Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə63/121
tarix07.06.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#126335
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   121
757575 МАЖМУА ГЕОСИЁСАТ 2022

17 – Mavzu: “O’ZBEKISTON VA SHHT GEOSIYOSIY ISTIQBOLLARI.
Reja:

  1. SHanxay hamkorlik tashkilotining tashkil etilishi ob’ektiv zaruriyat sifatida.

  2. SHanxay hamkorlik tashkilotining mintaqa xavfsizligini ta`minlashdagi ahamiyati.

  3. O’zbekiston va SHanxay hamkorlik tashkiloti o`rtasidagi hamkorlikning asosiy yo`nalishlari.

Beshta davlat boshliqlarining Shanxaydagi ushbu uchrashuvida harbiy sohada o’zaro ishonchni mustahkamlash haqidagi bitimni imzolash bilan birga «Shanxay beshligi» doirasida har yili uchrashuv o’tkazilib turishga kelishib olindi va bu uchrashuv mexanizmi «Shanxay beshligi» forumi nomini oldi. Bu forum doirasidagi ikkinchi uchrashuv Moskvada 1997 yil 24-25 aprelda o’tkazilib, unda bir tomondan Xitoy, ikkinchi tomondan Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston mamlakatlari vakillarining birgalikdagi delegatsiyasi ishtirok etdi va chegara rayonlarida umummilliy manfaatlardan kelib chiqib «chegara rayonlarida qurolli kuchlarni qisqartirish to’g’risida»gi Moskva bitimi imzolandi. XXRning faqat Markaziy Osiyo davlatlari bilan umumiy chegara uzunligi 3 700 km.ni , Rossiyani ham qo’shib hisoblaganda esa, tuzilmaga a’zo davlatlar o’rtasidagi chegara chizig’ining uzunligi 7000 km.ni tashkil etadi. Ushbu bitimga binoan har ikkala tomon ham chegara hududlardagi harbiylar sonini o’zaro do’stona qo’shnichilik munosabatlariga muvofiq keladigan darajagacha qisqartirdilar. Amalda, ushbu chegara hududlardagi qurolli kuchlar, faqat mudofaa funktsiyasini bajarishi lozimligini anglatardi:



  1. • tomonlar bir-biriga nisbatan qurolli kuchlar bilan tahdid qilish yoki uni qo’llashdan voz kechdilar;

  2. • harbiy ustunlikka erishish uchun bo’lgan intilishga va hatti-harakatlarga barham berildi;

  3. • chegara hududlarida joylashtirilgan harbiy kontingentlar bir-biriga nisbatan hujum qilish holatida bo’lmasligini ta’minlashga;

  4. • chegaraning har ikki tomonida yuz kilometrlik masofada joylashtirilgan quruqlikdagi, harbiy-havo, chegara qo’shinlari va Havo Hujumidan Mudofaa qiluvchi Harbiy Havo Kuchlarining shaxsiy tarkibini qisqartirishga kelishildi;

  5. • qisqartirish o’tkazilgandan keyin chegara hududlarida qurollanish va shaxsiy tarkibning sonini joiz bo’lgan eng maksimal darajasini belgilash;

  6. • qurolli kuchlarni qisqartirishning metodlari va muddatini aniqlash;

  1. • tomonlar chegarada joylashtirilgan qurolli kuchlari to’g’risidagi o’zaro ma’lumot almashish va bitimning ijro qilinishi yuzasidan nazorat olib borishga kelishildi.

SHanxay hamkorlik tashkilotining harbiy yo harbiy-siyosiy blok, yoki shu shakldagi alüyans emas, alohida bir davlatlar guruhiga yohud halqaro tashkilotlarga qarshi yo’naltirilmaganligining alohida ta`kidlanganligi diqqatga sazovordir. SHanxay sammitida imzolangan Deklaratsiyada tashkilotning hech bir mamlakat yoki tashkilotga qarshi qo’yilmagani, unga qo’shilishni istagan davlatlar uchun doimoochiqligi alohida qayd qilingan. Tashkilot faoliyatining bu kabi asosiy g’oyasi BMT Nizomi qoidalariga vaxalqaro huquq me`yorlari maqsadlariga to’la mos keladi va shu sababli SHHTning 2002 yil 7 iyun Sankt-Peterburgda imzolangan Xartiyasi BMT Nizomining 102-moddasiga muvofiq BMT Kotibiyatida ro’yhatgaolingan. Bundan shuni anglash mumkinki, SHHT xalqaro maydondaxalqaro munosabatlarning boshqasub`ektlari, davlatlar yoki xalqaro tashkilotlar bilan keng qamrovli hamkorlik qilish imkoniyatlariga egadir.
A`zo davlatlarning davlat chegaralaridagi muammolarni muvofiqlashtirib turish bilan bog’liq masalalarni hal etish maqsadida barpo etilgan ushbu tuzilmaga 2001 yil 15 iyunda O’zbekistonning a`zo bo’lib kirishi bilan uning maqsadi va faoliyati tubdan yangicha mohiyat kasb eta boshladi. Xususan, bugungi kunda nafaqat mintaqamizni balki butun er yuzini tashvishga solayotgan xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, separatizm, narkotrafik, noqonuniy qurol-yarog’ savdosi kabi tahdidlarni oldini olish va bartaraf etishda yuqori samarodor mexanizmlarni ishlab chiqish vaamaliyotda qo’llash maqsadlari tashkilot faoliyatining ustuvor yo’nalishi sifatida belgilab olindi. SHuningdek, tashkilotgaa`zo davlatlar o’rtasidagi savdo, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma`rifiy, tabiat muhofazasi kabi ko’plab sohalardagi munosabatlarni, aloqalarni rivojlantirish masalasi ham bundan mustasno emas.
SHHT a`zo davlatlar o’rtasida o’zaro ishonchni kuchaytirish, do’stlik va yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, mintaqada siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy masalalardaxavfsizlikni ta`minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, umuman dunyoviy xavfsizlikka tahdid soladigan xatarlarga qarshi hamkorlikda kurashish masalalarini o’zining asosiy maqsadi qilib belgilagan. CHunki, «SHanxay beshligi» yoki «SHanxay forumi»ning agarda O’zbekiston unga qo’shilmas ekan bu tuzilmaning amalda kutilgan natijalarni bermasligi yanadaoydinlashib bormoqda edi.
Hozirda Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog’iston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi SHHTning ta`sischilari hisoblanib, bu davlatlar tomonidan ushbu tashkilot faoliyatidan ko’zlangan bir qator maqsad vazifalarni aniq belgilab qo’yilgan.
SHanxay hamkorlik tashkilotining asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:
• A`zo davlatlar o’rtasida o’zaro ishonchni kuchaytirish, do’stlik va yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini mustahkamlash;
• mintaqada tinchlikni saqlash va mustahkamlash, xavfsizlikni barqarorlikni ta`minlash maqsadida, ko’ptomonlama hamkorlikni rivojlantirish, demokratik tamoyillargaasoslangan yangi, adolatli vaoqilona siyosiy, iqtisodiy halqaro tartibotni o’rnatishga ko’maklashish;
• halqaro terrorizm, separatizm va ekstremizm, ularning barcha ko’rinishlariga, noqonuniy narkotika va qurol-yarog’ savdosi, transmilliy jinoiy faoliyatning boshqa turlariga, shuningdek noqonuniy migratsiyaga qarshi birgalikda kurashish;
• siyosiy, savdo-iqtisodiy, mudofaa, huquqni muhofaza qilish, tabiatni vaatrof-muhitni muhofaza qilish, madaniyat, ilmiy-texnikaviy, fan va ta`lim, energetika, transport, moliya-kredit sohalarida va shu kabi umumiy manfaatlar mavjud bo’lgan barcha jabhalarda samarali mintaqaviy hamkorlikni yanada kuchaytirish;
• mintaqada teng huquqli hamkorlik asosida ishtirokchi davlatlar xalqining turmush tarzi va hayot darajasini uzluksiz ravishda yaxshilab borish maqsadidamintaqaning har taraflama va muvozanatli iqtisodiy o’sishi, ijtimoiy va madaniy rivojlanishiga yordamlashish;
• jahon iqtisodiy integratsiyasi jarayonidagi munosabatlarni koordinatsiyalashtirish;
• a`zo davlatlarning ichki qonunchiligi hamda halqaro majburiyatlariga muvofiq insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta`minlanishiga ko’maklashish;
• boshqa davlatlar va halqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni qo’llab-quvvatlash hamda rivojlantirish;
• halqaro ziddiyatlarni o’zaro hamkorlikda bartaraf etish va ularni tinchlik yo’li bilan hal qilish;
• XX1 asrda yuzaga kelgan muammolar echimini birgalikdaechish.
SHHT yuqorida keltirilgan o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda faoliyat olib borar ekan xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan va tashkilot Xartiyasida belgilangan ma`lum bir tamoyillargaasoslanadi.
SHanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatining asosiy tamoyillari;
• davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi, hududiy yahlitligi va davlat chegaralarining buzilmasligini o’zaro hurmat qilish;
• hujum qilmaslik va davlatlarning ichki ishlarigaaralashmaslik;
• halqaro munosabatlarda kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid solmaslik;
• chegaradosh rayonlarda bir tomonlama harbiy ustunlikdan voz kechish;
• barchaa`zo davlatlarning teng huquqliligi;
• a`zo davlatlarning har birining fikrini hurmat qilish va hamfikrlik asosida umumiy nuqtai nazarni izlash;
• umumiy manfaatlar doirasida birgalikdagi harakatlarni bosqichma-bosqich amalgaoshirish;
• a`zo davlatlar o’rtasida bo’lishi mumkin bo’lgan, ehtimoldagi ziddiyatlarni tinchlik yo’li bilan hal qilish;
• SHHTning boshqa davlatlar va halqaro tashkilotlarga qarshi qaratilmaganligi;
• SHHT manfaatlariga qarshi qaratilgan har qanday noqonuniy hatti-harakatlarga yo’l qo’ymaslik;
• SHHT doirasida qabul qilingan Xartiya va boshqaxujjatlardan kelib chiqqan holda barcha majburiyatlarni vijdonan bajarish.
A`zo davlatlar SHHT doirasidagi faoliyati quyidagi yo’nalishlargaasoslanadi:
• mintaqada o’zaro ishonch vaxavfsizlikni mustahkamlash hamda tinchlikni saqlash;
• tashqi siyosiy masalalar bo’yicha, shuningdek, halqaro tashkilotlar va halqaro forumlardagi umumiy manfaatlar doirasida yagona fikrga kelish;
• terrorizm, separatizm va ekstremizm, noqonuniy narkotik moddalar va qurol-yarog’ savdosi kabi boshqa transmilliy jinoiy faoliyat turlari, shuning noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash tadbirlarini birgalikda ishlab chiqish vaamalgaoshirish;
• qurolsizlanish va qurollanish ustidan nazorat masalalari bo’yicha koordinatsiyani kuchaytirish;
• turli shakllardagi mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni qo’llab-quvvatlash va kengaytirish, tovar, kapital, xizmat va texnologiyalarni doimiy ravishda erkin harakatda bo’lishini ta`minlash maqsadida savdo va investitsiyaning rivoji uchun qulay sharoit yaratish;
• a`zo davlatlarning tranzit potentsialini takomillashtirish, energetika tizimini rivojlantirish, transport va kommunikatsiya sohasidagi mavjud infratuzilmalardan samarali foydalanish;
• tabiat muhofazasi bo’yicha maxsus dastur va loyihalarni amalgaoshirgan holda mintaqa tabiiy boyliklaridan, jumladan, mintaqa suvlaridan oqilona foydalanish;
• tabiy va texnogen ko’rinishidagi favqulodda holatlardaogohlantirish va uning oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha o’zaro yordam ko’rsatish;
• SHHT doirasida hamkorlikni rivojlantirish manfaatini ko’zlagan holda o’zaro huquqiy informatsiya almashish;
• fan va texnika, ta`lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalarida o’zaro hamkorlikni kengaytirish .
SHanxay hamkorlik tashkiloti o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalari, faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan kelib chiqib faoliyatini yanada yaxshilash, tashkilot samaradorligini oshirishni ko’zlab doimiy ravishda tashkilot doirasida uchrashuvlar o’tkazilib turildi.
Tashkilotgaa`zo davlatlarning 2001 yilning 14 sentyabridagi Olma-Ota uchrashuvi shular jumlasidan bo’lib, unda SHHT doirasida uzoq muddatga mo’ljallangan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning amaliy rejalari, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning maqsad va yo’nalishlarini belgilab olish, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida tomonlar uchun maqbul keluvchi shart-sharoitni yaratish va hakozolar ko’rib chiqildi hamda belgilab olindi. Aynan shu maqsadda savdo va iqtisodiy hamkorlikni yo’naltirib boruvchi Vazirlar Maslahat Kengashi Guruhi tuzildi. Bu guruhning asosiy vazifasi ekspertlarning ko’p qirrali guruhlarini va turli xil yo’nalishdagi hamkorlik bo’yicha ekspert guruhlarini tashkil qilish va boshqa tashkiliy ishlar bilan shug’ullanishdan iborat.
2002 yilning may oyida SHanxayda SHHTgaa`zo davlatlar tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyatiga mas`ul vazirlarning birinchi uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ushbu uchrashuvda tashkilotgaa`zo davlatlarning mintaqaviy iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishga yordam berish uchun a`zo davlatlarning bir-birini iqtisodiy qo’llab-quvvatlashi (chunki, Markziy Osiyo davlatlari va Rossiya tabiy resurslarga boy bo’lib chet el sarmoyalariga muhtojlik sezardi), savdo va investitsiya doiralarini yanada kengaytirish, qo’shma korxonalarni rivojlanishiga vaxo’jalik sub`ektlarining savdo-iqtisodiy faoliyatiga yordam ko’rsatish, savdo va investiya, mol-mulk, kapital, xizmat ko’rsatish va texnologiyalarning erkin xarakatlanishini bosqichma-bosqich amalgaoshirish uchun sharoit yaratish, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solib turuvchi milliy qonunchilik nazoratiga erishish, trasport va kommunikatsiya sohalaridagi mavjud infratuzilmalardan unumli foydalanish, tranzit salohiyatini yanadaoshirish, savdoxizmatlari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ekologik resurslar, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta`minlash va bu boradagi loyihalarni birgalikdaamalgaoshirish, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish mexanizmlarini tashkil qilish va rivojlantirishgaalohida e`tibor berildi.
Bu kabi iqtisodiy sohada hamkorlikning chuqurlashuvi SHanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi o’zaro munosabatlarning sifat jihatini yanada mustahkamlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Ko’plab mutaxassislarning fikrlariga ko’ra, iqtisodiy sohadagi hamkorlik SHanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lishi mintaqadaxavfsizlik va barqarorlikni ta`minlashning muhim shartidir.
Haqiqatda ham davlatlardagi mavjud iqtisodiy muammolarning bartaraf etilishi ekologik muammolar echimining osonlashuviga, ishsizlikning kamayishiga, aholining ish bilan ta`minlanishiga, xalqning turmush tarzining yaxshilanishiga va terrorist, ektremist va separatistlarga qarshi kurashda samarali faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo’lgan «iqlim»ning yaratilishiga zamin tayyorlaydi. Ushbu maqsad yo’lida 2003 yil 23 mayda tashkilotgaa`zo davlatlar tomonidan SHanxay hamkorlik tashkiloti doirasida o’zaro erkin savdo hududini barpo etishga kelishildi.
Xitoy poytaxti Pekin shahrida 2002 yilning 7 yanvarida SHanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi Ishlar Vazirlarining navbatdan tashqari majlisi bo’lib o’tdi. Bu uchrashuvdaasosan Afg’onistondagi vaziyatni yumshatish va jarayonlarni nazorat qilish muammosi yuzasidan a`zo davlatlarning yakdilligini qayd qiluvchi qo’shimchaariza qabul qilindi. Ushbu arizada SHHT doirasidaEvroosiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni saqlab qolish, yanada mustahkamlash tamoyillari to’laligicha isbotini topgan vaasoslab berilgan edi. Ayniqsa, ushbu uchrashuv chog’ida a`zo davlatlar ishtirokida SHHT Deklaratsiyasining qabul qilinishi34 tashkilot doirasida davlatlarning o’zaro munosabatlarida tashlangan muhim qadam bo’ldi. Xususan, deklaratsiyada globallashuv jarayonlarida tomonlar maqsadlariga muvofiq keluvchi «o’zaro ishonch, foyda, tenglik va o’zaro hurmat» tamoyillari asosida yangi turdagi xavfsizlik kontseptsiyasiga muhtoj ekanligi haqida to’xtalib, xavfsizlikning zamon ruhiga mos keluvchi kontseptsiyasini ishlab chiqish kerakligi alohida e`tirof etildi.
SHHTgaa`zo davlatlar terrorizm, separatizm, ekstremizm, uyushgan jinoiy harakatlarning turli ko’rinishlari, narkotik, psixotropik moddalar va noqonuniy qurol-yarog’ savdosiga qarshi kurashda hamkorlikni faollashtirish yagona maqsadga muvofiq ekanligi bugungi xavfsizlikni ta`miinlashning asosiy omillaridandir deb qaramoq kerak-ki, zero, yillar davomida to’plangan tajribalar yaqinlashib kelayotgan xavfni alohida mintaqada yakkaxolda barham berish yoki bartaraf etish aslo mumkin emasligini ko’rsatmoqda. G’arb davlatlarining Afg’oniston tolibonlar harakati vaushbu mamlakatda uya kurgan «Al-Qaida» uyushgan jinoiy to’dalariga qarshi (2001 yil 11 sentyabrdaAQSHda sodir etilgan jinoiy-qo’poruvchilik harakatlaridan keyin) kurashda birgalikdagi harakatlari, AQSH va Buyuk Britaniya birlashgan ittifoqchi kuchlarining Iroqda yillar davomida shakllangan totalitar tuzumga barham berishdagi amaliy harakatlari buning isbotidir. Biroq, SHHT, bu davlatlarning global xavfsizlikni bartaraf etishdagi harakatlarining natijasi o’laroq, farqli ravishda yangi xavf-xatarlar yoki mavjud muammolarni BMT va uning Xavfsizlik Kengashi orqali hal etishni qo’llab-quvvatlaydi. So’nggi yillarda Rossiyada bunga javoban ayrim qurollarni amalda sinovdan o’tkazish harakatlari jonlandi. Ushbu jonlanishining ham o’zigaxos ob`ektiv sabablari bor bo’lib, Afg’onistondagi voqealar sababli AQSH harbiy kuchlarining Markaziy Osiyo mintaqasida joylashganligi bilan ham xarakterlanadi. Umuman buyuk davlatlarning xalqaro munosabatlarida o’tkazib kelayotgan hatti-xarkatlaridan «dunyoni qayta bo’lib olish» g’oyasining kuchayayotganligini payqash qiyin emas. SHunday ekan, tashkilotgaa`zo davlatlarning mintaqaxavfsizligi va barqarorligi uchun hali ko’plab ishlar qilishi, o’z oldiga qo’ygan vazifalarni ado etishi kerakligi oydinlashib bormoqda.
SHanxay hamkorlik tashkilotigaa`zo davlatlar xalqaro terrorizm, milliy separatizm va ekstremizmning turli ko’rinishlariga barham berishga, shuningdek, terroristik guruhlarning faoliyatlarini mablag’ bilan ta`minlovchi kanallarni yo’qotishga qaratilgan xalqaro va mintaqaviy uyushma, tashkilotlarning harakatlarini amalda qo’llab-quvvatlagani holda, xalqaro tinchlik vaxavfsizlikni ta`minlash uchun ma`sul bo’lgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi obro’-e`tiborini oshirish, xalqaro maydonda BMTning rolini kuchaytirishgaxarakat qiladi. Bugungi kunda BMTning tuzilmaviy islohotlarga muxtoj ekanligi oydinlashib bormoqda. Aksariyat G’arb mutaxassislari ham BMT orqali AQSHning dunyodagi yakka hukmronligiga barham berish yoki imkon darajada cheklash kerakligi to’g’risidagi fikrni bildirishmoqda. SHHTgaa`zo davlatlar, xalqaro yadro qurollarini tarqatmaslik rejimiga bo’ysunishi, Osiyoda ham global doirada ham tinchlik vaxavfsizlikni ta`minlashning asosiy omillaridan biri deb biladi. Xolbuki, SHHTgaa`zo davlatlardan RF vaXXR, Evroosiyo makonida yadroviy kurollarga ega davlatlar sirasiga kiradi. Bu davlatlarning ana shu ustuvor imkoniyatlarini hisobgaolgan holda, farqli ravishda Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan Markaziy Osiyoni yadro qurolidan holi zona deb e`tirof etilayotganligini har tomonlama qo’llab-quvvatlashi maqsadga muvofiqdir. Zero, dunyoning u yoki bu burchaklarida o’tkazilgan yadroviy sinovlar ta`siridan dunyo ekologiyasi buzilganligi vaatmosferadagi azon qatlamida «tuynuk»lar paydo bo’lganligining o’zi insoniyat taraqiyoti uchun katta talofatdir. SHHTgaa`zo davlatlar, kelgusidaommaviy qirg’in qurollarini qisqartirish to’g’risidagi Rossiya vaAQSH davlatlari tomonidan imzolangan yangi shartnomani ham amalda to’la qo’llab-quvvatlaydi. Globallashuv jarayonida bunday harakatlarni qo’llab-quvvatlash davrimizning o’ta dolzarb muammolaridan biri ekanligi xech kimga sir bo’lmay, ana shunday umuminsoniy g’oyalar ilgari surilgandagina, kosmosda qurollarni joylashtirish, kosmik ob`ektlarga nisbatan kuch ishlatish va ulargaxavf-xatar tug’dirish kabi amaliy xavfning oldi olinadi.
SHanxay hamkorlik tashkilotigaa`zo davlatlar o’z oldilariga qo’ygan maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, o’z printsiplarigaasoslangan holda tinchlik yo’lidaxavf-xatarning oldini oluvchi har qanday shartnomalarni imzolashga tayyor. Zero, SHHT muammolari bilan bog’liq ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni tahlil qilar ekanmiz, dunyoning globallashuv pallasida SHHTning dunyo vaEvroosiyo makonida, Markaziy Osiyo mintaqasida kechayotgan muammolar ta`sirida paydo bo’lishi muqarrar bir holat degan xulosaga kelinadi.
Tarix saboqlaridan bizga ma`lumki, har qanday davrda bo’lgani kabi bugungi kunda ham dunyo ko’p qutbli hamkorlik munosabatlariga asoslangandagina xalqaro xavfsizlik, barqarorlik saqlanib qolinishi mumkin. SHanxay hamkorlik tashkilotining tashkil topishi, uning umumjahon, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni saqlash, erkin taraqqiyotni ta`minlash maqsadida o’z oldiga qo’ygan vazifalari misolida buning isbotini ko’rishimiz mumkin.
SHHTgaa`zo davlatlar xalqaro munosabatlar tizimidaxavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yo’lidan borar ekan, Evroosiyoda yaqin tarixda shakllangan ana shu o’zigaxoslikni albatta inobatgaolishlari tabiiy holdir. Qaysi bir ma`nodaana shu g’oyagaasoslanishi ham SHanxay hamkorlik tashkilotining o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini ro’yobga chiqishida mintaqaxalqlarining milliy hissini uyg’otishi mumkin. Hozirgi kunda ko’pgina tashqi tahdidlar Evroosiyo makonida uzoq yillar mobaynida milliy madaniy qadriyatlarda shakllanib kelgan milliy tuyg’uni so’ndirish orqali ham amalgaoshirilmoqda. Tashkilotgaa`zo Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari o’zaro milliy-madaniy hamkorlikni rivojlantirishda millatlararo munosabatlarni yaqinlashtiruvchi tamoyillarga ko’proq e`tiborni qaratmog’i lozim.
Evroosiyo makonida totalitar sotsializm tuzumining barham topishi bilan insoniyat taraqqiyoti uchun ijobiy ahamiyat kasb etgani xolda, o’zi bilan birga ko’plab kutilmagan muammolarni keltirib chiqardi. Xususan, XXasrga hos bo’lgan milliy-irqiy kamsitishlar, qig’in-barot qurollarni ishlab chiqish, kuchlining kuchsiz ustidan zo’rovonlik qilishi, zo’rovonlik orqali maqsadlarini ro’yobga chiqarish XXI asrga ham meros bo’lib o’tdi. Ba`zi bir ayirmachilik va buzg’unchilik harakatlari aynan shu zo’ravonlik g’oyalariga qarshi qaratilgan kurashlarning stixiyali ko’rinishlaridan bo’lib qolayotgan bo’lsaajab emas. YAqin SHarqdagi Falastin - Isroil majoralari ana shunday xulosalar chiqarishga undaydi. Erkin taraqqiyotni izdan chiqaruvchi, inson qalbini kemirayotgan turli xil ekstremistik g’oyalarga qarshi kurash jarayonida muammoning ana shu jihatlari SHanxay hamkorlik tashkilotigaa`zo davlatlarning diqqat markazida bo’lishi kerak. Aksincha, ayrim /arb davlatlarining dunyo siyosatidakechayotgan jarayonlarni noto’g’ri talqini ta`siriga tushib qolish ham hech gap emas. Iroq bilan bog’liq voqealar bunga yorqin misol bo’laoladi. Evroosiyo makonida esa bunday holatlarga yo’l qo’yib bo’lmaydi. CHunki, Evroosiyo mintaqasi yadroviy qurollar, inson hayoti uchun o’taxavfli turli xil zararli chiqindilar saqlanadigan joylarning ko’pligi bilan ajralib turadi. SHanxay hamkorlik tashkilotigaa`zo davlatlar xalqaro munosabatlar tizimida mintaqaxavfsizligi va barqarorligini mustahkamlash jarayonidaana shu omillar bilan bog’liq, ehtimoldagi xavf-xatarning oldini olishga bo’lgan e`tiborni kuchaytirmog’i zarur bo’ladi. Jumladan, 2003 yildagi Rossiyada, Sibir o’rmonlaridagi yong’in sababli kelib chiqqan tabiiy ofatlarni, suv to’lqinlarining kuchayishi natijasida yadroviy chiqindilar ko’milgan omborxonalarni sel olib ketish xavfining ortishini misol qilish mumkin.
SHanxay hamkorlik tashkiloti doirasida bu kabi tafovutlar bilan bog’liq oqibatlarni bartaraf etishda boshqa davlatlarga nisbatan katta potentsialga ega bo’lgan Rossiya Federatsiyasi ko’proq javobgar desak hato bo’lmas. So’ngi yillarda turli xil chora-tadbirlar ishlab chiqilib amalga tadbiq etilishiga qaramasdan mintaqada sharoit haliyam og’irligicha qolib kelmoqda. CHunki bu harakatlar SHHTgaa`zo davlatlardan katta miqdordagi qo’shimcha mablag’ni, sarf-xarajatlarni talab qiladi. Bunga bo’lgan extiyoj esa SHanxay hamkorlik tashkiloti davlatlarining umummintaqaxavfsizligini saqlashda jahon hamjamiyati bilan uzoq muddatga mo’ljallangan keng qamrovli aloqalarga kirishni taqoza etadiva bunga o’xshash ayrim vaziyatlarda SHHTgaa`zo davlatlarning xalqaro hamjamiyat oldida u yoki bu muammolarni bartaraf etish, ular diqqatini jalb etish uchun mustaqil harakatlar olib borishi ham mumkin. Bunday holatlarda manfaatlarni tushunishda bir tomonlama yondoshuvlardan qochish taqoza etiladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tuzilmaviy qayta qurishga bo’lgan talab kuchaygan bir paytda bu kabi holatlar tabiiy sanaladi albatta. Ayniqsa, AQSH dunyoda eng qudratli, gegemon davlat bo’lishiga qaramasdan xalqaro maydonda kechayotgan jarayonlarning keskinlashuvi pallasida global muammolarni yakka tartibda bir o’zi bartaraf etishgaojizligi yaqqol ko’rinib qoldi.
Mintaqada SHanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro munosabatlar tizimida barqarorlik vaxavfsizlikni saqlashda muhim strategik ahamiyat kasb etgani holda tashkilotgaa`zo davlatlardan Rossiya vaXXRning BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a`zosi ekanligi ham mintaqadagi barqarorlik vaxavfsizlikni saqlab qolishda qo’shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Buni O’zbekiston prezidenti I.A.Karimov ham alohida ta`kidlab o’tgan edi; «SHanxay birlashmasi doirasidagi davlatlararo munosabatlar haqida gapirar ekanmiz, uning faoliyati asosini buyuk, siyosiy, iqtisodiy va harbiy-texnik jihatdan qudratli bo’lgan, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a`zolari - Rossiya vaXitoy tashkil etadi deyishga to’laasoslimiz».
O’zbekiston manfaatlaridan kelib chiqib SHHTning xalqaro munosabatlar tizimida barqarorlik vaxavfsizlikni ta`minlashdagi o’rniga baho berilar ekan, Evroosiyo mintaqasida ushbu tashkilotning jahon siyosiy maydonida shunchaki kelib chiqmaganligini ko’rish mumkin. Xususan, SHHTning o’rni Evroosiyo makonida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, qolaversa, ko’proq siyosiy-harbiy jabhalarda paydo bo’lgan «ijtimoiy bo’shliq»ni to’ldirish hamda shu maqsad yo’lida mintaqaxavfsizligi va barqarorligini ta`minlash bilan belgilanadi. Buni o’tgan yillar mobayida mintaqadaxavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash, SHanxay hamkorlik tashkilotigaa`zo davlatlar rahbarlarining diqqat markazida bo’lib kelganligidan ham anglash mumkin.
SHuningdek, shotland eksperti Rojer Makdermotning fikriga ko’ra tashkilot doirasida o’tkaziladigan antiterror harbiy o’quv mashg’ulotlari SHHTni terrorizm, ekstremizm va separatizm, noqonuniy qurol-yarog’ savdosi, narkotrafik kabi transmilliy jinoiy harakatlarga qarshi kurashda «yirik mintaqaviy o’yinchi»gaaylanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
2003 yil avgust oyidaXitoy va Qozog’iston chegaralarida o’tkazilgan harbiy manevrlar SHHT tarafdorlarida tashkilotning yangi xavf-xatarlarga qarshi turuvchi harbiy jihatdan ham kuchli tuzilma ekanligiga ishonch uyg’otdi. «Hamkorlik-2003» nomi ostida, terrorchilar va ekstremistlarga qarshi birgalikdagi kurashda har-hil operativ-texnik masalalarni puhta o’rganish vazifalarini o’z ichiga qamrab olgan manevrlar asosan ikki bosqichda o’tkazildi va tashkilotgaa`zo davlatlarning qurolli kuchlari tomonidan olib borilgan bu turdagi ilk o’quv mashg’ulotlari edi.
Analitiklarning, jumladan R.Makdermotning ta`kidlashicha, SHanxay hamkorlik tashkiloti doirasida bu kabi o’quv mashg’ulotlarning o’tkazilib turilishi va ularda Rossiya vaXitoy kabi davlatlarning ishtiroki AQSHning Markaziy Osiyodagi harbiy ishtiroki bilan mintaqaxavfsizligini ta`minlashga ko’maklashuvining muqobili sifatida tashkilotning mavqeini yanadaoshirishgaxizmat qiladi.
SHHTning xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlashi deganda, xalqaro munosabatlarning sub`ekti sifatida shakllangan ushbu tashkilotning jahonning nufuzli tashkilotlaridan ayrim o’ziga hos jihatlari bilan farq qilishini e`tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Umuman, SHHTning maqsad va vazifalari uning 2002 yil 7 iyun Peterburg hamda 2003 yil 28-29 may Moskvada bo’lib o’tgan sammitlarida to’liq asoslab berilgan.
Xususan, SHHTning ayrim jihatlari deganda (Rossiyani e`tiborgaolmaganda) asosan Osiyo mintaqasi davlatlari ishtirokida tashkil etilganligi bilan ajralib turadi. Tashkilotning doimiy organlaridan biri - Kotibiyati XXR poytaxti Pekinda bo’lsa, Mintaqaviy Aksilterror Tuzilmasi esa Toshkentda joylashgan. Bundan O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida hal qiluvchi, muhim rol o’ynashini ko’rish mumkin. Lekin, bu borada Qozog’istonning imkoniyatlari ham O’zbekistonnikidan qolishmaydi. SHuningdek, Qozog’iston boshqa Markaziy Osiyo davlatlaridan farqli o’laroq, Rossiya vaXXRsi manfaatlarini tutashtiruvchi asosiy «chorraha»da joylashgan.
Bugungi kundaOsiyodaOsiyo Tiklanish va Taraqqiyot Banki, ASEAN, Arab Davlatlari Ligasi va boshqa shunga o’xshash jahon hamjamiyatining ko’pgina nufuzli tashkilotlar mavjud. Ammo, SHanhay hamkorlik tashkiloti mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy muammolarni hal etishga qaratilganligi bilan ham ajralib turadi. SHu bilan birga, yuqorida ta`kidlanganidek mintaqada iqtisodiy-ijtimoiy muammolar bilan bir qatorda harbiy siyosiy, hududiy chegaralar, yadroviy, ekologik, atrof-muhit muammolari, xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash bilan shug’ullanadi. SHHTning asosiy funktsilaridan biri bu – chegaralardagi xavfsizlikning vaa`zo davlatlar o’rtasidagi chegara rayonlari bo’ylab barqarorlikning kafolatidir. SHHT aynan ana shu asosda vujudga kelgan edi. Tashkilotgaa`zo davlatlarning bir-biri bilan chegaradoshligi va yaqin qo’shni ekanligi tashkilotning bu funktsiyasi uchun kattaahamiyat kasb etadi. Bu funktsiya mintaqadagi boshqaxech bir tashkilotning faoliyatida belgilanmagan54 va shunisi bilan ham SHHT boshqa tashkilotlardan ajralib turadi. SHHT o’z oldiga quygan maqsad va vazifalari doirasining kengligi borasida ham Osiyodagi boshqa tashkilotlardan farq qiladi. CHunki Osiyo tashkilotlarining aksariyatida iqtisodiy muammolar bilan bog’liq omillar muhim ahamiyat kasb etadi. SHHT ham keyinchalik ana shunday tor doiradagi manfaatlarni ro’yobga chiqarishgaxizmat qiladi.
Sankt-Peterburgda bo’lib o’tgan sammit chog’ida qabul qilingan tashkilotning Xartiyasida belgilanganidek SHanxay hamkorlik tashkiloti mintaqadaxavfsizlik va barqarorlikni ta`minlar ekan, turli hil bloklarga qo’shilmaslik g’oyasini ilgari suradi. Tashkilotgaa`zo davlatlar mintaqa umummanfaatlariga zid keluvchi, mintaqaxavfsizligi va barqarorligigaxavf soluvchi tahdidlarni o’zaro hamkorlikda bartaraf etish huquqlariga egadir.
SHanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro munosabatlar tizimidaxavfsizlik va barqarorlikni mustahamlashdagi o’rnining yana bir belgisi bu – tashkilotning turli dinlarga e`tiqod qiluvchi, milliy mentaliteti jihatidan butunlay farq qiluvchi, xar-hil madaniyatga egaxalqlar va elatlar manfaatlarining birlashtirganligidir. Tashkilotning bu xususiyati uning anashu muammolar bilan bog’liq nufuzining ortishiga sabab bo’ladi. Bu jarayon xalqaro hamjamiyat tomonidan hozirdanoq tan olinganligi buning isbotidir.
Mintaqadaxavfsizlik va barqarorlikni ta`minlashga harakat qilar ekan SHHTgaa`zo davlatlar rahbarlari umummilliy manfaatlardagi tutash uyg’unlikni yaxshi tushunadilar, masalaning yana bir jihati shundaki, tashkilot doirasida mintaqaviy – iqtisodiy, siyosiy, harbiy, hududiy, milliy, transport, kommunikatsiya va boshqa sohadagi masalalarni o’zining geosiyosiy joylashuv o’rnidan kelib chiqib hal qilish amalda ko’proq ahamiyat kasb etmoqda. SHHTgaa`zo davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy, jug’rofiy joylashuvi, hamda ularning bugungi sharoiti bir-biridan jiddiy farq qiladi. Masalan, SHanxay hamkorlik tashkiloti doirasidaXitoyning bugungi taraqqiyotini Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlariga tenglashtirib bo’lmaydi. XXR SHanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida o’z manfaat va takliflarini ana shu imkoniyatlaridan kelib chiqib ilgari suradi va h.k. SHunday ekan, SHHTgaa`zo davlatlar tomonidan xalqaro munosabatlar tizimida tinchlikni saqlash, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash jarayonlarida manfaatlarning «plyus-minus» tomonlari atroflicha inobatgaolinsa foydadan holi bo’lmaydi. Ana shunday vaziyatlarda SHHT doirasida u yoki bu muammolar ko’rib chiqilishi davomidaaslida unchalik ahamiyat kasb etmaydigan, keng jamoatchilik ko’z oldida esa o’taahamiyatli ko’rinadigan masalalar echimi osonlashadi. Bu kabi masalalar o’zaro bahs va munozaralar yordamida o’z echimini topishi mumkin.
Ana shu ma`noda 2002 yil 7 iyun Sankt-Peterburg shahrida qabul qilingan SHHT Xartiyasida tashkilot nomidan imzolanadigan xujjatlar rus vaxitoy tilida qayd etilishi ta`kidlangan. Xo’sh, manfaatlar nuqtai-nazaridan SHanxay hamkorlik tashkilotigaa`zo Markaziy Osiyo davlatlarining manfaatlari cheklanganmi yoki yo’qmi degan savolning paydo bo’lishi aniq. Markaziy Osiyoda 55 milliondan ko’proq aholi yashamoqda. Zero, imzolanayotgan bitimlardaasosan mintaqada yashayotgan xalqlar taqdiri bilan bog’liq muammolar o’z aksini topar ekan, unda SHHT hujjatlarining ungaa`zo har bir davlat tilida qayd etilmog’i lozim. Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining milliy-madaniy qadriyatlaridagi aynanlik ham shuni taqozo etadi. Holbuki, SHHTning Xartiyasida tashkilotgaa`zo davlatlar barcha masalalarda teng huquqli ovozga egadirlar degan band qayd etilgan.
SHanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro tizim munosabatlaridagi xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlashi borasida ko’zga ko’rinmayotgan yoki shunchaki xaspo’shlab o’tilayotgan ana shu masalalarga ham barham berilishi kerak.
SHHT doirasida manfaatlarni uyg’unlashtirish jarayonlari kechmoqda ekan, demak, bu kabi muammolarni hal etish birinchi muammoli vazifalar sirasiga kiradi. SHanxay hamkorlik tashkiloti doirasida bu muammolarning hal etish masalasi munozarali, qiyin kechadi. Biroq, ilgari surilayotgan ushbu fikrlar o’zining haqli mantig’iga ham egadir. SHanxay hamkorlik tashkilotigaa`zo davlatlarning bari mustaqil sub`eklardir. Xalqaro maydonda SHHTning olib borayotgan faoliyatini qo’llab-quvvatlagan holda tashkilot doirasida imzolanadigan xujjatlar Markaziy Osiyo davlatlari tilida ham rasmiy qayd etilishi, bu - SHHTning obro’sini yanadaoshiradi. Bu tashkilotga bo’lgan ayrim munosabatlarni ijobiy tomonga o’zgarishiga ham olib keladi. Milliy o’zlikni anglash xalqaro hujjatlarda o’z ifodasini topmog’i kerak deganda muammoning ana shu jihatlariga diqqat jalb etilmog’i lozim.
SHanxay hamkorlik tashkiloti mintaqadaxavfsizlik va barqarorlikni ta`minlashga intilar ekan, tashkilotgaa`zo davlatlar bu borada o’zlarining milliy manfaatlariga mos tushmaydigan yoki atayin u yoki bu millat tuyg’usini toptash, birining qo’li bilan ikkinchisining milliy g’ururiga tegish, xo’rlash kabi umuminsoniy g’oyalarga mutlaq to’g’ri kelmaydigan o’z umrini yashab bo’lgan feodalcha qarashlardan voz kechishni ham taqazo etmoqda. SHHTgaa`zo davlatlarning milliy taraqqiyotida - mintaqaxalqlarining o’z tarixini, o’zligini anglash jarayonlari shiddatli tus olmoqda. Bu O’zbekiston uchun quvonarli hol, albatta. O’zbekistonda ma`naviy milliy qadriyatlarni davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi bugungi kun jamiyat ravnaqi uchun ijobiy ta`sirini o’tkazmoqda.
Bozor munosabatlari yanada chuqurlashgan sari qasddan odam o’ldirish, nosog’lom raqobat, fohishabozlik, alkogolizm, kashandalik bugungi kunda butun Evroosiyo mintaqasini qamrab olmoqda. Rossiyada ham vaziyat shunday keskinligicha qolib ketmasligi uchun uni bartaraf etishning chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Biroq O’zbekiston SHanxay hamkorlik tashkilotigaa`zo davlatlardan ekan ushbu makonda keyingi yillardaana shu vaziyatlar bilan bog’liq salbiy omillar ham e`tiborgaolinmog’i kerak bo’ladi. Keyingi yillarda, ekspertlarning fikriga ko’ra Rossiya xalqining umumiy ahvoli yaxishlanib o’z iziga tushib bormoqda. O’zbekistondan ruslarning har yili yoz boshlanishi bilan Rossiyaga ko’chishini faollashib ketishi inobatgaolinsa, u ta`kidlar zamirida haqiqat borday va ularni O’zbekistondan rus bo’lganligi yoki Rossiya ota-onasining vatani bo’lgani sababli ketyapti deb bo’lmaydi. Eng muhimi bu ko’chishlar Rossiyada nisbatan hayot kechirish engil va yaxshi ekanligi bilan xarakterlanadi.
Bundan tashqari, O’zbekistonda yashovchi qozoq millati vakillari-orolmonlarning ota yurti bo’lgan Qozog’istonga ko’chish jarayoning kuchayganligi, Qozog’istonning shimoliy qismidaasosan rus millati vakillarining ko’pligi, sharqiy hududlarda esaxanzu millatining ko’payishi kabi ichki milliy muammolarning mavjudligi nafaqat Qozog’iston hukumati oldida, balki butun mintaqa davlatlari uchun, mintaqaxavfsizligi va barqarorligining buzilishiga sabab bo’luvchi millatlararo kelishmovchiliklarni, milliy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
Ayrim mutaxassislar, jumladan Rossiya Fanlar Akademiyasi Uzoq SHarq Institutining demograf olimi E.Motrichning ta`kidlashichaXitoyning shimoliy mintaqasi Loyan vaXeyluntsyan viloyatlarida ishsizlik 3 foizdan oshgan. Migratsiya masalalari bilan bog’liq muammolar murakkabligicha qolib ketar ekan SHanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro munosabatlar tizimidagi amaliy faoliyati bir tomonlama bo’lib qolaveradi. SHu sababli tashkilot faoliyati doirasidaana shunday milliy mummolar bilan bog’liq migratsiya masalalarini birgalikda hal etishga ko’proq etibor talab qilinadi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 2003 yil 29 may SHHTgaa`zo davlatlar rahbarlarining Moskva uchrashuvida mintaqada mavjud migraratsiya masalalarini hamkorlikda hal qilish samarali bo’lishini taklif etgan edi. Jumladan, «mintaqada migratsiya masalasi bugungi kun uchun alohid ahamiyat kasb etmoqda. Bu masala o’z echimini topmas ekan davlatlar va butun mintaqa uchun kattaxavfligicha qolaveradi» deya ta`kidlab o’tgan edi. SHuningdek, I.A.Karimov tashkilotgaa`zo barcha davlatlar manfaatlariga mos keluvchi yagona mintaqaviy bozorni tashkil etishgaoid ishlar ustida hamkorlikda ishlashni ham taklif qilgan edi.
Ana shu nuqtai nazardan dunyoda kechayotgan jarayonlarni tahlil qiladigan bo’lsak, bugungi tez sur`atlar bilan o’zgarayotgan dunyoning ziddiyatlardan holi emasligini, yangi tahdidlarning paydo bo’layotganligi, eng achinarlisi, ko’p hollardabuyuk davlatlarning tor manfaatlari doirasida global xavfsizlik va barqarorlikning xavf ostida qolishi hech gap bo’lmay qolmoqda. Afg’onistonda bir necha yillardan beri davom etib kelayotgan urushga va tolibonlar hukmronligiga barham berilishiga qaramasdan vaziyatning og’irligicha qolayotgani holda SHanxay hamkorlik tashkilotigaa`zo Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari kelajagi qanday bo’ladi degan xavf hozir ham muammoligicha qolib kelmoqda. CHunki, Afg’oniston hududida haligachaxalqaro terroristlar va diniy ekstremistlarning tarqoq guruhlari faoliyat yuritmoqda. «Tolibon» harakatining faoliyati neytrallashtirilgan bo’lishiga qaramasdan xalqaroantiterroristik koalitsiya ishtirokchilarining o’z oldiga qo’ygan vazifalari to’laligichaado etilmagan. Mamlakatda tinchlikni saqlashga kafolat bo’luvchi kuchli markazlashgan hokimiyat tuzilmagan. Afg’oniston hududida katta miqdorda qurol-yarog’ va jangovor texnika qolgan. BMT ma`lumotlariga ko’ra mamlakat aholisi qo’lida 10 millionga yaqin o’qotar qurollar saqlanib qolganligi buning isbotidir.
Bu ham hozirdanoq konstruktiv chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Ana shu vazifalar ham xalqaro munosabatlar tizimida SHanxay hamkorlik tashkiloti oldiga mintaqada barqarorlik vaxavfsizlikni mustahamlashda yangi vazifalarni ko’ndalang qo’ymoqda. Eng muhimi SHanxay hamkorlik tashkilotigaa`zo Markaziy Osiyo davlatlarining bu borada bir to’xtamga kelishlari kerak bo’ladi.
Bugungi Markaziy Osiyo davlatlari integratsion jarayonlarni boshdan kechirmoqda ekan, shuni aytish lozimki, bu mintaqada kelajakda integratsiyalashuv jarayonlari ijobiy yo’lda o’zining rivojini topishi muqarrar deb bilamiz. Lekin bunga to’siq bo’lib kelayotgan ayrim «temir pardalar»ni yo’ldan olib tashlash taqozo etilmoqda. Mintaqaviy etakchilik uchun kurash siyosiy -elitalar ambitsiyasi va davlatlar tashqi siyosatida ustivor yo’nalishlardan bo’lib kelayotgan nomutanosiblik esa buning bosh omillaridan bo’lib qolmoqdaki, fikrimizcha vaqti kelib bu kabi salbiy qarashlarga ham amalda barham beriladi.
SHunday qilib, yuqoridagi ko’rsatilganlardan kelib chiqib quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin;
• SHanxay hamkorlik tashkilotining Evroosiyo mintaqasida sobiq Sovet Ittifoqidan keyin paydo bo’lishi ishtirokchi davlatlarning bir-biriga bo’lgan ishonchini mustahkamladi;
• SHHTning mintaqada ijtimoiy-siyosiy «vakuum» vujudga kelgan bir paytda paydo bo’lishi, mintaqadaxavfsizlik, barqarorlik va taraqqiyotni kafolatlashning eng muhim omili bo’lib xizmat qildi;
• SHHT doirasidagina mintaqaxalqlarining xavfsizlik va barqarorligini ta`minlash, ularning bu boradgi hoxish va istaklarini ruyobga chiqaraolishi mumkinligi amalda isbotlandi;
• SHanxay hakmkorlik tashkiloti bundan keyin a`zo davlatlarning o’zaro hamkorlik qilish iqtisodiy, madaniy, kommunikatsiya, tranzit aloqalarini tiklash, ekologik muammolarni birgalikda bartaraf etish, mintaqada kelib chiqishi mumkin bo’lgan milliy nizolarning oldini olish va ularga barham berish imkonini yaratadi;
• tashkilot BMT tomonidan Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi va barqarorligini, erkin taraqqiyot, yadroviy qurollarini cheklash va shu orqali atrof muhitni sog’lomlashtirish dasturlarini ishlab chiqish va ruyobga chiqarish masalalarida unga yordam berib, bu sohadagi imkoniyatlarni yanada kengaytiradi;
• SHHT Markaziy Osiyo davlatlarining o’tish bosqichida ijtimoiy-siyosiy muammolarning echimini topish hamda ularning chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalda tadbiq etish maqsad va vazifalarini ruyobga chiqarishda salmoqli o’rin tutadi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin