Izoosmolyar degidratatsiyada, organizm suv va elektrolitlarni teng miqdorda yo’qotadi. Bunday holatga poliuriya, ichak toksikozi, o’tkir qon yo’qotish va boshqalar olib keladi, bunday yo’qotish asosan hujayra tashqarisidagi suyuqlik hisobidan kelib chiqadi.
Gipoosmolyar degidratatsiyada tuzlarni yo’qotilishi, suyuqlikdan ustun bo’ladi. Ichak va oshqozon shirasini qayt qilganda va ichi ketishi hisobiga, ko’p terlashda, suv tarkibida tuz kam bo’lganda yuzaga chiqishi mumkin.
Bunday paytda hujayra tashqarisida osmatik bosim pasayib ketadi, bu esa suvni hujayra ichiga kirishini tahminlaydi, buning natijasida gipovolemiya, qon qovushqoqligi ortishi va qon aylanishi keskin buzilishi kuzatiladi.
Suvsizlanish va elektrolitlarni yo’qotilishi organizmda K+ va Na+ muvozanatini buzilishiga olib keladi, oshqozon shirasini tarkibida Cl- va H+ yo’qotilishi alkalozga olib kelsa, pankreatik va ichak shirasi tarkibidagi bikorbanatlarni yo’qotilishi aksincha atsidozga olib keladi.
Giperosmolyar degidratatsiyada elektrolitlardan suv yo’qotilishi ustun bo’ladi, o’pka giperventilyatsiyasida, ko’p terlashda, so’lak yo’qotganda, ich o’tganda, qayt qilganda, poliuriyada va boshqalarda kuzatiladi. Bunda, hujayra tashqarisidagi suv ozayadi, uning osmotik bosimi esa kamayib ketadi.
Bu davrda organizmni kompensator mexanizmlari ishga tushadi, vazopressinni sintezi ortadi, natijada organizdan suvni chiqishi chegaralanadi, shundan so’ng esa, ikkinchi mexanizm ishga tushadi, hujayra bo’shlig’i kichrayishi hisobiga, alg’dosteron sekretsiyasi ortadi, natijada Na+ ushlanib qoladi, buning natijasida to’qimalarni giperosmolyarligi ortadi. To’qimalarni giperosmolyarligida hujayradan suv, bo’shliqqa o’ta boshlaydi.
Insonlarda hujayra suvsizlanganidan azobli chanqoq kuzatiladi, oqsil parchalanadi, so’ngra tana harorati ko’tariladi, bahzida organizm es hushini yo’qotadi, komagacha ham borishi mumkin. Bu holatdan chiqish uchun 5% glyukoza eritmasini organizmga quyish kerak.
Organizmdan suvni ko’p yo’qotilishi, qandsiz diabetda ham kuzatiladi, sutkasida 5-10 litrgacha siyadi, zichligi past, chunki glyukoza bo’lmaydi.
Qandsiz diabet patogenezi asosida vazopressin, gialuronidaza fermentlarini kamomadi yotadi. Suvni yo’qotilishi natijasida, hujayralar aro basseynda osmotik bosim ortib ketadi, buning natijada osmoretseptorlarni qitiqlanishi hisobiga chanqoq yuzaga keladi. Poliuriya dekompensatsiya fazasiga o’tsa, suvsizlanish kuchayib ketadi.
Yallig’lanish, o’sma, neyrogipofiz jarohati, travma, gipotalamusni jarohatlanishi qandsiz diabetni keltirib chiqaradi.
Bu kasalikni ikkinchi formasida, birlamchi polidipsiya psixogen harakterga ega bo’lib, bu esa ikkilamchi polidipsiyani chaqiradi.
Uchinchi formasi nefrogen qandsiz diabet (odatda irsiy bo’ladi), bunda vazopressinga, nefronni distal kanalchalarini kontrolyuminal tomonida sezuvchanlik kamayib ketadi. Distal kanalchalar epiteliysida tsiklik 3,5 AMF kamayadi, natijada suvni qayta so’rilishi buziladi.