Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə68/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

Ideokratiya (yunon.) – g‘oyalar hukmronligi. Rus Evroosiyochilari (N.Trubetskoy, P.Savitskiy) atamasi bo‘lib, u «materiya hukmronligi», «bozor tizimi», «savdo tuzumi»ga qarshi qo‘yiladi. Ideokratiyada ijtimoiy ierarxiya va mehnatni raqbatlantirish noiqtisodiy tamoyillar asosida amalga oshiriladi.

  • Ikkinchi dunyo – «Sovuq urush» davrida sotsialistik lagerni ifodalagan tushuncha bo‘lib, bu urush tugagandan keyin «Evroosiyo»ni ifodalaydi.

  • Imperiya – diniy, axloqiy yoki mafkuraviy xarakterdagi universal g‘oya ostida bir necha davlat yoki xalqlarni birlashtiruvchi umumdavlat tuzilmasi.

  • Integratsiya – geosiyosatda bir nechta hududiy bo‘laklarni birlashishni ifoda etuvchi ko‘pqirrali shakl. Integratsiya harbiy bosqinchilik yo‘li bilan ham,tinch yo‘l bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Geosiyosiy integratsiyaning bir qancha – iqtisodiy, siyosiy, madaniy, til, strategik, diniy va hakozo yo‘llari mavjud. Ularning barchasi yagona mazmundagi yakuniy natijaga – blokning strategik jihatdan yuksalishiga va hududiy jihatdan kengayishiga olib keladi.

  • Ichki o‘q – yagona strategik (yoki siyosiy) maydon ichida markazning chekka hududlar bilan ichki geosiyosiy aloqasini ifodalovchi xususiyati. Geosiyosiy nur va geosiyosiy parcha singari tushunchalar ham ana shu mazmunni ifodalaydi.

  • Ichki dengiz (mare internum – lot.) – tellurokratik quruqlik hududining ichki qismida joylashgan va shunday o‘rnashuv tufayli strategik yoki madaniy chegara bo‘lib hisoblanmaydigan suv hududlarini ifodalovchi atama.

  • Ichki okean ichki dengiz singari, ammo sayyoraviy miqyosda ichki suv hududini anglatuvchi «Oraliq okean» kabi atama.

  • Ichki yarimoy (yoki qit’aviy yarimoy yoki rimland) – Makinder tomonidan ilgari surilgan atama bo‘lib, «tashqi yarimoy» va «o‘q hudud» orasida joylashgan Evroosiyoning qirqoq hududlarini ifodalaydi.

  • Ko‘p qutbli dunyo - bu bir qancha ulkan makonlarning birgalikda mavjud bo‘lishini nazarda tutuvchi zamonaviy sof nazariy majmua. Bu holat faqat bir qutbli dunyo bartaraf etgilgandan keyingina bo‘lishi mumkin.


  • Yüklə 1,21 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   121




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin