Katta maydon (Grossraum) – SHmitt tomonidan ilgari surilgan atama bo‘lib, bir necha davlatni birlashtirgan holda ulkan strategik tuzilma barpo etishni nazarda tutadi. Katta maydonlarning paydo bo‘lishi «hududiy progressiya» nazariyasiga ko‘ra amalga oshib boradi.
Koloniya - qudratga bo‘ysunuvchi, suv bilan o‘ralgan hudud. Metropoliyaning umumiy geosiyosiy hududidan tashqarida qolgan vaqtinchalik tashqi baza hisoblanadi. Provinsiyaga teskari.
Kontinent (yoki qit’a) – Evroosiyo, quruqlik, tellurokratik tamoyil.
Kontinentalchilik (yoki qit’achilik) – tor strategik jihatdan olib qaraganda evroosiyochilikning sinonimi bo‘lib, u quruqlik, er tushunchalariga yaqin. qit’achilik Rossiyada yagona, Germaniyada ko‘p, Fransiyada mavjud, ammo anglosakson dunyosida, umuman, mavjud bo‘lmagan maktabdir. Atlantizmga zid tushuncha.
Kratopolitika – CHellen yaratgan atama. Davlatni faqat kuch salohiyati nuqtai-nazaridan ko‘rib chiqishni nazarda tutadigan nazariya bo‘lib keng rivoj topmagan.
Leviafan – (Injilda) qadimgi yahudiy «dengiz maxluqi». SHmit tomonidan ilgari surilgan bo‘lib atlantizm, Dengiz va hakozolarni ifodalovchi tushuncha.
Liberalizm – huquq va siyosat borasida (eng minimal darajadagi insonparvarlik, individualizm, etnik va madaniy egalitarizm singari) so‘lchilikka oid xususiyatlarni, iqtisodiyot borasida esa (bozor, xususiylashtirish, xususiy mulk, kapitalizm) o‘ng xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan dunyoqarash. Atlantik lagerning etakchi mafkurasi. Liberalizmning siyosiy ifodasi liberal-demokratiyadir.
Makon - geosiyosatning asosiy tushunchasi bo‘lib, u miqdor va sifat ko‘rsatkichiga ega bo‘lmagan kategoriya hisoblanadi. Makonning tarkibiy tuzilishi tarixning tarkibiy tuzilishini oldindan belgilaydi - geosiyosatning fan sifatidagi asosiy tezisi ana shundan iborat.
Makon progressiyasi Qonuni -Jan Tiriar tomonidan ta’riflangan bo‘lib, “shahar-davlatlardan hududiy davlatlarga va ular orqali qit’aviy davlatlarga» degan ma’noni bildiradi. Siyosiy tarixning geografik dinamikasi minimal ijtimoiy tuzilmalar masshtabining keskin o‘sishiga olib keladi. “hayotiy makon”atmasiga qarang.