Andijon davlat pedagogika instituti


BOSHLANGʻICH SINFLARDA ONA TILI KURSI



Yüklə 340,06 Kb.
səhifə3/29
tarix27.09.2023
ölçüsü340,06 Kb.
#149698
növüРеферат
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
qo\'llanma Feruza (2)

BOSHLANGʻICH SINFLARDA ONA TILI KURSI
1-mavzu. Boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari.
Reja:
1. Ona tili oʻqitish tamoyillari.
2. Ona tili oʻqitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
Tayanch so’zlar: ona tili o’qitish mеtodikasining prеdmеti, pеdagogik fan, boshlang'ich sinflarda ona tili mashg'ulotlari turi va mazmuni, savod o’rgatish mеtodikasi, o’qish mеtodikasi, grammatik va imlo mеtodikasi, o’quvchilar nutqini o’sgirish mеtodikas, mustaqil o‘qishi haqida tushuncha, til, nutq, tafakkur, didaktika, lingvistika, lеksikalogiya, pеdagogik psixologiya, umumiy pеdagogika, fonеtika, morfologiya, orfoepiya, adabiyotshunoslik, til matеriyasi, nutq organlari, til ma'nolari, tilga sеzgirlik, nutqning ifodaliligi, og’zaki va yozma nutq.
Metod aslida yunoncha ,,metodos“ so'zidan olingan bo‘lib, „bilish va tadqiqot yo‘li“, „nazariya“, „ta’limot“ kabi ma’nolami bildiradi. Metodika (yurt, „methodike") biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig'indisi yoki o ‘qitish usullari haqidagi ta ’limot — ta ’lim berish metodlari, yo'llari va vositalari haqidagi fandir. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fanining predmeti o'quvchilarga o'zbek tilini o'rgatish yo'llari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o'qish va yozishni, grammatika va imloni o'zlashtirib olish to'g'risidagi ilmdir.
Metodika maktab oldiga qo'yilgan ta ’lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tilini o'rgatishning vazifalarini va mazmunini belgilaydi, ta ’lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta ’lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi.
Metodika fani quyidagi masalalarni o'rganadi:
1. O'qitishning vazifalari va mazmunini aniqlaydi. Nimani o'qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang'ich sinflar ona tili kursining dasturlarini, ta ’lim mazmunini belgilab beradi, o'quvchilar uchun darsliklar va qo'llanmalar yaratib, ularni takomillashtirib, samaradorligi va muvofiqligini doimiy nazorat qilib boradi.
2. O'qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o'quvchilar amaliy ishlari - mashqlar va yozma ishlaming izchil tizimini ishlab chiqadi, ya’ni „Qanday o'qitish kerak?" savoliga javob tayyorlab beradi.
3. O'quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko'nikma hosil qilishda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya’ni „Nega xuddi mana shunday o'qitish kerak?“ savoliga javob tayyorlaydi. Eng foydali materiallarni, metodlarni o'rganadi, tanlangan metodlarni asoslaydi, tavsiyalarni eksperimental tekshiradi.
Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o'qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo'lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang'ich sinf o'quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o'rgatadi. Shu bilan birga, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitish grammatika, imlo va unga bog'liq holda nutq o'stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o'rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o'qish metodikalarini ham o'z ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) boshlang'ich sinflarda ona tili kursining mazmuni, hajmi va mavjud tizimini, ya’ni kursning (xat-savod o'rgatish, o'qish, grammatika, imlo, nutq o'stirish va h.k.) dasturini belgilash va asoslash;
b) o'qish va yozuvdan bilim va ko'nikmalarning shakllanishi jarayonini hamda bu jarayonda o'quvchilar duch keladigan qiyinchiklarni o'rganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to'g'rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish;
d) ona tilidan beriladigan o'quv materialini o'quvchilar aniq tushunishi va puxta o'zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o'quvchilaming umumiy taraqqiyotiga, ya’ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o'ylashini, nutqini o'stirishga yordam beradigan metod va vositalarni ishlab chiqish;
e) ona tilini o'rgatish bilan bog'liq holda maktablar oldiga qo'yilgan tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o'quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish.
Ona tili o'qitish metodikasi ta ’limning turli bosqichlarida o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini aniqlaydi, o'qishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va kamchiliklami bartaraf etish usullarini topadi. Ona tili metodikasi ta ’lim tizimining barcha bosqichlirida ona tilini o'qitishning izchillik va uzlnksizligini ta’minlaydi. Maktabgacha tarbiya muassasasida, asosan, bolalaming nutqini o'stirish nazarda tutiladi. Boshlang'ich sinfda o'quvchilar nutqini o'stirishdan tashqari, ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o'zlashtirishlari ham nazarda tutiladi. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi:

Yüklə 340,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin