Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə66/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

Boy SHimol - bu atama atlantizm, g‘arb va liberal-demokratik dunyo atamalari singari ifodalanuvchi atama.

  • Geopolitika (geosiyosat) - davlat va xalqlarning o‘zlari joylashgan hududning geografik, tabiiy - iqlim sharoitlariga mos ravishda shakllanishini ifodalovchi fan. Ushbu fan negizida davlatning siyosiy tabiati ham u joylashgan hududning xususiyatlaridan kelib chiqishi asosiy o‘rinni egallaydi. Bundan tashqari, geosiyosat davlatlarning boshqa hududlarni egallashga qaratilgan siyosatining ichki mexanizmlarini ochib beradi.

  • Geosiyosiy dualizm – geosiyosatning asosiy tamoyili bo‘lib, u quruqlik va suv o‘rtasidagi raqobat tarixiy jarayonni harakatga keltiruvchi omil ekanligini ifodalaydi.

  • Geosiyosiy kesim - tarixning aniq bir vaqtida, siyosiy jarayonlarning umumiy dinamikasini hisobga olmagan holda strategik poytaxt (strategik qutb) bilan chekka hududlar o‘rtasida ro‘y beradigan munosabatlar yig‘indisini ifoda etuvchi tushuncha.

  • Geosiyosiy nur – geosiyosiy qutbning chekka hududlarga nisbatan kuch vositasida ko‘rsatadigan (iqtisodiy, strategik, madaniy, xo‘jalik, ma’muriy va hakozo) ta’sirini ifodalovchi vektor. Dunyoning haqiqiy manzarasi tinch holatida ham geosiyosiy kesimlarni ifodalab turadi. Geosiyosiy nur deganda kundalik hayotda davom etib kelayotgan siyosiy va iqtisodiy jarayonlar dinamikasi ifoda etiladi.

  • Geostrategiya – geosiyosiy tahlilning harbiy jihati.

  • Geoekonomika (geoiqtisodiyot) – atlantist geosiyosatning bir bo‘g‘ini. hududlarni faqat iqtisodiy nuqtai-nazardan talqin qilishga asoslangan, «talassokratik» tahlilning asosiy fanlaridan biri.

  • Do‘st (amicus – lot.) – SHmitt ilgari surgan atama. Strategik poytaxt egallagan pozitsiyaga mos keluvchi tashqi davlat, ijtimoiy, etnik va diniy tuzilmalarning majmuasini ifodalovchi tushuncha. Hech qanday ma’naviy-axloqiy yukni ifodalamaydi va boshqa tusdagi turli tuzilmalarga ham osonlik bilan ko‘chirilishi mumkin. «Dushman» singari o‘zgaruvchan kategoriya.

  • Demosiyosat – CHellen tomonidan ilgari surilgan atama. Davlatning tuzilishiga demografik ko‘rsatkichlarning ta’sirini ifoda etuvchi majmua bo‘lib keng tarqalmagan.


  • Yüklə 1,21 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   121




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin