Andijon davlat chet tillari instituti roman-german va slavyan tillari fakulteti umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə25/100
tarix16.12.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#182458
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100
умк илмий иш асослари

5. Интернетдан олинган манбаларга ҳаволалар:
Спиноза Б. Избранные произведения. Том 2. – М.: Политическая литература, 1957. – С. 508. http://www.koob.ru/books
Апресян Ю.Д. Избранные труды. Том 1.М.: Языки русской культуры, 1995.
http://philos.omsk.edu/libery
http://www.edu.ru/
http://ziyonet.uz.
http://pedagog.uz.


ILMIY TADQIQOTNI HIMOYAGA TAYYORLASH
REJA:
1. Ilmiy tadqiqotni yakunlash tushunchasi.
2. Ilmiy tadqiqotni yakunlash jarayoni.
3. Ilmiy tadqiqotni kafedra muhokamasiga tayyorlash va undan o‘tkazish.
4. Ilmiy tadqiqotni himoyaga olib chiqish jarayoni.


Foydalanishга tаvsiya etiladigan аdаbиёtlar:
1.Давронов 3. Илмий ижод методологияси. Т.: IQTISOD-MOLIYA, 2007,16 6.
2. Dadaboyev H. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. –Toshkent,2003.
4.Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
5.Раҳматуллаев Ш. Илмий иш олиб бориш асослари. –Тошкент: ТошДУ нашриёти, 1988.
Ilmiy tadqiqotni yakunlash tushunchasi ilmiy ishning bitganligini, himoyaga tayyorligini anglatadi. Ilmiy ishni yakunlashgacha materiallar va faktik manbalar jamlanib, kerakli o’rinlarda tahlillarga tortilgan bo’lishi shart. Himoyagacha, aniqrog’i, kafedra muhokamasigacha ilmiy ish tayyorlanib, bir butun tadqiqot ishi sifatida muqovalanishi, kafedra muhokamasi haqida kafedra qaroridan ko’chirma, biriktirilgan taqrizchilardan olingan taqrizlar tayyorlangan ishning ilk sahifalarida turishi shart, maqsadga muvofiq keladi. SHundagina ilmiy ishning yakunlaganligi e’tirof etiladi.
Ilmiy tadqiqotni yakunlash jarayonida talaba o‘z ishining to‘g‘ri, aniqligi va ishonchligini qayta-qayta tekshiribyu ko‘rishlari lozim bo‘ladi. Buning uchun ilmiy ish matnini qayta-qayta o’qish va kamchilik, nuqsonlarini tuzatish asnosida xatolarni topib olib, tuzatish jarayoni ham amalga oshishi kerak. Aks holda, tayyor, yakunlangan deyilgan ilmy tadqiqot ishlaridan, xususan, BMIlardan kamchilik, nuqson va hatto , xatolar topib berilishi ishning ahamiyatini pasaytirib yuboradi.
Ilmiy tadqiqotni kafedra muhokamasiga tayyorlash va undan o‘tkazish uchun talaba ustozining fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda kafedra muhokamasiga tayyorlanishi shart . Ya’ni ustoz aytgan kamchiliklarni BMIda batamom tugatish maqsadga muvofiq keladi. Va yana kafedra muhokamasi vaqtigacha ilmiy tadqiqot ishi yoki BMI tayyor holga keltirilishi maqsadga muvofiqdir. Aks holda, kafedra majlisida BMI muhokamaga qo’yilmaydi va turli asabiyliklarni keltirib chiqarishi tabiiy holdir. Shundagina kafedra muhokamasidan talabaning ilmiy tadqiqoti bo‘lgan BMI yaxshi va muvaffaqiyatli ravishda o‘tadi.
Ilmiy tadqiqotni himoyaga olib chiqish jarayonida talaba ishining to‘g‘riligini, aniq va ishonchligini tekshirishi, ilmiy tadqiqotini gapirib beradigan holda bo’lishi, himoya vaqtida gapirishi uchun mavzuning mazmunini o’zida ifodalaydigan kichik hajmli ma’ruza matnini tayyorlab olishi ham o’rinli sanaladi. SHuningdek, tadqiqotchi o’z ishining muhokasi ijobiy o’tganligi to’g’risida haqida kafedra muhokamasining ko’chirmasini olish va ishiga kafedra muhokamasida biriktirilgan taqrizchilardan taqrizlar olishi va ularni rasmiylashtirish ham shart bo‘ladi. Tadqiqotchi kafedra muhokamasida o’z ilmiy ishining kirish qismi, boblari, xulosasi, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovasining qisqagina mazmunini atroflicha tushuntirib berishi va majlisda qatnashayotgan kafedra a’zolari tomonidan berilgan savollarga javob bera olishi shart.Va yana kafedra muhokamasining qaroridan ko‘chirma va ustozining xulosasi bo‘lishi kerak.
Tadqiqotchi himoyada gapiradigan gaplarini qayta-qayta takrorlab, mashq qilishi ham zarur. Buning uchun talaba o’z ilmiy tadqiqoti mazmunining qisqacha shaklda ma’ruza ko’rinishida yozib olishi maqsadga muvofiqdir. Buni SH.Rahmatullaevning ilmiy tadqiqot asoslari haqidagi kitobida ko’rish mumkin (Rahmatullaev SH. Ilmiy ish olib borish asoslari. –Toshkent: ToshDU nashriyoti, 1988. Rahmatullaev Sh. Ilmiy tadqiqot asoslari. –Toshkent, 2002). SHuningdek, bu masala batafsil holda F.A.Kuzminning kitoblarida ham bayon etilgan (Kuzin F.A. Magistrskaya dissertatsiya: metodika napisaniya, pravila oformleniya, poryadok zaщitы. -M.; 1990. Kuzin F.A. Kandidatskaya dissertatsiya: metodika napisaniya, pravila oformleniya, poryadok zaщitы. -M.; 2000).
Aks holda, tadqiqotchi himoya jarayonida o’zini yo’qotib qo’yishi, berilgan savollarni bilgan holda javob bera olmasligi, duduqlanib qolishi kabilarga psixologik nuqtai nazardan amalda duch kelishi tabiiy holdir. Himoya vaqtida tadqiotchi ilmy ishi mavzusiga mos bo’lgan savollarga javob berishi, boshqa mavzudagi savollarga javob berishni o’ylab ko’rishi yoki savolingiz ilmiy ishim mavzusiga muvofiq emasga o’xshaydi degan holda javob berishi ham tadqiqotchining mustaqil fikri ilmiy ishi darajasida shakllanganligini anglatadi. Shundagina talabaning ilmiy ishi himoyaga olib chiqsa bo‘ladigan holda deb hisoblanadi.



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin