Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi


MAVZU: Bitiruv malakaviy ishi va unga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə14/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100
умк илмий иш асослари

MAVZU: Bitiruv malakaviy ishi va unga qo‘yiladigan talablar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010-yil 9-iyundagi 225-sonli buyrug‘i bilan “Oliy o‘quv yurtlarida bakalavr bitiruv malakaviy ishini bajarishga qo‘yiladigan talablar” qarori tasdiqlangan.


Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari
Bitiruv malakaviy ishni bajarish – oliy o‘quv yurti bakalavriatida talabalarni o‘qitishning yakuniy bosqichlaridir.
Malakaviy ishni bajarish maqsadi: ta’lim bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo‘llash;
ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo‘yilish jarayonidan boshlab, uni to‘la nihoyasiga yetkazish bo‘yicha qaror qabul qilishda bo‘lgan mas’uliyatni his etishga o‘rgatish;
zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini ta’minlash.
Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusi
Malakaviy ishlar mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot, ishlab chiqarish, texnika, ijtimoiy sohalar, fan, ta’lim va madaniyatning istiqbolli rivojlanishini aks ettirish kerak.
Malakaviy ishlar mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan belgilanadi va oliy o‘quv yurti yoki fakultetning ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda uch yilda bir martadan ortiq ko‘rib chiqilmaydi.
Malakaviy ishlar mavzusining yillik ro‘yxati bitiruv amaliyoti boshlanishiga qadar yoki bitiruv kursining boshida e’lon qilinadi.
Talabalarga (reytinglari bo‘yicha kamayish tartibida) malakaviy ishlarning tanlash huquqi beriladi. Talaba yoki talabaning o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt to‘lovchi buyurtmachi zaruriy asoslar bilan malakaviy ishlar mavzusi bo‘yicha o‘z variantlarini taklif etishlari mumkin.
Malakaviy ish mavzusi va rahbarni talabaga biriktirish kafedraning taqdimnomasi bo‘yicha rektorning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Ish rahbari, malakaviy ishning mavzusiga muvofiq talabaga malakaviy ishga tegishli materiallarni to‘plash bo‘yicha (jumladan, malakaviy amaliyot o‘tkazish davrida ham) topshiriq beradi. Topshiriqning shakli oliy o‘quv yurtining o‘quv bo‘limi tomonidan belgilanadi. Topshiriq malakaviy ish bilan birgalikda Davlat attetatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.
Bitiruv malakaviy ishini bajarishga rahbarlik qilish
Malakaviy ishlarga rahbarlar ushbu oliy o‘quv yurtining professor va dotsentlar yoki ilmiy xodimlari boshqa muassasa va korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari safidan tayinlanadi.
Malakaviy ish rahbari:
– topshiriq beradi;
– malakaviy ishning bajarilish jadvalini rejalashtiradi;
– asosiy adabiyotlar, ma’lumot va arxiv materiallarini hamda mavzu bo‘yicha boshqa manbalarni tavsiya etadi;
– talabalar bilan muntazam ravishda konsultatsiyalar o‘tkazadi;
– malakaviy ishning bajarilish jarayonini nazorat etadi.
– talaba bajargan malakaviy ishning sifati va muallifligiga javob beradi, mavzularning qaytarilishi yoki ko‘chirilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Malakaviy ish rahbarining taklifiga binoan, kafedra malakaviy ish rahbarlik qilishga ajratilgan vaqt budjeti hisobidan ishning ayrim bo‘limlari bo‘yicha konsultantlarni taklif etishi mumkin.
Malakaviy ishning bo‘limlari bo‘yicha konsultantlar tayin etib, oliy o‘quv yurtlarining professorlari va dotsentlari, ilmiy xodimlari hamda boshqa muassasa va korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari tayinlanishi mumkin. Konsultantlar talaba bajargan ishning muvofiq qismini tekshiradilar.
Mutaxassis chiqaruvchi kafedra malakaviy ishga qo‘yiladigan majburiy talablar hajmini belgilagan holda malakaviy ishni bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqadi va talabalarni taminlaydi.
Malakaviy ish berilgan topshiriq asosida shaxsan talaba tomonidan bajariladi.
Malakaviy ishning har bir bo‘limi muvofiq asoslar, qarorlar va xulosalar bilan yoritiladi. Malakaviy ishda, ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning (ilmiy ma’ruzalari va maqolalari, hisob-grafika ishlari, kurs ishlari va loyihalari, albatta, nomlari ko‘rsatilgan holda) ishlari aks ettirilishi yoki ulardan foydalanish mumkin.
Tushuntirish qismi (poyasnitelnaya zapiska) malakaviy ishning mazmunini qisqa va muayyan shaklda ifodalashi lozim. Zaruriy hollarda tushuntirish qismiga grafiklar, rasmlar, eskizlar, diagrammalar, sxema va boshqalar, shuningdek, zaruriy axborot yozilgan disketlar ilova etilishi mukin.
Tushuntirish qismi qo‘lyozma shaklida rasmiylashtirilishi shart.
Tushuntirish qismi kamida 10-15 ming so‘z hajmida belgilanadi.
Chizmalarning formati, shartli belgilari, shrift va masshtablari amaldagi talablarga qat’iy muvofiq kelishi zarur. Odatda, chizmalar A2 formatli qog‘ozda (5-6 varaq hajmida) qalamda bajariladi yoki texnika vositalari orqali ekranda ko‘rsatiladi. Arxitektura yo‘nalishidagi chizmalarga qo‘yiladigan talablar muvofiq o‘quv-uslubiy birlashmalar (assotsiatsiyalar) tomonidan belgilanadi.
Kafedraning tavsiyasiga binoan malakaviy ish chet tillarning birida bajarilishi mumkin. Chet tilda bajarilgan ishga davlat tilidagi annotatsiya ilova etiladi va himoya vaqtida tarjima taminlanadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin