikal, O2-singlet (qo’zg’algan) kislorodlar kiradi.
Ushbu radikallarni shikastlovchi tahsirini ikkita mexanizmi mavjud.
Birinchi mexanizmi lipidlarni perekis oksidlanishidan ko’plab birlamli erkin radikallar hosil bo’ladi. Bunday xolatda hujayradagi antioksidant tizimi ushbu reaktsiyalarni to’xtata olmaydi. LPO hujayraga UFN, ion nurlar, giperoksiya, ayrim zaharlar (to’rtxlorli uglerod), kuchli stress paytida (katexolaminlardan ozod radikallar hosil bo’lishi), D gipervitaminoz tahsiridan yuzaga keladi.
Ikkinchi mexanizm lipidlarni perekis oksidlanishini aktivlashuvi hujayra antioksidant tizimi funktsiyasini buzilishi bilan tushintiriladi.
Ushbu tizim faoliyatini buzilishiga antioksidant fermentlar sintezini buzilishi (katalaza, glutation peroksidaza, glutationreduktaza), temir, mis, vitamin Ye, S yetishmovchiligi, pentoz tsiklini buzilishi hamda irsiy deffektlar sabab bo’ladi.
2. Membranadagi fosfolipazalarni aktivatsiyasi
Ushbu mexanizmda hujayra membranasining fosfolipaza – A2 fermentini xaddan ziyod aktivlashuvi yotadi. Aktivlashgan ushbu ferment to’yinmagan yog’ kislotalarni parchalaydi, natijada araxidon, penton kislotalari hosil bo’ladi, ushbu kislotalar tahsirida prostoglandin va leykotrienlar sintezlanadi, ushbu moddalar hujayra membranasiga detergentlik xususiyatni namoyon qiladi. Fermentlarni bunday aktivlashuviga hujayra tsitoplazmasidagi ko’p miqdordagi Sa1 sabab bo’ladi.
3. Erkin yog’ kislotalarni plazmatik membranaga detergent tahsiri.
Erkin yog’ kislotalarni ortiqcha miqdori membranani ikki qavatli lipid qismiga buzuvchi tahsir ko’rsatadi.
Ortiqcha yog’ kislotalarni hujayra membranaga buzuvchi kislotalarni hujayra membranasiga buzuvchi tahsirini 4ta mexanizm yordamida tushuntirish mumkin.
a) giperlipotsidemiyada xujayra ichiga erkin yog’ kislotalarni ko’plab kirishi (yog’ to’qimasi lipolizini aktivlashuvi, stress, qandli diabet va boshqalar).
b) lizosomalarda lipoproteidlarni triglitserid qismidan erkin yog’ kislotalarni sintezini kuchayishi, bu asosan aterosklerozga olib keluvchi giperlipopreteinemiyada uchraydi.
v) yuqorida aytilgan fosfolipazalar tahsirida membrana fofolipidlaridan erkin yog’ kislotalarni ko’plab hosil bo’lishi.
g) erkin yog’ kislotalardan energiya manbai sifatida foydalanishni buzilishi, bunday xolatni ayrim fermentlarni aktivligi pasayganda, Krebs tsikli buzilganda va gipoksiyada uchratish mumkin.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin