Dengiz – talassokratiya va suv singari ma’nolarni ifoda etadi.
Diskontinual belbog‘ – Koen tomonidan ilgari surilgan atama. Tellurokratik qit’aga ham, talassokratik dengiz tarafga oqib ketishi mumkin bo‘lgan, o‘zgaruvchan va noaniq yo‘nalishga ega qirqib tashlangan qirqoq hududlari.
Dunyoviy Orol -Makkinder tomonidan ilgari surilgan atama bo‘lib, Makinder Evroosiyo va tarixning geografik o‘qini shu nom bilan atagan. Spaykmenda esa mazkur tushuncha o‘zining ma’nosini butunlay o‘zgartirib yubordi va talassokratik zonalar (tashqi yarim oy zonalari) majmuasini ifoda etadigan bo‘ldi. Atamaning bunday har xil ma’no kasb etishi undan foydalanilmaslik ma’qul ekanligini namoyon etmoqda.
Dushman (hostis – lot.) – SHmitt tomonidan qo‘llangan atama. Strategik poytaxt joylashgan hududga qarama-qarshi turuvchi tashqi davlat, ijtimoiy, etnik va diniy tuzilmalarning majmuasini ifodalovchi tushuncha. Hech qanday ma’naviy-axloqiy yukni ifodalamaydi va boshqa tusdagi turli tuzilmalarga ham osonlik bilan ko‘chirilishi mumkin. «Do‘st» singari o‘zgaruvchan kategoriya.
Evroosiyo – qit’a, heartland, quruqlik, er, tellurokratiya. Nisbatan tor ma’noda geosiyosiy Rossiyani anglatadi.
Evroosiyochilik – murakkab geosiyosiy tushuncha. U o‘z mohiyatida: tarixiy nuqtai-nazardan inson sivilizatsiyasining sharqiy qismini, strategik nuqtai-nazardan liberal-demokratik mafkurani inkor etuvchi davlatlar va millatlarning ehtimoliy yoki voqelikdagi blokini, strategik nuqtai-nazardan «tellurokratik», sharqiy davlatlarning voqelikdagi yoki ehtimoliy harbiy ittifoqini, ijtimoiy nuqtai-nazardan esa nokapitalistik iqtisodiy tuzumga hamda, «ideokratiya»ga yo‘nalgan ijtimoiy davlatni ifodalaydi.
Er (quruqlik) – geosiyosatda «tellurokratiya»ni ifoda etuvchi maxsus atama. «Er», «dasLand» nazariyasini SHmit ayniqsa keng rivojlantirgan.
Jamiyat - jamoalarning bo‘linishi natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy birlik. Jamoadan farqli o‘laroq odatda alohida a’zolardan (individlardan) iborat.
Jamoa - organik aloqalar bilan bog‘langan odamlarning tabiiy birligi shakli. U organik aloqalar o‘rniga individlar o‘rtasidagi rasmiylashtirilgan shartnoma me’yorlari bilan boshqariladigan jamiyatga zid tushuncha. Jamiyat urf-odat, an’analar bilan boshqariladi.