Anakonda strategiyasi – Atlantizmning Evroosiyo tajovuzini jilovlab turish maqsadida uning imkon qadar ko‘proq qirg‘oq hududlarini ajratib olishga qaratilgan hatti-harakatlari.
Atlantizm – Suv, Dengiz, talassokratiya, Sea Power singari atamalarga yaqin ma’noga ega bo‘lgan murakkab geosiyosiy tushuncha; tarixiy nuqtai-nazardan insoniyatning g‘arbiy qismi; strategik nuqtai-nazardan liberal-demokratik mafkura ustuvor bo‘lgan g‘arbiy davlatlarning ittifoqi; harbiy-siyosiy nuqtai-nazardan NATO mamlakatlari; ijtimoiy nuqtai-nazardan «savdo tuzumi» va «bozor qadriyatlari»ga (AQSH modeli) yo‘nalgan. Evroosiyochilikka qarama-qarshi.
Afsonaviy jug‘rofiya (Sakralnaya geografiya) - qadimgilarning sifatli hudud yoki makon to‘g‘risidagi qarashlari. Zamonaviy geosiyosat makonning tipologik jihatdan shunga o‘xshash tushunchasidan foydalanadi faqat, uni ratsional tabiiy ilmiy nuqtai-nazardan ifoda etadi.
Aerokratiya– yunon. «havo vositasidagi hukmronlik». Strategiyaning kuch komponenti bo‘lib, strategik bosqinchilikni amalga oshirish maqsadida havo hududlarini egallashni ifoda etadi. Dengizchilikning rivojlantirilidan farqli o‘laroq aviatsiyaning rivojlantirilishi o‘zida yangi unsurni keltirib chiqarmasdan, talassokratik tamoyilni kuchayishiga olib keldi xolos.
Begemot - qadimgi yahudiy tilida «maxluq», «quruqlik devi» (Injilda). qit’a ma’nosini anglatadi.
Berlin - O‘rta Evropaning tabiiy strategik poytaxti.
Bipolyar dunyo (bipolyarlik yoki ikki qutblilik) - tabiiy geosiyosiy tuzilma bo‘lib, u o‘zida planeta miqyosida asosiy geosiyosiy dualizm- talassokratiyani tellurokratiyaga qarshi aks ettiradi.
Bir qutbli dunyo -«sovuq urush» da SSSRning mag‘lubiyatidan keyin vujudga kelgan geosiyosiy tartib. Atlantizm va AQSH er yuzida hukmronlik qiluvchi yagona qutb sifatida tushuniladi.
Blok – bir necha davlatlarning birlashmasi hisoblanib, ularning strategik va geosiyosiy jihatdan e’tiborli harakatlari planeta miqyosida yuqori saviyadagi o‘zgarishlarga olib keladi. “Fazoviy taraqqiyot» qonuni bo‘yicha bloklarning paydo bo‘lishi – muqarrar jarayon.