Keyingi o’n yilliklarda «Geosiyosat asoslari» atamasi ommabop atamaga aylandi. Frantsuz olimi Iv Lakostning e’tirof etishicha geosiyosat asoslari tamasi 1980-yillardan boshlab, ayniqsa «sovuq urush» davri tugaganidan keyin nixoyatda keng qo’llanila boshlandi. Bugungi kunda bu atama barcha davlatlarning OAV larida jurnalistlar nafaqat Evropa davlatlari o’rtasidagi hududiy raqobatchilikni, ayni damda unga qarshi jamoatchilik fikridagi e’tirozlarni ham ko’tarib chiqishmoqda. Ba’zan esa geosiyosat asoslari atamasi turli hodisalarga, jumladan hech qanday aloqapsi yo’q hodisalarga nisbatan ham ishlatilmoqda. «The Economist» jurnalida e’tirof etilishicha geosiyosat asoslari tamasi fundamental hodisa hisoblansada, uni shunday bir yorliqqa qiyoslash mumkinki, bu yorliqni istalgan hodisaga ilib quyish mumkin. 2-jahon urushi va uning asoratlarini tugatish davrida geosiyosat asoslari doirasidagi izlanishlar bir oz susaysada butunlay to’xtab qolmadi va mumkin ham emas edi. Negaki davlatlar bor ekan, ular o’rtasida munosabatlar bor ekan, ularning manfaatlari mavjud ekan geosiyosat asoslari ham mavjud bo’ladi. Mustamlakachilik tizimi, jahon urushlari va undan keyingi «sovuq urush» davri salbiy jihatlariga ba’zan geopolitik jarayonlar sabab qilib ko’rsatildi. XX asr oxiri – XXI asr boshlariga kelib geosiyosat asoslari o’tib ketgan «patologiya» dan xalos bo’ldi. O’z navbatida tabiiy savol tug’iladi: tarix va geografiya o’rtasida siqilib qolgan geosiyosat asoslari yashash huquqiga ega bo’ladimi?
O’zida iqtisodiy va siyosiy geografiyani umumlashtirgan geosiyosat asoslari harbiy yoki diplomatik tarixga shunchaki qo’shilgan oddiy hodisa emas. Geosiyosiy uslub ularni o’zlashtirgan xolda namoyon bo’ladi.