Referat (biror asarning kospektlangan shakli), Avtoreferat; analogiya(qiyoslash); aspect (tadqiqot jihatlari, yo‘nalishlari); gipoteza; deduksiya; dissertatsiya; informatsiya (xabar, axborot); ilmiy bilish (fanlarning dalillariga asoslanib bilish); ilmiy dalil; ilmiy mavzu; ilmiy ma’ruza; ilmiy tadqiqot; kategoriya(ilmiy hodisalar majmui); muammo; nazariya; tamoyil(qonun, qonuniyat) va h.k.
Metod (yunon. te (— usul) keng ma'noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har sanday shakli kabi ma'nolarni anglatadi. Metod u yoki bu shaklda ma'lum soida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yshindisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub'ektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma'lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqikatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan yetishishga yordam beradi.
Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshsa shakllarini boshsaruvdan iborat.
Metod metodikada konkretlashadi. Metodika dayailiy materiallarni yigish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. U metodologik tamoyillardan farq qilsa-da, ularga asoslanadi.
Metodlar xilma-xilligiga qarab, turli mezonlar asosida klassifikatsiya sanaladi. Eng avvalo, ma'naviy, goyaviy (shuningdek, ilmiy), moddiy va amaliy faoliyat metodlarini ajratmotslozim.
Metodologiya — faoliyatda qullanadigan ma'lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san'atda va h.k.) va tizim haqidagi ta'limot yoki metod nazariyasi sifatida amal qiladi.
Hozirgi davrda metodologiya faqat ilmiy bilish sohasi bilan neklanishi mumkin emasligi ayon bo‘ldi va u apbatta, bilish chegarasidan chiqishi va o‘z sohasida amaliyotda ham qo‘llanishi zarur. Bunda bilish va amaliyotning uzviy alokadorligiga e'tibor karatmoq kerak.
Metodologiya fahat metodlarni emas, balki tadqihotni ta'minlovchi boshqa vositalarni ham o‘rganadi. Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar, shuningdek, kategoriya hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. Nomuvoziy, beqaror dunyo sharoitlarida voqyelnkni metodologik o‘zlashtirishning o‘ziga xos vositalariniajratish fan rivojlanishining «postnoklassik», deb nomlangan hozirgi boskichnda ancha dolzarb ahamiyat kasb etmokda.
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o‘rganadi. Xullas, metodologiya metodlar yigindisi va faoliyat turi haqidagi ta'limotdir.