Faoliyat turlari:
Uyin faoliyati.
Ukish faoliyati.
Mexnat faoliyati
Faoliyat jahon psixologiyasi fanining asosiy (fundamental) tushunchalaridan biri hisoblanib, ko‘pincha psixologik kategoriya sifatida olib qaraladi. Shuning bilan birga ushbu tushuncha haddan ziyod keng ma’noli va ko‘p ahamiyatli tarzda foydalanilganligi tufayli uning mohiyati yoyiq bo‘lib boradi, natijada qiymati asl mazmunini yo‘qotadi. Xuddi shu boisdan psixologiyada faoliyat uchun umumiy qabul qilingan definitsiya mavjud emas, foydalanib kelinayotgan tuzilma, ta’rif esa ko‘p hollarda tanqidga uchraydi. Holbuki shunday ekan, semantik tahlil o‘tkazish orqali faoliyatga nisbatan turlicha qarashlarni umumlashtirish, o‘zaro taqqoslash zaruriyati aniqlangan bo‘lar edi, bu esa o‘z navbatida uning (faoliyatning) ilmiy-psixologik ob’ektiga aylantirishi unga aloqador tushunchalar tarkibini mukammallashtirish imkoniyatini vujudga keltiradi.
Ensiklopediya, izohli lug‘at va lingvistik so‘zliklardagi ma’lumotlar, ilmiy matnlar tahlilining ko‘rsatishicha, faoliyat tushunchasi falsafa, fiziologiya, sotsiologiya, psixologiya fanlari predmetidan kelib chiqib, o‘zaro qorishish oqibatida mehnat, ish, aktivlik, xulq singari to‘rt xil tavsifga ega bo‘lgan.
I.M.Sechenov fiziologik organlar va tizimlar faolligi yoki ishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lgan, shu sababdan uning asarlarida "tafakkurning faol shakli", "tafakkur faoliyati", "miya faoliyati", "muskul faoliyati" so‘z birikmalari keng ko‘lamda joy egallagan. I.P.Pavlov tomonidan "oliy nerv faoliyati", N.A.Bernshteyn esa "fiziologiya faolligi" atamasi fan olamiga olib kirgan. Lekin N.A.Bernshteyn faollik, faoliyat, ish, mehnat tushunchalarini ma’nosiga ko‘ra farqlagan bo‘lishiga qaramay, u aksariyat hollarda faollikni faoliyat ma’nosida qo‘llagan.
Psixofiziologiyada faoliyat faollikni fiziologik ma’nosi sifatida talqin qilingan bo‘lsa, ish, mehnat faoliyati "mehnat faolligi" mazmunida qo‘llanadi. Ijtimoiy psixologiyada "faoliyat-faollik-ish-mehnat", "faoliyat-xulq", "mehnat-xulq-faoliyat" ko‘rinishlari juftligi uchrab turadi. S.L.Rubinshteyn ong va faoliyat birligi prinsipini ilgari surib va atroflicha asoslab berib, faoliyat psixologiyasini yaratish zaruriyatini tushuntira oldi. Uningcha, mehnat psixologik emas, balki "ijtimoiy kategoriya", psixologiya esa "mehnat faoliyatining psixologik jabhalarini" tadqiq etadi. Psixiklilikning namoyon bo‘lishi yoki hukm surishining ob’ektiv shakli xulqda, faoliyatda ifodalanadi (aks ettirish harakati ma’nosida).
A.N.Leontev faoliyatning psixologik nazariyasini yaratib, uning asosiy tushunchasi sifatida "predmetli faoliyat" so‘z birikmasini fanga olib kirdi. Muallif tomonidan "odamning hissiy amaliy faoliyati" so‘z birikmasi "ijtimoiy inson" sifatida talqin etiladi. Uning asarlarida "faoliyat", "xulq" tushunchalari har xil mazmunda ishlatiladi, jumladan, "teskari aloqalar vositasida xulqni boshqarish", "faoliyatning halqali tuzilishi", "faoliyatni boshqarish", "qo‘lning tuyush faoliyati", "perseptiv faoliyat", "retseptor va effektor apparatlarning hamkorlik faoliyati" kabilar.
B.G.Ananev faoliyat psixologiyasini faollik psixologiyasi ma’nosida tushunadi. Uning fikricha, bilish va muomala faoliyatning birlamchi ko‘rinishidir. Tadqiqotchi "inson faoliyati", "tashkiliy ish", "tashkilotchilik faoliyati", "xulq jarayonining algoritmlari" atamalaridan har xil ma’noda foydalanadi. Yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, miyani ilgarilab aks ettirish imkoniyati va hali amalga oshirilmagan harakatning natijasi inson psixikasida qay tarzda in’ikos etilishi kuchli qiziqish uyg‘otadi. Bu hodisani izohlashning yagona yo‘li – u ham bo‘lsa borliqning muhim xususiyati hisoblanmish qonuniyatning mavjudligidir. Borliqdagi qariyb (neosfera hisobga olinmaganda) barcha narsalar, munosabatlar, xususiyatlar, shart-sharoitlar, tuzilmalar bir-biri bilan doimiy bog‘liqlikka ega bo‘lib, muayyan qonuniyat asosida harakatlanadi, bu holatdan ikkinchisiga o‘tadi. Xuddi shu bois ob’ekt bilan hodisa o‘rtasidagi o‘zgarmas, barqaror munosabatlar, ob’ektning muhim xususiyatlari hodisaning qonuniyati deyiladi. Ularda o‘zgarmas xususiyatlar va qonuniyatlarning mavjudligi o‘zgarishlarni oldindan payqash, harakatlarni muvofiq yo‘naltirish imkonini vujudga keltiradi. Tashqi, yaqqol faoliyat favquloddagi davrda ichki timsoliy (psixik) faoliyat tarzida his etiladi. Ob’ektlarga yo‘naltirilgan yaqqol harakatlar ularning muhim xususiyatlariga mo‘ljallangan timsoliy jarayon bilan almashtiriladi. Xuddi shu sababdan tashqi, yaqqol harakatdan, ichki, timsoliy harakatga mana shu tarzda o‘tish jarayoni interiorizatsiya (ichki tarzga aylanish) deb ataladi. Interiorizatsiya muammosi rus olimlari L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari tomonidan turli jabhalarda tadqiqot qilingan. Interiorizatsiya sharofati bilan inson psixikasi muayyan vaqt oralig‘ida uning idrok maydonida yo‘q narsalarning timsoli (obrazi)dan foydalanish qurbiga ega bo‘ldi. Shu narsa ma’lumki, bunday o‘zgarishlarning muhim quroli bo‘lib so‘z, o‘zgarish vositasi sifatida nutqiy faoliyat xizmat qiladi. Shuning uchun so‘zlarni to‘g‘ri ishlatishga odatlanish favqulodda buyumlarning muhim xususiyatlari axborotidan foydalanishning usullarini o‘zlashtirish demakdir.
Inson faoliyati murakkab va o‘ziga xos jarayon bo‘lib, shunchaki ehtiyojlarni qondirishdan iborat emas, balki ko‘pincha jamiyatning maqsadi va talablari bilan belgilanadi. Xuddi shu boisdan qo‘yilgan maqsadning anglanilganligi va unga erishish bo‘yicha ish-harakatlari tajribasi anglanilganligi va unga erishish bo‘yicha ish-harakatlari tajribasi bilan bog‘liq ekanligi inson faoliyatining o‘ziga xos belgisi bo‘lishini tasdiqlaydi. Shuning uchun shaxs faoliyatining jismoniy (tashqi) va psixik (ichki) tuzilmalari bir-biri bilan uyg‘unlashganligi ko‘zga tashlanadi. Inson faoliyatining tashqi jabhasi uning atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan sa’i-harakatlar ichki (psixik) jihatiga bog‘liq bo‘lib, ularni motivlashtiradi, bilishga undaydi va boshqaradi. Shuningdek, tashqi jabha o‘z navbatida: a)psixik faoliyat buyumlar va jarayonlar xususiyatlarini o‘zida namoyon qiladi; b) ularning maqsadga muvofiq tarzda qayta o‘zgartirilishini amalga oshiradi; v) psixik andozalar o‘xshashligini, natijalar va harakatlarning kutilmalariga muvofiqligini ko‘rsatadi; g) ularni uzluksiz ravishda yo‘naltirib va nazorat qilib turadi. Shunga muvofiq ravishda tashqi, yaqqol faoliyatni ham ichki (psixik) faoliyatning eksteriozatsiyalashuvi (tashqi tarzga aylanishi) deb baholash maqsadga muvofiq. Psixologiya fanida harakat tushunchasi tahlil qilinganida u motor (jismoniy) harakat, sensor (hissiy) harakat va markaziy qismga ajratiladi. Shunga muvofiq ravishda ajratilgan tarkiblar harakatni amalga oshirish jarayonida bajaradigan ishlarni ijro etish, nazorat qilish va boshqarish bilan shug‘ullanadi. Faoliyat harakatlarini ijro etish, nazorat qilish va boshqarishda qo‘llaniladigan yo‘l-yo‘riqlar uning usullari deyiladi.
Odatda harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshirilishi kuzatiladi. Harakatni bajarishda ong borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ishni amalga oshirish avtomatlasha boshlaydi, ayrim mayda- chuyda qismlarga nisbatan e’tibor (nazorat) kamayadi. Shuning uchun inson faoliyatida maqsadga yo‘naltirilgan sa’i-harakatlarni ijro etish va boshqarishning muayyan darajada avtomatlashuvi malaka deyiladi. Xuddi shu boisdan harakatlarni boshqarish bilan sa’i-harakatlarni boshqarish aynan bir narsa emas, albatta. Chunki sa’i-harakatlarning yuksak darajada avtomatlashuvi uning o‘z tarkibidagi harakatni ongli ravishda idora qilish bilan uyg‘unlashib ketadi. Patologik holatlardan tashqari, barcha faoliyat turlari ong bilan boshqarilib turadi. Harakat tarkiblarining avtomatlashuvi: birinchidan, ongli ravishda yo‘naltirilgan ob’ektni almashtiradi. Ikkinchidan, harakatning umumiy maqsadlarini, uning ijro etilishi shart- sharoitlarini, natijalarini nazorat qilishni, uchinchidan, ularni baholashni ong uning tasarrufi doirasiga kiritadi.
Malakaning tuzilishi. Harakatning qisman avtomatlashuvi tufayli uning tuzilishida ayrim sifat o‘zgarishlari yuz beradi va ular quyidagilardan tashkil topgandir:
Birinchidan, sa’i-harakatlarning ijro etilishi usullari o‘zgaradi. Bunda bir qator sodda sa’i-harakatlar yagona jarayonga (tarkibga) kiruvchi ba’zi sodda sa’i-harakatlar o‘rtasida to‘siq va uzilish ro‘y bermagan bitta murakkab sa’i-harakat o‘zaro bir-biriga qo‘shilib ketadi, ortiqchalari esa bartaraf etiladi.
Masalan, bola velosipedni uchishga o‘rganayotgan paytida bir qancha ortiqcha harakatlarni amalga oshiradi: o‘zini bir tekis tuta olmaydi, pedalni birini bosib, ikkinchisini bosmaydi, rolni qattiq tutadi, yo‘lga diqqatini taqsimlay olmaydi, o‘rindiqqa noqulay o‘tiradi, birovning yordamiga tayanadi. Malakali velosiped haydovchisi harakatni silliq bajaradi, ortiqcha urinishlarga yo‘l qo‘ymaydi. Harakatlarni o‘zlashtirish jarayonida: a)sa’i-harakatlar tarkibi; b)sa’i-harakatlar izchilligi; v)sa’i-harakatlar uyg‘unligi; g)ularning tezligi rejali kechishiga sharoit yuzaga keladi.
Ikkinchidan, harakatni sensor (hissiy) nazorat qilish usullari o‘zgaradi. Dastavval, sa’i-harakatlar amalga oshishini ko‘rish organi orqali nazorat qilish kinestetik (mushaklar yordamida harakat) nazorat bilan almashadi. Chunonchi, charxchi asbobning tezligiga emas, balki ko‘proq pichoq tig‘iga e’tibor qaratadi. Sa’i-harakatlarning xususiyatini aniqlovchi har xil o‘lchamlarining nisbatini baholash imkonini vujudga keltiradigan sensor sintezlar (yunoncha synthesis uyushma demakdir) hosil bo‘ladi. Harakat mahsullarini nazorat qilishga alohida ahamiyat kasb etadigan mo‘ljallarni farqlash va ajratish uquvchanligi insonda rivojlanadi.
Uchinchidan, harakatni markazdan turib boshqarish usullari o‘zgarib boradi. Harakat usullarini idrok etishdan diqqat xoli bo‘lib, u uning vaziyati va mahsulasiga qaratilgandir. Topshiriq yechimlari, aqliy faoliyat jarayonlari tezkorlikda, hamkorlikda bajarila boshlaydi. Jumladan, uchuvchi samolyot dvigatelining ortiqcha kuch bilan ishlayotganini tovushidan fahmlaydi. Narsalarni aniqlashga sarflanadigan vaqt kamaya boradi. Qo‘llanishga mo‘ljallangan usullarni turkum tarzda ong yordamida oldindan payqash (sezish, fahmlash, bilish) jarayoni antitsipatsiya (lotincha anticipatio oldindan fahmlash, sezish ma’nosini anglatadi) deyiladi.
Shuning uchun harakat usullaridagi mazkur o‘zgarishning siri nimada va ular qanday psixologik mexanizmiga ega? degan savolning tug‘ilishi tabiiydir. Psixologik mexanizm (ta’minlash) o‘z ichiga izlanish urinishlarini va tanlashni oladi. Shaxs u yoki bu harakatni bajarishga urinib ko‘radi, hatto ushbu jarayonni nazorat qilib ham turadi. Bu o‘z navbatida muvaqqiyatli urinishlar (sa’i-harakatlar), o‘zini oqlagan chamalashlar, mo‘ljallar inson tomonidan tanlanadi va asta- sekin mustahkamlanadi. Qo‘llanganda foyda (naf) bermagan harakatlar samara beruvchilari bilan almashtiriladi. Bu holat muayyan davr davomida takrorlanadi yoki mashq qilinadi. Ana shundan kelib chiqqan holda muayyan harakatlarni o‘zlashtirish maqsadida ularni ongli ravishda nazorat qilishga va o‘zgartirishga harakat qilinadi. Amaliy ish harakatlarini takrorlanmasdan turib, turli xususiyatli malakalarni shakllantirib bo‘lmaydi.
Malakani shakllantirishda bajarilayotgan harakatlarning nutq faoliyatida so‘z bilan ifodalanishi va harakatning timsolini xayolda mujassamlashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu yo‘sinda insonning malakasi anglashinilgan tarzda avtomatlashgan xatti-harakat sifatida shakllanadi. Malakalarni shakllantirish mexanizmiga, prinsipiga muayyan odatiy jabhalarga, usul va vositalar tanlash xususiyatiga alohida e’tibor qilish uning muvaffaqiyatli hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Buning uchun quyidagilarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq: a) usullarni tanlash, b) harakatda ong nazorat funksiyasini kamaytirish, v) maqsadni oydinlashtirish, g) shart-sharoitni tasavvur etish, d) malakani shakllantirish modelini xayolda yaratish va hokazo.
Psixologiya fanida malakani shakllantirishning asosiy bosqichlari sxemasi ishlab chiqilgan, bunda asosiy e’tibor malakaning xususiyatiga, maqsadiga, harakatni bajarish usullariga qaratiladi. Shuningdek, malakalarning o‘zaro ta’siri muammosiga alohida ahamiyat beriladi, chunki inson malakalar tizimiga amal qilgan holda yangi malakani o‘zlashtiradi.Oldin egallangan malaka, keyingisini tarkib topishiga yordamlashadi, goho unga xalaqit berishi ham mumkin. Harakatning avtomatlashuvi uning maqsadi, ob’ekti, vaziyati va shart-sharoitlari bilan belgilanadi. Harakatning muvaffaqiyati, samaradorligi ko‘p jihatdan sensor nazoratga hamda uning yangi sharoitiga ko‘chishiga bog‘liq. Malakalarning noto‘g‘ri (teskari) ko‘chirilishi interferensiya hodisasini vujudga keltiradi. Faoliyat ko‘nikma, malaka, usul, harakat,sa’i-harakat, operatsiya kabi tarkibiy qismlar tufayli muayyan mahsullarga erishadi, moddiy va ma’naviy natijalarni hamda bilimlarni vujudga keltiradi.
Faoliyatning asosiy jabhalari tuzilishi:
-
Faoliyatning
|
|
sub’ekti morfologiyasi motivatsiyasi funksiyasi dinamikasi har xilligi
|
-
Faoliyat sub’ekti
|
|
insoniyat (inson) jamiyat ijtimoiy guruh individ, shaxs, yaqqol odam ruhiy jarayon fiziologik tizim
|
Dostları ilə paylaş: |