Ilmiy tadqiqotchilarning fikricha, yuksak iste’dod quyidagicha bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin:
a) Bunday shaxsning birinchi xususiyati - ziyraklilik, shaylik, jiddiy faoliyatni bajarishga tayyor turishlikdir;
b) Shaxsning ikkinchi xususiyati - uning mehnatga tayyorligi (mehnatga moyilligi, mehnatga intilishi, mehnatning ehtiyojga aylanishi)dir;
v) Insonning uchinchi xususiyati - unda tafakkur xususiyatlari va fikr yuritishning tezligi, aqlning tartibliligi, tahlil va umumlashtirishning yuqori imkoniyatlari, aqlning mahsuldorligidir. Ma’lumotlar tahlilining ko‘rsatishicha, maxsus iste’dod tuzilishi yuqoridagi sifatlardan tashqari, aniq faoliyat talablariga muvofiq keluvchi bir qator qobiliyatlar bilan to‘ldiriladi.
Talant o‘zining umumiy va maxsus sifatlari yig‘indisi bilan ijodiy yutuq imkoniyatining ayniyatidir. Talant mahoratning dastlabki sharti hisoblansa-da, lekin ular bir-biridan muayyan darajada tafovutlanadi. Talant - katta, ijodiy va zo‘r mehnat mahsulasidir. Mehnat esa hayotiy tajriba, ko‘nikmalarning zaruriy majmuasi manbaidir. Ijodiyotning sharti - bu hayotiy tajriba, zaruriy ko‘nikma va malakalar yig‘indisining mavjudligidir. Ijodiy faoliyat talantning ajralmas qismi hisoblanib, bunda ruhlanish deb nomlangan psixologik holat alohida ahamiyat kasb etadi. Ruhlanish esa faoliyat mahsuldorligi ortishiga qaratilgan ijodiy lahzadan iboratdir. Talant imkoniyat tariqasida psixologik hodisa hisoblansa, u holda mahorat-haqiqatga aylangan imkoniyat gavdalanishidir. Psixologik nuqtai nazardan haqiqiy mahorat - bu shaxs talantining faoliyatda namoyon bo‘lishidir.
Dostları ilə paylaş: |