7.MAVZU: ILMIY TADQIQOT BOSQICHLARI REJA: 1. Ilmiy tadqiqot tiplari.
2. Tadqiqot olib borishga tayyorlanish va tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslash.
3.Tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilash.
4.Tadqiqot olib borishda metodlarni tanlab, uning metodikasini oydinlashtirish.
5.Tadqiqot jarayonini tavsiflash, tadqiqot natijalarini muhokama qilish.
6.Xulosalarni ta’riflash va olingan natijalarni baholash.
7.Ilmiy tadqiqot olib borishning mantiqiy sxemasi.
Foydalanishга tаvsiya etiladigan аdаbиёtlar: 1.Давронов 3. Илмий ижод методологияси. – Т.: IQTISOD-MOLIYA, 2007,16 6. 2. Dadaboyev H. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. –Toshkent,2003.
4.Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
5.Раҳматуллаев Ш. Илмий иш олиб бориш асослари. –Тошкент: ТошДУ нашриёти, 1988.
Ilmiy ish olib borish asoslari – ma'lum bir soha va mavzuda bilim, tajriba, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lishdir. Mana shu to‘rtta tushuncha ilmiy ish olib borishning asoslari sanaladi.Chunki bularni bilgan kishi ilmiy tadqiqot olib borishga imkoniyati va bilimi yetarli sanaladi.
Ilmiy tadqiqot olib borishning mantiqiy sxemasini bilish uchun avval ilmiy ish olib borish asoslarini bilish lozim – ma'lum bir soha va mavzuda bilim, tajriba, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lishdir. Mana shu to‘rtta tushuncha ilmiy ish olib borishning asoslari sanaladi. Chunki bularni bilgan kishi ilmiy tadqiqot olib borishga imkoniyati va bilimi yetarli sanaladi.
Ilmiy tadqiqot olib borishning mantiqiy sxemasi oddiy ko‘rinishi – muammo – yechim; uning mantiqiy sxemasining metod bilan bog‘liq ko‘rinishi – muammo – metodlar – yechim; uning mantiqiy sxemasining metod, metodika bilan bog‘liq ko‘rinishi – muammo – metodlar – tavsif – tahlil – yechim; uning mantiqiy sxemasining mukammal ko‘rinishi .
Ilmiy tadqiqot olib borishning mantiqiy sxemasi mukammal ko‘rinishi quyidagilar: Ilmiy tadqiqot muamosi > ilmiy ishda qo‘llanladigan metodlar > ilmiy ishda qo‘llanladigan metodlar bilan bog‘liq metodika masalasini talqin va tavsiflash > izlanish > kuzatish > dalillar yig‘ish > adabiyotlar bilan tanishish > dalillarni guruhlash > dalillarni tahlil va talqin qilish > o‘z fikrlarini ilmiy adabiyotlarni havolalarda berish bilan asoslash > ilmiy tadqiqotning boblariga to‘xtalib, ma'lum xulosalarga kelish > umumiy xulosalarga kelish > himoyaga tayyorlanish(ilmiy maqolalar tayyorlab, nashr ettirish) > himoya qilish > ilmiy tadqiqot yechimi > ilmiy tadqiqotni yakunlash (va uni yana mantiqiy davom ettirish – ba'zilar ilmiy ishining himoyasidan keyin ko‘pchilik: “Ilmiy ishimning mana bu jihatlarini aytmabman, aytganimda yana ham yaxshi bo‘lardi”, – deb yurishadi. Mana shuning o‘zi uni yana mantiqiy davom ettirishdir).