ILMIY PSIXOLOGIYA - psixik hayotning dalillarini, psixologik qonunlarni, psixik faoliyatning mexanizmlarini o‘rganadi. Psixik xayogning dalillari miqdor va sifat jihatdan xarakterlanadi. Masalan: idrok sharoitlari o‘zgarib tursa ham idrok qilingan narsaning inson ongidagi obrazi nisbatan o‘zgarmay qolaverishi psixik hayotning sifat xarakteristikasi bo‘lsa, muayyan bir kishining ta’sir ko‘rsatuvchi qo‘z-atuvchidan ta’sirlanishgacha ketgan vaqt o‘lchovi uning miqdor xarakteristikasidir. Psixik dalillarning takrorlanishi natijasida psixologik qonuniyatlar paydo bo‘ladi. Ba’zi bir psixologik dalillarning yuzaga kelishida har gal buning uchun tegishli shart-sharoitlar, ya’ni qonuniyatlar mavjud bo‘lishi muqarrar. Masalan: Idrokning barqarorligi kishida avval boshdanoq, ya’ni tug‘ilishi bilanoq mavjud bo‘lmasdan, asta-sekishshk bilan qonunlarga binoan shakllana boradi. Psixik faoliyat mexanizmlari, u yoki bu psixik jarayonni amalga oshiradigan aniq, anatomik-fiziologak apparatdir, Masalan: sezgilarning mexanizmi analizatorlarning ish jarayonidir.