Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


Hissiyot to‘g‘risida umumiy tushuncha



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə104/258
tarix18.02.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#52803
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   258
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

Hissiyot to‘g‘risida umumiy tushuncha


Hissiyot borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsning sub’ektiv kechinmalarini aks ettirilish hodisasidir. Shaxs tirik mavjudod bo‘lishi bilan birga jamiyat a’zosi hamdir, shuningdek, yakkahol (individual) inson sifatida tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlarini xolisona (ob’ektiv) aks ettiradi, in’ikos qiladi. Aks ettirish jarayoni favqulodda o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojini qondirish imkoniyatiga egalikni; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishni; v) uni harakat qildiruvchi, bilishga intiltiruvchi munosabatlarini va hokazo. Sub’ektiv munosabatlarning inson miyasida his-tuyg‘ular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyot va emotsiyani yuzaga keltiradi. Hissiyot -yaqqol voqelikning ehtiyojlar sub’ekti bo‘lmish shaxs miyasida ob’ektlarga nisbatan uning uchun qadrli, ahamiyatli bo‘lgan munosabatlarini aks ettirilishdir. Mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, munosabat atamasi bir necha marta matnda qayd qilindi, shuning uchun unga ayrim izohlar berish maqsadga muvofiqdir. Psixologiyada hali bir talay terminlar, atamalar, tushunchalar mavjudkim, ularga mohiyat, ma’no, qo‘lam, sifat, shakl jihatidan qo‘llanilishi yuzasidan ba’zi bir tuzatishlar kiritilishi ayni muddao bo‘lar edi.

Psixologiya fanida munosabat tushunchasi ikki xil ma’noda qo‘llanilib kelinadi: 1) sub’ekt (shaxs) bilan ob’ekt (narsa) o‘rtasida tabiiy holda (tarzda) yuzaga keladigan o‘zaro aloqa o‘rnatish (ob’ektiv munosabatlar); 2) o‘rnatilgan aloqalar aks ettirilishi (ularning kechinmasi), xususiy sub’ektning ehtiyojlari va ularning ob’ektlararo munosabati (sub’ektiv munosabatlar), binobarin, namoyon bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga shay turgan narsalar bilan odam o‘rtasidagi munosabat ma’nosida ishlatiladi. Hissiyot tushunchasi kundalik turmushda va ilmiy-psixologik manbalarda har xil ma’noda qo‘llaniladi. Jumladan, hissiyot o‘rnida sezgilar, anglanilmagan mayllar, anglanilmagan xohishlar, tilaklar, maqsadlar, talablar tushunchalardan foydalaniladi. Bu holatlar o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlikka asoslanib ishlatilishi kundalik turmush voqealari bo‘lib hisoblanadi, xolos. Ilmiy nuqtai nazardan kelib chiqib tahlil qilinganda «Hissiyot» odatda tirik mavjudodlar miyasida, ya’ni shaxslarning ehtiyojlarini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi ob’ektlarga nisbatan uning (odamning) munosabatlarini aks ettirish ma’nosida qo‘llaniladi.

Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» terminlari (ayniqsa chet mamlakatlarda) bir xil ma’noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish mumkin emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop etilgan darsliklarda aksariyat hollarda uchraydi. Odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan his-tuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning ta’bassumlanishi, lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgu, yig‘i, g‘amginlik, ikkilanish, sarosimalik va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-oqibat, sevgi- muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hodisa hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar o‘zining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, ta’sirchanligi, yo‘nalganligi bilan bir-biridan keskin farq qilishlariga qaramay, ularni emotsiya sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo‘lar edi. Shu boisdan ularning o‘zaro eng muhim farqi shundaki, birisi ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi.

Ta’kidlab o‘tilgan mulohazalarga qaramasdan, hissiyot bilan emotsiyaning o‘zaro bir-biridan qat’iy cheklab qo‘yish ham ba’zi anglashilmovchilikni keltirib chiqarishi mumkin. Faoliyat, xulq-atvor, muomala sub’ekti o‘zining shaxsi hamda jamiyati uchun ahamiyatli hisoblangan narsalar va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati hissiyotda mujassamlashadi. Shaxsning individual hayoti va faoliyatiga aloqador (xoh foydali, xoh zararli bo‘lishdan qat’i nazar) omillar, qo‘zg‘ovchilar, turtkilarni ifodalovchi hamda kelib chiqishi instinktlar, shartsiz reflekslar, irsiy belgilar (ovqatlanish, jinsiy, himoyalanish, qo‘rqish va boshqalar) bilan bog‘liq sodda hissiy holatlar «emotsiya» deyiladi. Emotsiyalar nafaqat insonlarga, balki jonli rivojlangan mavjudodlarga ham taalluqli ruhiy (psixik) holatlardir. Hayvonlardagi emotsiyalar o‘zgarishi murakkab bo‘lgan tabiylik (irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda tuzilishga egadir. Odam bilan hayvon emotsiyalari o‘zlarining mohiyati, tuzilishi, ta’sirchanligi, jadalligi, sifati, shakli bilan keskin tafovutlanadi. Emotsiyalar tashqi ko‘rinishga xosligi bilan, muvaqqat xususiyatga ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o‘tish joizki, hissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas, u aql-zakovat sub’ekti sanalmish hazrati insongagina xos, xolos, chunki empatik (hamdardlik) his-tuyg‘ular shaxsning mukammallik bosqichiga ko‘tarilishiga kafolat negizidir.

Hissiyot bilan emotsiya (uning yuksak darajalari nazarda tutiladi) inson shaxsining ijtimoiy hayotiy shart-sharoitlarida yuzaga kelgan, odamning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida shakllangan (evolyutsion yo‘sinda), muayyan ijtimoiy muhitda (jamiyatda) istiqomad qiluvchi kishilar tomonidan o‘zlashtirilgan g‘oyalar, me’yorlar, qonun-qoidalar, nizomlar, qadriyatlarni aks ettiruvchi anglanilgan his-tuyg‘ular, murakkab ichki kechinmalarni vujudga kelish jarayonidir.


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin