YAngi dunyoviy tartib - mondializm va Dunyoviy hukumatni tashkil etish bo‘yicha loyihalar singari ifodalanadi.
YAngi tartib – keng miqyosda geosiyosiy qayta qurilish loyihasi.
O‘q - ikki yoki bir qancha geosiyosiy poytaxtlarning geosiyosiy ittifoqi.
G`arb – talassokratiya, atlantizmning sinonimi.
Hayotiy hudud – Xausxofer tomonidan ilgari surilgan atama. Xalqning o‘z tarixiy va siyosiy intilishlarini ro‘yobga chiqarish uchun etarli bo‘lgan minimal hajmdagi hudud.
Hududiy mazmun - Ratsel tomonidan ilgari surilgan atama bo‘lib, ma’lum bir xususiyatga ega bo‘lgan hududda mujassamlashgan tarixiy qismatlar tizimini anglatadi.Hududatamasiga qarang.
Hududiychilik - chekka hududlarning muxtoriyatiga moyillik, uning iqtisodiy, madaniy, siyosiy va strategik singari bir qancha shakllari mavjud
Geosiyosat predmeti – jamiyatda kechayotgan har xil darajadagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ularning yuzaga kelishi, harakatlanishi va o’zgarib borishini o’zida aks ettiruvchi voqealar rivoji.
Geosiyosiy maydon- ushbu atama odatda ma’lum bir davlat tomonidan yoki ittifoqchilar tomonidan nazorat qilinayotgan makonni anglatish uchun qo’llaniladi.
Endemik maydon – uzoq vaqtlardan beri ma’lum bir milliy guruh tomonidan nazorat qilib kelinayotgan borliq bo’lib, o’sha borliqning aynan shu jamoaga tegishli ekanligini boshqa milliy jamoalar tomonidan tan olinishini nazarda tutadi
Chegaraviy maydon - bunday maydonda ma’lum bir milliy jamoa istiqomat qilsada, davlatning u erda nazorat qilish funktsiyasi rasmiy xarakterda bo’lib, yashayotgan odamlar turmush tarzi chegaradosh davlatga yaqinroq bo’ladi
Chorrahaviy yoki tutashgan maydon - qanday milliy jamoalarning yashashidan qat’iy nazar, ikki yoki undan ko’proq davlatlar da’vogar bo’lgan geosiyosiy borliq.