Ushbu tipologiyani osonroq qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:
Shaxs psixik faoliyatida birinchi signallar sistemasining signallari nisbatan ustunlik qilsa, inson «badiiy» tipga taalluqlidir;
Mabodo «signallarning signali» nisbatan ustuvor bo‘lsa - bu shaxs «fikrlovchi tipga» munosibdir;
Agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo‘lsa (birortasining ustunligi sezilmasa) - bu inson «o‘rta tipga» mansub odamdir.
Tipologiyaning o‘ziga xos tomonlari qisqacha ifodalanganda yoki tavsif qilinganida quyidagilar namoyon bo‘ladi:
«Badiiy tip» uchun bevosita u taassurotlar, jonli tasavvur, yorqin idrok, his-tuyg‘ular (emotsiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi xosdir.
«Fikrlovchi tip» uchun mavhumlarning, mantiqiy tizilmalarning, nazariy mulohazalarning, metodologik muammolarning ustunligi muvofiqdir.
Badiiy tipning mavjudligi aqliy faoliyatning zaifligi yoki aqlning yetishmasligini bildirmaydi, lekin bu o‘rinda gap psixikasining obrazi jabhalarini fikrlovchi tomonlari ustidan nisbatan ustuvorligi haqida boradi, xolos. Biroq shuni ta’kidlash joizki, shaxsning ikkinchi signallar tizimi birinchi signallar tizimidan ustunlik qiladi va bu ustuvorlik mutlaqlik xususiyatiga egadir. Ma’lumki, insonlarning hayot va faoliyatlarida til bilan tafakkurning o‘rni hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, shaxs tomonidan borliqni aks ettirish jarayoni so‘zlar, fikrlov vositasida ro‘yobga chiqariladi.
Signallar tizimi orasidagi munosabatni matematik tarzda quyidagicha aks ettirish mumkin:
a) C2 > C, C2-ikkinchi signallar tizimi, C1- birinchi signallar tizimi;
b) birinchi signallar tizimining ikkinchi signallar tizimidan nisbatan ustunligi («badiiy tip»): C> C Q m ( m - mazkur tip namoyandalarining borliqni emotsional va obrazli bilish xususiyati jihatidan ajratuvchi belgisi);
v) «fikrlovchi tip» mana bunday ifodalanishi kuzatiladi:
C2Qn>C1 (n- mazkur tip namoyandalarini boshqalardan ajratuvchi olamga mavhum munosabatning xususiyati).
Shunday qilib, shaxsning u yoki bu faoliyatiga tayyorligi tariqasida yuzaga keladigan har qaysi yaqqol qobiliyatlar tuzilishi o‘z tarkibiga yetakchi va yordamchi, umumiy va maxsus nomdagi majmua sifatlarni (xislatlarni) qamrab olgan bo‘lib, murakkab tizimdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |