Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


Hissiyot va emotsional holatlarning fiziologik asoslari



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə108/258
tarix18.02.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#52803
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   258
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

3. Hissiyot va emotsional holatlarning fiziologik asoslari.


Emotsional holatlar boshqa ruhiy jarayonlar singari miya faoliyatining natijasi yoki mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Emotsional holatlarning yuzaga kelishiga tabiatda va jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, munosabatlar, aloqalar, taassurotlar asosiy sababchidir. O‘zgarishlar o‘z navbatida, birinchidan, shaxs hayoti va faoliyatining jadallashi yoki pasayishiga, ikkinchidan, insondagi ayrim ehtiyojlarning paydo bo‘lishiga yoki yo‘qolishiga, uchinchidan, odam ichki organlari funksional holatlarining beqarorlashuviga olib keladi. His-tuyg‘ular uchun eng xususiyatli fiziologik jarayonlar negizi sifatida shartsiz va shartli reflekslar xizmat qiladi va ularning muayyan tizimi bosh miya katta yarim sharlari po‘stida yuzaga keladi hamda shu joyda mustahkamlanadi. Murakkab shartsiz reflekslar esa:

1) yarim sharlarning po‘stloqosti bo‘shliqlari:

2) miya stvoliga tegishli ko‘rish tepachalari (do‘ngliklari);

3) nerv qo‘zg‘alishlarini miyaning yuqori bo‘limlaridan vegetativ tizimiga o‘tkazib beruvchi markazlari orqali amalga oshiriladi. Shaxsda his-tuyg‘ularning kechishi hamisha miya po‘sti bilan po‘stloqosti markazlarining birlikdagi (hamkorlikdagi) faoliyati natijasida ro‘yobga chiqadi

Shaxs ruhiy olamida, uni qurshab turgan tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar (xoh tabiiy, xoh sub’ektiv bo‘lishidan qat’i nazar) kechinmalar sub’ekti (inson) uchun qanchalik qadr-qiymat, yuksak ahamiyat kasb etsa, hissiy holatlarning mazmuni shunchali purma’no bo‘ladi. Buning ta’sirida yuzaga keladigan muvaqqat bog‘lanishlar tizimining qayta qurilishi qo‘zg‘olish jarayonini hosil qiladi. Mazkur jarayon miya katta yarim sharlari po‘stida tarqalib, so‘ng po‘stloqosti markazlarini egallab oladi. Katta yarim sharlar po‘stidan pastda turuvchi miya bo‘limlarida organizm fiziologik faoliyatining turli markazlari (nafas olish, ovqat hazm qilish va hokazo) joylashgan. Shu sababdan po‘stloqosti markazlarining qo‘zg‘alishi ba’zi ichki a’zolar faoliyatining kuchayishiga olib keladi. Jumladan, nafas olish ritmikasining o‘zgarishi (hayajonlanganda bo‘g‘ilib qolishini, og‘ir va tartibsiz nafas olishni yuzaga keltiradi), yurak faoliyatining buzilishi (yurak urishini tezlashtiradi), organizmni qon bilan ta’minlash izdan chiqishi (uyalgandan qizarishni, qo‘rqqandan oqarishni keltirib chiqaradi, ichki sekretsiya bezlari ishining nuqsonlari ko‘z yoshining oqizadi, hayajonlanganda og‘izini quritadi, qo‘rqqanda «sovuq» ter chiqaradi va hokazo.)

Ilmiy manbalarda talqin qilinishicha, miya katta yarim sharlarining po‘sti mo‘’tadil sharoitida po‘stloqosti markazlariga boshqaruv va tormozlov yo‘sinida ta’sir ko‘rsatadi hamda hissiyotining tashqarida ifodalanishiga yo‘q qo‘ymaydi. Miya po‘sti kuchli darajada qo‘zg‘alsa, uning ta’sirida boshqaruvchanlik funksiyasi buziladi. Shaxs qattiq charchasa yoki kuchli mast bo‘lsa, irradiatsiya oqibatida po‘stloqosti markazlari ham qo‘zg‘aladi, natijada harakatni nazorat qilishi yo‘qoladi.

Miya faoliyatining elektrofiziologik tadqiqotlari emotsiyalarning paydo bo‘lishida gipotalamolimbik (yunoncha hypothalamus bosh miya bo‘limi nomi) tizimi va retikulyar formatsiya (lotincha reticulum to‘rsimon, formatio, bog‘lam ma’nosini anglatadi) ning roli ko‘rsatib o‘tilgan. Ma’lumotlarda ko‘rsatilishicha, emotsional holatlarning fiziologik mohiyati katta yarim sharlar po‘stining va po‘stloqosti tizimi markazlarining funksiyasigina emas, balki ular: a) miya mexanizimlari faoliyatini faollashtiruvchi retikulyar formatsiyaning, b) miyaning talamus (ko‘rish do‘ngliklari) ning, gipotalamusning (do‘nglikosti qismining), v) yarim sharlar yangi po‘stlog‘i orasidagi limbik sistemaning funksiyalaridir.

Emotsional holatlar uchun po‘stloqosti tugunchalarining tarkibiga kiruvchi (miya katta yarim sharlarining oq moddasi bilan birlashuvi kulrang modda yig‘indisi) markazlar ham muhim ahamiyatga ega. Agarda miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i harakatlarini birlashtirib, sezgilarni va sa’i-harakatlarni nozik ifoda qilib tursa, miya formatsiyalari tashqi hamda ichki muhitda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga organizmning javob reaksiyalarini boshqaradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i shikastlansa, tashqi olamdan hamda ichki organlardan keladigan qo‘zg‘ovchilarning nozik tahlil qilinishi zaiflansa ham emotsional holatlar saqlanib qolaveradi. Masalan, hayvonlar limbik tizimga, do‘ngosti (gipotalamus) qismiga, ko‘rish tepaliklariga yo‘nalgan elektr qo‘zg‘atuvchilarga, retikulyar formatsiyasining qo‘zg‘alishlariga xursandlik yoki diqqinafaslik, darg‘azablik yoki qurqoqlik, lazzatlanish yoki azoblanish, rohatlanish yoki ko‘ngilxijillik sifatida javob reaksiyasi hosil bo‘ladi.

Psixofiziolog olimlarning ma’lumotlariga qaraganda, miyaning muayyan joylaridan elektrod yordamida biotoklarni yozib olishning ko‘rsatishicha, sut emizuvchilarning gipotalamuslarida ham «rohatlanish», ham «azoblanish» markazlari mavjud ekan. Tajribada «rohatlanish» markazi qo‘zg‘atilganda yoqimli hislar uyg‘ongan, elektr toki bilan «azoblanish» markazi qo‘zg‘atilganda esa hayvonlar qaltirab, o‘zini har tomonga tashlagan. Keyinchalik sut emizuvchilar azoblantiruvchi emotsiyadan qochishga harakat qilganlar.

Yuqorida ta’kidlanganidek, ijobiy va salbiy his-tuyg‘ularning shunga o‘xshash markazlari bosh miyaning boshqa bo‘limlarida joylashganligiga qaramay, shartli ravishdagi rohatlanish va azoblanish markazlari ham mavjuddir.

Emotsiyalar bir-biriga yaqin masofada faoliyat ko‘rsatadilar. Tajribada qo‘sh (juft) markazlaridan birida elektrod bilan hosil qilingan qo‘zg‘alish ehtiyojdan kelib chiqqan holda salbiy yoki ijobiy emotsiyadan faqat bittasini vujudga keltirgan, xolos. Ba’zida yondosh joylashgan markazlarda qo‘zg‘olish tarqalgan bo‘lsa, u holda ambivalent yoki ikkiyoqlama reaksiya ro‘yobga chiqadi. Shartli ravishda nomlangan markazlar (rohatlanish, azoblanish) bir-biriga yaqin joylashishiga qaramasdan, har xil tuzilishga ega ekanligi aniqlangan. Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, «azoblanish» markazlari miyaning turli bo‘limlariga joylashsa-da, lekin ular yagona tizim bilan boshqariladi. Salbiy emotsiyalardan farqli o‘laroq ijobiy his-tuyg‘ular va «rohatlanish» markazlari bir-birlari bilan jips aloqaga ega emas. Ta’kidlab o‘tilgan mulohazalar emotsiyalar juft hamda qarama-qarshi xususiyatga ega ekanligidan dalolat bermoqda. Shuning uchun har qaysi emotsiya qarama-qarshi turkumiga ega deb qat’iy ishonch bilan aytish mumkin, jumladan, sevgi-nafrat, yoqimli-yoqimsiz, xotirjamlik-bezovtalanish mas’uliyatlik-loqaydlik va boshqalar.

I. P. Pavlov, Ch. Sherrington, P. K. Anoxin, N. A. Bernshteyn, Ye. N. Sokolov, T. V. Simonov, D. Lindsley, R. U. Liper, B. I. Dodonov, U. Jems va boshqalarning tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, tahlil qilingan markazlarning qo‘zg‘atilishi shartli reflekslari hosil qilinishini mustahkamlovchi omil hisoblanadi. Buning natijasida elektr qo‘zg‘ovchi yordami bilan miya katta yarim sharlarining po‘stida bilish jarayonlari va xatti-harakatlar stereotiplarining negizini tashkil qiluvchi muvaqqat bog‘lanishlar hosil qilinadi. Shartli reflekslarning so‘nishi, tormozlanishi, po‘stloqning tanlash (selektiv) tizimi miya stvolining uzunasi bo‘yicha tepalikosti va po‘stloqosti nerv tugunlaridagi «markazlar» ning faoliyatiga bog‘liqdir. I. P. Pavlov o‘sha davrdayoq, «dinamik stereotip»ni hosil qilgandan keyin oliy nerv faoliyatida uni buzilish salbiy hissiyotlar kechishi uchun negiz bo‘ladi, dinamik stereotipni oldindan tayyorlab, so‘ng uni o‘zgarishi ijobiy his-tuyg‘ularni paydo qiladi, deb qat’iy ishontirgan edi.

Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, miyaning tepalikosti qismida (gipotalamusda) gi markazlar rohatlanish yoki azoblanish vaziyatlari ko‘p marta takrorlansa ham hech o‘zgarmasligi mumkin, lekin miya katta yarim sharlari po‘stloqosti nerv tugunchalari bo‘ylab yoyilgan markazlar qo‘zg‘otilishi natijasida emotsional reaksiyalar kuchsizlanishi, hatto so‘nishi ham kuzatiladi. Bu voqelik shu bilan izohlanadiki, aqliy faoliyat va axloqiy kechinmalar emotsional tusi o‘zining o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Binobarin, organizmning birlamchi ehtiyojlari yuzasidan signal beruvchi emotsional reaksiyalar takroran qanoatlantirgandan keyin ham so‘nmaydi. Shuningdek, organik jarohat tufayli og‘riq kamaymaydi, muayyan reaksiyalar o‘zgarmaguncha jismoniy mashqdan maroqlanish shaxs ko‘ngliga tegmaydi. Buning uchun albatta, salbiy, ijobiy, aralash (ambivalent) signallar insonning hayoti va faoliyatida o‘z ahamiyatini yo‘qotish kerak.

Turli markazlarni qo‘zg‘otganda yuzaga keladigan rohatlanish yoki azoblanish emotsiyalarining sifatiga, darajasiga va barqarorligiga asoslangan holda har bir sharoitda hissiy ifodalangan shartli reflektor aloqalar bir marta mustahkamlanganda hosil bo‘lishini boshqa vaziyatda mustahkamlanish uchun ko‘p urinishga qaramay aloqani tiklash mushkul ekanligini izohlash mumkin. Bu o‘rinda shaxsning barqaror emotsional yo‘nalganligi, mayllar mustahkamligi ruhiy hodisasini uning turmush tarzini, hayotiy ideallarni tushuntirish mumkin. Masalan, mayxo‘r (alkogol) yoki narkoman uchun rohatlanish bilan bog‘liq xatti-harakat birlamchi bo‘lganligi tufayli turli ijtimoiy voqealar (oiladagi judolik, ishxonadagi ko‘ngilsizlik, tabiiy ofat va boshqalar) uni bu yo‘ldan to‘xtatib qololmaydi, lekin muvaqqat holat vujudga kelishi mumkin (aytaylik bir necha daqiqa o‘zini tiyib turish), biroq tezda tabiiy ehtiyojga mutelik qilib, «tarki odat-amri mahol» yo‘sinda ish tutaveradi.


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin