Sobiq sovet psixologiyasi motivlar muammosini dialektik materializm prinsiplariga asoslanib tadqiqodlangan. Bu esa eng avvalo motivlar tizimi inson hayoti va faoliyatiga murakkab tuzilgan boshqaruvchisi (regulyatori) sifatida tushunishni bildiradi. Mazkur yo‘nalishga daxldor psixologlar o‘rtasida shaxsning faolligi, ongning faolligi haqidagi g‘oyalar keng tarqalgan. Jumladan, S.L.Rubinshteyn motivlashgan tizimning inson borliqni aks ettirishdagi asosiy rolini ko‘rsatib, shunday mulohazalarni ta’kidlab o‘tadi: birinchi bo‘lib kuzatish ob’ektlari emas, balki ehtiyoj ob’ektlari va inson xatti-harakatlari beriladi. Motivlashgan ustanovkalarning faollikka oid o‘ziga xosligi ham shunday tuzilgan va u o‘zi xohlagan borliqning elementi va holatini belgilashga xizmat qiladi. Ularning fikricha, tashqi olamga munosabatning faol motivatsion xususiyatini ko‘rsatib o‘tishning o‘zi kifoya. S.L.Rubinshteyn «ong-bu faqatgina aks etish emas, balki insonning tashqi muhitga nisbatan munosabati hamdir» deb yozadi.
Motivlarning tuzilishi bilan bevosita borliq ongning bosqichli tuzilishi muammosi psixologlar tomonidan tezkorlik bilan hal qilish, yechish, tekshirish, tadqiq etish zarur bo‘lgan dolzarb masalaga aylanib bormoqda.
S.L.Rubinshteyn ongning rolini ko‘rsatish bilan bir qatorda psixikaning ko‘pqirraliligi nuqtai nazaridan turli bosqichlarda ruhiy jarayonlarning vujudga kelishi, kechishi holatlarini tushuntirib berishga erishgan. Har qanday shaxsning xulq-atvorini psixologik jihatdan tushuntirishda qo‘zg‘atuvchilar(qo‘zg‘ovchilar)ni turli bosqichlarda o‘zaro murakkab bog‘liqlikda olib qarash, ko‘rish lozim, deb ta’kidlaydi. Bu ko‘p bosqichli tuzilma boshqarishni anglashilgan bosqichi singari anglanmagan motivatsion tendensiyalarni o‘z ichiga oladi.
Sobiq sovet psixologlari motiv tuzilishining bosqichli konsepsiyasini ishlab chiqarishda quyidagi mulohazalarga tayanganlar:
a) ongni tarixiy kelib chiqishning jarayoni bilan inson xulq-atvorini boshqarishning murakkab tizimiga ega ekanligi;
b) ontogenezda bola shaxsini individual (yakkahol) shakllanish jarayoni bo‘lmish genetik dalillarga asoslanganligi va boshqalar.
Motivlar tuzilishini genetik bosqichda shakllanish ehtimolini tahlil qilish natijasida uni sodda, bir bosqichli tizimdan murakkab, ko‘p bosqichli yuksak darajaga o‘sib o‘tish jarayoni ishonchli omillar yordami bilan yaqqol ko‘rsatib beriladi. Umumlashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq sovet psixologlari motivlarning tuzilishi muomalasini tadqiq qilishda ularni dinamik va ma’noviylik tomonlarining birligi prinsipidan kelib chiqish maqsadga muvofiq. Ular faol motivning dinamik holati haqida mulohaza yuritganlariga mazkur faoliyatning ba’zi jarayonlarida uning dinamikasi o‘ta bo‘rttirib talqin qilinadi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiqki, sobiq sovet psixologlari motiv tuzilishiga oid masalaga yondashish jarayonida butun e’tiborini uning mazmuniy jabhasini alohida ko‘rsatishga, ma’noviy tomonlarining birlamchiligini belgilashga yo‘naltiradi.
Dostları ilə paylaş: |