Andijon davlat pedagogika instituti


-mavzu. YANGI DAVR GEOSIYOSIY NAZARIYALARI VA MAKTABLARI



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə77/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

4-mavzu. YANGI DAVR GEOSIYOSIY NAZARIYALARI VA MAKTABLARI
Ikkinchi jahon urushi yakunlarini Yevropa davlatlari mavqeiga taʼsiri. Yevropani birlashtirish gʻoyasining obʼektiv zaruriyatga aylanishi. Sh. de Gol va Gollizm. Atlantizm. Rimland va Xartlend nazariyasidan regional geosiyosatga oʻtishda I.Lakostom taʼlimoti. Yevropada geosiyosiy nazariyalar rivojining asosiy yoʻnalishlari: atlantizm, mondializm, amaliy geosiyosat, «yangi oʻnglar» oqimi. Atlantizm va mondializm gʻoyalari. Zararli gʻoyalarning milliy maʼnfatlarga zidligini ochib berish.


5-mavzu. TURKISTON HUDUDIDA VUJUDGA KELGAN DASTLABKI GEOSIYOSIY BILIMLAR VA HARAKATLAR
Oʻzbekiston hududidagi qadimiy davlatlar. Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar. Dovon-Xitoy munosabatlari. Buyuk ipak yoʻli. Kushon. Qangʻ-Shimoliy savdo yoʻli.
Farobiy «Fozil odamlar shahri» asari. Beruniyning «Hindiston» asarida geografik diterminizm masalalari. «Shohnoma» va unda Turon-Eron munosabatlari. «Dastur ul-muluk», «Sadʼiy Iskandariy» asarlaridagi siyosiy qarashlar. Geosiyosiy bilimlar rivojida «Temur tuzuklari» asarining ahamiyati


6-mavzu. XVІ-XІX ASRLARDA VUJUDGA KELGAN GEOSIYOSIY BILIMLAR VA HARAKATLAR
Shayboniylar davlatining tashkil topishi. Xalqaro munosabatlar tizimida Xuroson muammosi. Shayboniylar-Safaviylar, Shayboniylar-Boburiylar, Qoʻqon-Xitoy munosabatlari. Markaziy Osiyoning jahon bozoridan uzilib qolishi va uning oqibatlari.
Xonliklar va Rossiya oʻrtasidagi elchilik munosabatlari. Cherkasskiy, Buxgols, Beneveni, Xoxlov elchiliklari va ulardan koʻzlangan geosiyosiy maqsadlar. Maʼrifatparvarlik harakati. Jadidchilik harakatining gʻoyaviy-siyosiy yoʻli.


7-mavzu. «KATTA OʻYIN» KONSYEPSIYASI VA UNING GEOSIYOSIY MOHIYATI
“Katta oʻyin” tushunchasi, mohiyati. Oʻrta Osiyoda Angliya va Rossiya manfaatlari doirasining toʻqnashuvi va uning asosiy sabablari. Ingliz ekspedisiyalari: Murkford va A.Byorns elchiligi. 1839 yilgi Angliya-Afgʻoniston urushi. Ruslarning 1839 yilgi Xivaga yurishi. Rossiya tomonidan Raim va Kopal qalʼalarining barpo etilishi. Hirotda inglizlar qarorgohi tashkil etilishi. Roulson elchiligi. Markaziy Osiyodagi manfaatlar doirasini belgilashda Angliya-Rossiya bitimi.


8-mavzu. GEOSIY BILIMLAR RIVOJIDA I.KARIMOVNING «OʻZBEKISTON XXІ ASR BOʻSAGʻASIDA: XAVFSIZLIKKA TAHDID, BARQARORLIK ShARTLARI VA TARAQQIYOT KAFOLATLARI» ASARINING NAZARIY-METODOLOGIK AHAMIYATI
Ikki qutbli dunyoning barham topishi, «sovuq urush» ning tugashi. Dknyoning yangi siyosiy xaritasi. Yangi ming yillik arafasida oʻz echimini topmayotgan muammolar. Endilikda xavfsizlikni qanday saqlab qolish mumkin? Barqarorlikni qanday taʼminlash darkor? Taraqqiyot yoʻlidan rivojlanishga nimalar xisobiga erishish mumkin. Muammoga yondashuv uslublari: tarixiylik va mantiqiylik, izchillik, makon va zamon va boshqalar.
Insoniyatga xavf solayotgan tahdidlar. Mintaqaviy mojaro mohiyati va Oʻzbekistonning geosiy manfaatiga zidligi. Gʻoyaviy va etnik asosdagi tahdidlar va ularning echimi bilan bilan bogʻliq taklif va xulosalar.
Barqarorlik shartlari: maʼnaviy qadriyatlar va milliy oʻzlikni anglashni tiklanishi, davlatning mudofaa qobiliyatining mustahkamlanishi, institusional oʻzgarishlar.
Taraqqiyot kafolatlari: mamlakatning geografik imkoniyatlari, inson salohiyati, jahon hamjamiyati bilan xamkorlikning yoʻlga qoʻyilishi.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin