Suyak ko’mik formasida (kostno-mozgovaya) 4 ta klinik davr tafovut qilinadi: 1-davr, bir necha soatdan, bir-ikki kungacha davom etadi, bu vaqtda nerv va gormonal tizim nurlanishga nisbatan reaktsiyasi kuzatiladi: biroz qo’zg’alganlik, bosh og’rig’i, pulg’s va arterial bosimni labilliligi, ichki organlarni funktsional o’zgarishi bilan kechadi. OITni buzilishi, yahni ich o’tki va qayd qilish bilan namoyon bo’ladi.
Qisqa muddatli leykotsitoz va limfotsitopeniya kuzatiladi, og’ir formalarida nurlanishdan karaxtlik ham kuzatilishi ham mumkin.
Ikkinchi davr, biroz havfsizroq, og’riqli simptomlar yo’qolib, leykopeniya va kuchayuvchi limfotsitopeniya kuzatiladi.
Uchinchi davrda leykopeniya, trombotopeniya, anemiya kuzatiladi. Infektsion asoratlar kuzatiladi, pnevmaniya, chunki immun tizimi faoliyati susayadi. Bemor terisi qon talash bo’lib ketadi siydik, axlat va tupurgisida qon bo’ladi, shu holatda o’lishi ham mumkin.
To’rtinchi bosiqichi o’lim bilan tugaydi barcha organ va tizimlarda qaytarib bo’lmaydigan o’zgarishlar kuzatiladi.
MAHRUZA №5
HUJAYRA SHIKASTLANISHINI
PATOFIZIOLOGIK ASOSLARI
REJA:
Hujayra shikastlanishi haqida tushuncha
SHikastlanishni keltirib chiqaruvchi omillar
Hujayra shikastlanganda yuzaga chiqadigan belgilar
Hujayra shikastlanishini etaplari
Hujayra shikastlanganda yuzaga chiqadigan himoya-moslashuv reaktsiyalar
Hujayra shikastlanishini tipik formalari
Hujayra shikastlanishi tipik patologik jarayon bo’lib, uning asosida hujayra ichi gomeostazini buzilishi yotadi, ohir-oqibat hujayrani bir butunligi va funktsional faoliyatiga putur yetadi.
Hujayra shikastlanishining tezligi va namoyon bo’lishiga ko’ra: o’tkir va surunkali bo’lishi mumkin, o’tkir shikastlanish bir marta, intensiv tahsirlarga javoban yuzaga chiqsa, surunkali shikastlanish intensivligi birmuncha past bo’lgan tahsirotlarga javoban sekinroq namoyon bo’ladi.
Hujayra ichi gomeostazini buzilishi darajasiga ko’ra: qaytar va qaytmas bo’ladi.
Zararlovchi tahsirni hujayra yashash tsiklini qaysi davriga berilishiga qarab: mitotik va interfazli bo’ladi.
Hujayra zararlanishini patogenetik mexanizmiga ko’ra: majburiy va tsitopatik formalari tafovutlanadi. Majburiy shakastlanish qachonki sog’lom hujayralarga fizik, ximik va biologik omillar tahsir etganda yuzaga chiqadi. Bunday tahsirlarga o’zining hususiy gomeostazini ushlab turuvchi mexanizmlari rivojlanmagan, funktsional aktivlikka ega bo’lgan hujayralar moyil bo’ladi.
TSitopatik shakastlanish hujayralarni birlamchi ximoya-kompensator gomeostatatik mexanizmlari buzilishidan yuzaga keladi. SHikastlovchi tahsirlar tabiiy sharoitlarda yuzaga keladi (gipoksiya, ochlik, atsidoz, gipovitaminoz, genetik deffektlar). TSitopatik shikastlanishga tabiiy sharoitda funktsional aktivligi yuqori (neyronlar, miokardiotsitlar) bo’lgan hujayralar moyil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |